Ogahiy ijod maktabi
1.35K subscribers
31.9K photos
2.56K videos
313 files
8.05K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#TABRIKNOMA

Assalom alaykum Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori, hurmatli Hilola O'ktamovna va agentlikda faoliyat olib borayotgan lobar, jonkuyar ayollar, tizimda mehnat qilayotgan, Yangi O’zbekistonning uchinchi Renesansi sari odimlayotgan “Oltin fond”ini butun kuch – quvvati ila olg’a undayotgan aziz hamkasblar, muhtarama opa-singillar!
Bugungi shodiyona kun – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami barchangizga muborak bo’lsin! Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish – murakkab ish, ushbu jarayonni to’g’ri va samarali yo’lga qo’yish esa yanada murakkab va mas’uliyatlidir!
Sizga yuklatilgan ushbu vazifani sharaf ila uddalashingizda kuch – quvvat, omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz! Hayotingiz uzun va sermazmun, baxtingiz to’kis, quvonch va shodliklaringiz cheksiz bo’lsin! Qalbingiz hamisha guldan toza, nurdan pokiza, ummondan cheksiz, samodek beg’ubor, quyoshday iliq bo’lsinki, butun zamin, Ona yurt undan bahra olsin! Oldingizga qo’ygan ezgu maqsadlaringiz amalga oshsin! Hamisha birgalikda hamfikr va yelkadosh bo’lib, Vatanimiz ravnaqi yo’lida bir safda xizmatda bo’laylik.

Sizlarga cheksiz hurmat va ehtirom ila Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi nomidan maktab direktori Sarvar Abdullayev

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👍9
#TABRIKNOMA

Assalomu alaykum, Ijod maktablarida mehnat qilayotgan hurmatli va aziz ayollar, muhtarama opa-singillar! Barchangizni bugungi qutlug’ ayyom bilan chin dildan muborakbod etamiz!
Barchangizga sog’lik-omonlik, tinch va osuda hayot, orzular ro’yobi, bitmas-tuganmas baxt va shodlik, kasbiy rivoj tilaymiz! Ijod bog’ining gulg’unchalarini kamolga yetkazishdek ezgu ishingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Shunday shogirdlarni tarbiyalangki, ular Ogahiydek mumtoz, Ibratdek fidoyi, Qodiriydek so’zi va qalami o’tkir, Hamid Olimjondek baxtiyor, Zulfiyadek vafodor, Ibroyim Yusupovdek mahoratli, Abdulla Oripovdek faylasuf, Erkin Vohidovdek fasohatli, Halima Xudoyberdiyevadek jo’shqin va olovqalb, Muhammad Yusufdek bulbulzabon bo’lib yetishsinlar!
Hammangizga yana bir bora qutlug’ ayyom muborak bo’lsin! Har kuningiz bayram kabi o’tsin!

Sizga hurmat va kamoli ehtirom ila Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi nomidan maktab direktori Sarvar Abdullayev

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👍7
#TABRIKNOMA

Assalomu alaykum, Xalq ta’limi tizimida fidokorona mehnat qilayotgan muhtarama ayollar, aziz opa- singillar!
Barchangizni Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi nomidan ulug’ ayyomingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Yosh avlodga ta’lim – tarbiya berishdek sharafli va mas’liyatli ishingizda kuch- quvvat va omad, muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Hayotingizning har bir daqiqasi quvonch va shodliklarga to’la bo’lsin, farzandlar va farzandingizdan-da ziyoda ko’rganingiz, ularni o’ylab ba’zida tunlarni bedor o’tkazganingiz – shogirdlar kamolini ko’rish nasib etsin! Kuchli va mustahkam irodangiz sizni hech qachon tark etmasin! To’marisning shijoati, Qurbonjon dodho matonati, Zebuniso latofati, Nodira nafosati, Uvaysiy saboti, Saida sadoqati, Zulfiya vafosi sizlarni hech qachon tark etmasin, zero sizning siyratingizda biz doimo ana shunday buyuk siymolarni ko’ramiz!
Yana bir bora bayramingiz muborak bo’lsin!

Sizga hurmat va ehtirom ila Ogahiy ijod maktabi jamoasi nomidan maktab direktori Sarvar Abdullayev

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👍7
#TABRIKNOMA

Assalomu allaykum, Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasining jonkuyar, mehri daryo, fidoyi ayollari va qalbi go'zal, aqli go'zal, maqsadlari ezgu qorako'z dilband qizlarimiz!
Barchangizni bugungi qutlug' ayyom bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Go'zallik, nafosat, nazokat, beg'uborlik, latofat, qalb sofligi Sizni hech qachon tark etmasin!
Hamisha labingizni kulgular, chehrangizni tabassumlar, qalbingizni shodliklar, hayotingizni faqat va faqat baxtlar yo'qlasin! Hamisha sog'- salomat bo'ling! Umr kitobingiz har doim yorqin sahifalar ila bezalsin!
Hammangizga yana bir bora qutlug’ ayyom muborak bo’lsin! Har kuningiz bayram kabi o’tsin!

Sizga hurmat va kamoli ehtirom ila Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👍5🔥1
#Tabriknoma

Hurmatli hamyurtlar!

Sizni go‘zallik va yasharish fasli — Navro‘zi olam ayyomi bilan muborakbod etamiz. Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo‘lsin!

Sharqona Yangi yilimiz — Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ va barakali kelsin!

Bayram muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Prezident taʼlim muassasalari agentligi jamoasi
👍3
#BUGUN_TUĜILGAN_KUN
#TABRIKNOMA

Assalomu alaykum aziz ustozim Jumaniyazova Muhabbat Boltayevna. Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Ilohim umringiz uzoq boʻlsin. Yaqin insonlaringizni, shu jumladan, meni va men kabi koʻplab shogirdlaringizning baxtiga doimo sogʻ-salomat boʻlib yuring. Dunyodagi eng ezgu tilaklarni sizga tilayman. Sizni juda yaxshi koʻraman!


Mehrli koʻzingiz nam koʻrmasin hech,
Ulugʻ yoshlarga ham toʻqnashib yuring.
Hamisha ilmni nurday taratib,
Ahli shogirdlarga bosh boʻlib turing.
Bamisli bahorday boʻlsin umringiz,
Baxtdan hayotingiz nurlarga toʻlsin.
Abad soʻnmagaydir otash mehringiz,
Tavallud kuningiz muborak boʻlsin!

Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, deya samimiy tilaklar bilan 9-"B" sinf oʻquvchingiz Jumanazarova Hilola!!!


Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
🟥https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
6
#BUGUN_TUĜILGAN_KUN
#TABRIKNOMA

Assalomu alaykum Alloh umr yölimga soyabon qilib bergan, köhinurday noyob, tafti quyoshga öt yoquvchi, sözlari dunyodagi jamiki shirinlik zahirasidan shirin, aziz ustozim! Bugun men uchun chinakam bayram! Sababi, siz kabi buyuk zot dunyoga kelgan!.. Sizni ilk bor körgan kunim hanuz yodimda... Negadir boshqa ustozlardan ajralib turardingiz. Shuning uchundir balkim... Sizni uchratmasimdan oldin (oromgohda), uyimdan yiroqlashganim uchunmi, yig'lardim... Lekin siz bizga dars, yöq dars emas, mehr bera boshlaganingizdan so'ng ancha narsa özgardi. Özimni kim ekanligimni, bu yerga nega kelganimni angladim. Eng muhimi, öz örnimni topdim, közlarim ham ortiq namlanmadi... Lekin... bu yil köp narsamdan ayrildim... Döstimdan, eng yomoni dastlabki kunlarda mehringizdan biroz yiroqlab ketganday his etdim. Bizning guruh qöshni xonada ötirganda eshik darchasidan siz körinib turardingiz. Dars böyi tomosha qilib ötirardim... Siz boshqa bizlarga dars bermasligingizni bilgan onimda közlarim namlangandi. Endi kunlarim qanday qanday ötishi, men qay holda öqishim meni larzaga solgandi. Lekin mehringiz men qayerda bölsam ta'qib qildi va hech qachon öz og'ushidan qöyib yubormadi.. Kichikligimdan begona joylar, begona odamlarga örganmagandim. Shuning uchun uydan birdaniga yiroqlab ketish menga og'ir bölgandi. Lekin o'sha kunlardan mehringizni soyabon qilib öta oldim. Buning uchun sizdan cheksiz minnatdorman va qarzdorman. Siz men hayotimda uchratgan eng sofdil, ko'ngli tog' chashmasidek tiniq, beg'ubor va chinakamiga adolatli ustozsiz! Endi sizni tavallud ayyomingiz bilan chin yurakdan qutlayman! Baxtimga dunyo turguncha turing. Allohim sizni öz panohida asrasin. Sog'lik, omad, farah, quvonch har doim yöldoshingiz bo'lsin. Közingiz faqat baxtiyor onlardagina quvonch tomchilariga duch kelsin. Xullas sizga dunyodagi eng shirin, eng ulkan, eng gözal tilaklarni tilab qolaman. (qolganini dilimga tugib qöydim🙈keyinroq she'r bölib chiqsa kerak). Ummat bölgan kuningiz muborak bölsin! 😘😘😘😘😘😘😘😘😘😘😘Özingizni asrang! Uzr ustoz, yana kech qoldim. Shu tentak odatimni tashlolmayapman🥺

9-"A" sinf oʻquvchingiz Matqurbonova Nargiza


Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
🟥
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
3👍3😢1
#Tabriknoma

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni muborak ayyom — Ramazon hayiti bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz.

Niyati pok, maqsadlari ulug’ yurtdoshlarimizning shunday ulug' ayyomda qilayotgan barcha ezgu tilaklarining ijobatini tilaymiz.

Xonadonlaringizni fayz-u baraka va osoyishtalik aslo tark etmasin! Ramazon hayiti muborak bo'lsin!

Hurmat bilan,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi
👍8
#Tabriknoma

Prezident ta’lim muassasalari agentligi jamoasi 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan barcha jurnalistlarni chin qalbdan tabriklaydi.

Sizga mustahkam sog’lik va xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz.

Xalqimizni xolis va haqqoniy axborot bilan ta'minlashdek mas'uliyatli vazifangizda sizga kuch-quvvat yor bo’lsin!

Kasb bayramingiz muborak bo’lsin!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍4
#Tabriknoma

KIRIB KELAYOTGAN YANGI -2023-YIL BARCHA HAMYURTLARIMIZGA MUBORAK BO'LSIN!

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
3
#Tabriknoma

ASSALOMU ALAYKUM, HURMATLI PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI JAMOASI!

Siz azizlarni yangi yil ayyomi bilan muborakbod qilamiz!

Kelayotgan yil ulkan orzu-umidlar va yangi rejalarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Yangi 2023-yil yangi marralar, yutuqlar va shodliklarga boy bo‘lishini tilaymiz!

Yangi yil barchamizga qutlug‘ kelsin!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi va agentlikning viloyatimizdagi ta'lim muassasalari jamoalari

🌐 Telegram | Facebook
3👍3
#Tabriknoma

Assalomu alaykum, AZIZ ISTOZLAR, PREZIDENT, IJOD VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIMIZ JAMOALARI !

Barchangizni kirib kelayotgan Yangi yilingiz bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlarga eng katta boylik bo'lgan sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ulkan muvaffaqiyatlar, kasbingiz kamolini tilab qolamiz.

✔️Qadringiz doim baland bo'lsin!

Yangi yilingiz muborak bo'lsin, azizlar!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi nomidan Sarvar Abdullayev

🌐 Telegram | Facebook
👏8
#Tabriknoma

Assalomu alaykum, HURMATLI OTA-ONALAR!

Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan qutlaymiz.

Xonadonlaringizda omad va baxt, oilaviy quvonch va totuvlik hech qachon tark etmasligini tilaymiz! Aziz farzandlaringiz baxtiga hamisha sog‘-u salomat bo‘linglar!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi va agentlikning viloyatimizdagi ta'lim muassasalari jamoalari

🌐 Telegram | Facebook
👍7
#Tabriknoma

Assalomu alaykum, QADRLI O‘QUVCHILARIMIZ!

Sizlarni kirib kelayotgan Yangi 2023- yil bilan qutlaymiz!

📚Hamisha qunt va ishtiyoq bilan o‘qishlaringizni, muvaffaqiyatlar sari olg‘a borishingizni va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shuvchi yoshlar bo‘lishingizni tilaymiz!

✔️Hamisha cheksiz mehr va yuksak g‘amxo‘rlik qurshovida bo‘ling!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi va agentlikning viloyatimizdagi ta'lim muassasalari jamoalari

🌐 Telegram | Facebook
6🎉5
#TABRIKNOMA

Assalom alaykum Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan lobar, jonkuyar ayollar, tizimda mehnat qilayotgan, Yangi O’zbekistonning uchinchi Renesansi sari odimlayotgan “Oltin fond”ini butun kuch – quvvati ila olg’a undayotgan aziz hamkasblar, muhtarama opa-singillar!
Bugungi shodiyona kun – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami barchangizga muborak bo’lsin! Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish – murakkab ish, ushbu jarayonni to’g’ri va samarali yo’lga qo’yish esa yanada murakkab va mas’uliyatlidir!
Sizga yuklatilgan ushbu vazifani sharaf ila uddalashingizda kuch – quvvat, omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz! Hayotingiz uzun va sermazmun, baxtingiz to’kis, quvonch va shodliklaringiz cheksiz bo’lsin! Qalbingiz hamisha guldan toza, nurdan pokiza, ummondan cheksiz, samodek beg’ubor, quyoshday iliq bo’lsinki, butun zamin, Ona yurt undan bahra olsin! Oldingizga qo’ygan ezgu maqsadlaringiz amalga oshsin! Kuchli va mustahkam irodangiz sizni hech qachon tark etmasin!
To’marisning shijoati, Qurbonjon dodho matonati, Zebuniso latofati, Nodira nafosati, Uvaysiy saboti, Saida sadoqati, Zulfiya vafosi sizlarni hech qachon tark etmasin, zero sizning siyratingizda biz doimo ana shunday buyuk siymolarni ko’ramiz!

Sizlarga cheksiz hurmat va ehtirom ila Agentlikning Xorazm viloyati hududiy bo'limi boshlig'i Sarvar Abdullayev

Bizning telegram:
@piima_xorazm
👍6🎉31🔥1
#Tabriknoma

Hurmatli hamyurtlar!

Sizni go‘zallik va yasharish fasli — Navro‘zi olam ayyomi bilan muborakbod etamiz. Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo‘lsin!

Sharqona Yangi yilimiz — Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ va barakali kelsin!

Bayram muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
🎉3
#Tabriknoma

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni muborak ayyom — Ramazon hayiti bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz.

Niyati pok, maqsadlari ulug‘ yurtdoshlarimizning shunday qutlug‘ ayyomda qilayotgan barcha ezgu tilaklarining ijobatini tilaymiz.

Xonadonlaringizni fayz-u baraka va osoyishtalik aslo tark etmasin! Ramazon hayiti muborak bo'lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi jamoasi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3👏1
Forwarded from Hilola Umarova
#Tabriknoma

Aziz bolajonlar!

Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklayman! Yurtimizning har bir o‘g‘il-qizi tinch-osuda vatanda, ota-onasi bag‘rida, baxtiyor bo‘lib ulg‘ayishini, ilm olishini tilayman.

Siz ko‘zimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmunisiz!
Sizning sifatli ta’lim olishingiz va o‘zingiz tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishingiz uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Mamlakatimizda Sizga, sizning qiziqishlaringiz, huquq va manfaatlaringizga alohida e’tibor qaratiladi. "Bola huquqlari" to‘g‘risidagi konvensiya ratifikasiya qilinishi, "Bola huquqlarining kafolatlari" to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi, Bolalar ombudsmani institutini ta’sis etilishi buning yaqqol namunasi sifatida e’tirof etishimiz mumkun.

Qadrli bolajonlar, siz ertamiz egalarisiz, sizni barkamol inson etib tarbiyalash esa baxtli va farovon kelajagimiz kafolatidir.

Bayram muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
🥰11👍4😢31
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Qadrli yurtdoshlar, aziz ustoz va murabbiylar!


Barchangizni chinakam milliy tantanamiz, g‘urur va iftixorimiz bo‘lgan O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Insoniyat o‘z milliy tilini “ona tili” deb sharaflashi bejiz emas.

Chunki bunday ulug‘ e’tirof bizga har lahzada o‘z tilimizni onamizdek e’zozlab, qadrlashimiz zarurligini anglatib turadi. Ona tilimiz bizning jahonda alohida xalq, millat sifatida mavjudligimizni belgilovchi muhim asoslardan biridir.

Inson tug‘ilajak Vatani va tilini tanlamaydi – bu unga Yaratgan ato etgan bebaho ne’matlardir. Ana shu ne’matlarni qadrlab, Vatanimiz taraqqiyoti, o‘zbek tili ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish va mehnatlarimiz samarasini ko‘rish saodati barchamizga nasib etsin!

Ona tilimiz ruhiyatimizga nur, tafakkurimizga yog‘du, qalbimizga g‘urur baxsh etib abadiy gullab yashnasin!

O‘zbek tili bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
👍7🔥1
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi 2024-yil bilan samimiy qutlab, barchangizga ulkan kasbiy muvaffaqiyatlar tilayman.

Yakunlanib borayotgan yilda hurmatli Prezidentimiz boshchiligida maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishda tarixiy o‘zgarishlar yuz berdi, deyishga to‘la asoslarimiz bor. Shuningdek, tizim xodimlari chinakam katta ahil oilaga aylandik. Oldimizga qo‘yilgan murakkab vazifalarni sidqidildan bajarishga qodir mehnatsevar, ma’rifatparvar jamoa shakllandi.

Bir necha soatlardan keyin boshlanajak yilda ham ta’lim islohotlari jadal davom etishiga, bu jarayonga katta-yu kichik hamkasblarimiz birdek mas’uliyat bilan hissa qo‘shishiga chin dildan ishonaman!

O‘ylaymanki, 2024-yilda ham ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarimizni o‘zaro hamjihatlik va g‘ayrat-shijoat bilan davom ettiramiz.

Buyuk maqsadlar yo‘lida barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ulkan muvaffaqiyatlar va bardavom zafarlar tilab qolaman!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
5👍2