Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Mening birinchi kitobim

Kuni kecha Yozuvchilar uyushmasida "Mening birinchi kitobim" loyiha doirasida respublikamizdagi ijod maktablarida tahsil olayotgan yosh qalamkashlarning 9 nafarini ilk kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni uyushma raisi Sirojiddin Sayyid olib berdi. Unda Ijod maktablari o‘quvchilarining ijodiy ishlarini doimiy chop etish tizimini yo‘lga qo‘yishga va yosh ijodkorlarni kashf etishga eʼtibor qaratildi. O‘quvchilarning ijodiy ishlari Yozuvchilar uyushmasi tomonidan "Mening birinchi kitobim" loyihasida “Adabiyot” nashriyotida 500 nusxadan nashr qilindi. Mazkur jarayonga Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid badiiy rahbar, Botirjon Ergashev masʼul muharrirlik qilgan.
- Xabaringiz bor, Yozuvchilar uyushmasi tomonidan anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Respublika yosh ijodkorlariningg Zomin seminarida 2024-yildan boshlab mamlakatimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan ijod maktablari o‘quvchilari ham ishtirok etishmoqda. Atoqli adiblar nomi bilan atalib, badiiy ijodga ahamiyat berayotgan mazkur o‘quv dargohlarida ko‘plab iqtidorli yoshlar yetishib chiqmoqda, deya taʼkidladi yozuvchi Maʼmura Zohidova.
Ijod maktablarining eng isteʼdodli o‘quvchilari ijodi kitob holida chop qilindi va taqdimotda o‘qirmanlarga havola etildi. Xususan, Nigina Rustamboyevaning "Baxt gullari", Gulsevar Umrzoqovaning “Yomg‘ir”, Zulhayo Mingboyevaning “Istak”, Nurdana Biysenbayevaning "Qo‘shiq ham gurrinler", Rohila Ro‘zimannopovaning "Barglar nidosi", Mohira Diniqulovaning "Yurakka maktub", Marjona Eshqulovaning “Iftixor”, Odina Rustamjonovaning “Orzularim”, Muxlisaxon Haydarovaning "Moviy orzular" kabi kitoblardir.
Ushbu kitoblar asosan nazm janrida bo‘lib, nashrga Erkinjon Hojimurodov, Xulkar Sherzodova, Maʼmura Zohidova, Zulfiya Satbayeva, Iroda Rahmonaliyeva tayyorlagan.  
Tadbirda mualliflarga birinchi kitoblari va qalam haqqi topshirildi. Xonandalar va ijod maktabi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari namoyish qilindi.

Zulayho Ahmadjonova
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Ayni_paytda
❇️Xorazmda "Jadidlar izidan" respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi

🔹Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida tashkil etilgan  mazkur tanlovning viloyat bosqichi Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tmoqda.

✔️Ma'lumot uchun: tanlovning viloyat bosqichida tuman, shahar bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan 2 ta yosh toifasida jami
26 nafar o'quvchi ishtirok etmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM