Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.5K photos
2.44K videos
311 files
7.6K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

28-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Zaripboyeva Munira,
Ogahiy ijod maktabining
7-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

7-ISHTIROKCHI
NAZM


KUZ, SEN NEDURSAN?

Kuz,
sen nedursan?
Bir ajib malak,
Bag'ringa hasratlar
ko'mib qo'yasan.
Seni unutolmay
ko'z yoshim halak,
Hazonlaring bilan
  bag'rim o'yasan.

Kuz,
sen nedursan?
Sirli bir jumboq,
Kelasan sezdirmay
  ohista, asta.
Qara, sen oshiqning
    ahvoliga boq,
Seni kuzatolmay
      dillari hasta.

Kuz,
sen nedursan?
Saxiylik bog'i,
Berasan boringni
  ayamay netmay.
Sen mening hasta bir
    yuragim dog'i,
Kel endi yomg'irni
  sarsona etmay.

Kuz,
sen nedursan?
Ayriliq fasli,
Balki muhabbatga
   to'la olamsan.
Bilmasman ajib bir
     tuyg'usan asli,
Balki, aytilmagan
     qalbdagi nolam.

Kuz,
sen nedursan?
Bir ajib malak...

✍️Farangiz Qurbonova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Qashqadaryo

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Bugun Agentlikning Qashqadaryo viloyayida joylashgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari kuzatildi.

O‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda Agentlik direktori yoshlarning orzu va maqsadlari, taʼlim maskanidagi oʻquv jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqib, kuchli bilim olish, zamonaviy fanlarni puxta egallash doim yuqori samara berishini taʼkidladi.

Shundan soʻng, Qarshi shahridagi Prezident maktabida Agentlikning viloyatdagi taʼlim maskanlari direktorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha mas'ullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

5-ISHTIROKCHI
ENG YAXSHI OILAVIY FOTO

📸 Sa'dullayeva Sevinchoy,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌