Ogahiy ijod maktabi
1.36K subscribers
31.9K photos
2.56K videos
313 files
8.05K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Kumushning kelgan paytidagi chexrasi quv o‘chib, unda qandaydir horg‘inlik, zerikish hissi paydo bo‘lgandi. Buni sezgan rassom:
- Isming nima? -dedi biroz mayinlik bilan
- Aaa, -necha kundan beri og‘ziga talqon solib olgan qo‘pol odamning birdan savol berib qolganini eshitgan qiz dovdirab javob berdi, -Ku-kumush!
- Ha, durust, -dedi rassom xiyol iljayib, -kumush deb qishga ta’rif berilardi, lekin sen kuzga yarashib turibsan. Qishda tug‘ilganing uchun shunday qo‘yishgan bo‘lsalar kerak-a?
Qiz bosh chayqadi.
- Unda, -mo‘yqalamini qulog‘ining orqasiga qo‘yib o‘yladi chol, -kumushdek pishiq, qimmatbaho bo‘lsin deb qo‘yishgandir.
Qiz yana bosh chayqadi.
- Eeee gapirishinga ruxsat, qani ayt-chi nima uchun?
- Huh, -deya peshonasidagi terni artdi qiz, -Buvimlar “O‘tkan kunlar” asaridagi Kumushga havas qilib, ismimni shunday qo‘ygan ekan.
Rassom uni bilmas ekan, shekilli, uzoq o‘ylanib turdi-da:
- Ha mayli, davom ettiraylik-chi? Rassom kirishib rasmni davom ettira ketti.
Qiz bu kishiga o‘zi o‘qigan ko‘plab kitoblarni aytib berar. Hatto yomg‘ir yog‘gan kunlari ham uyiga ketmay, qariya rassom bilan suhbatlashib o‘tirardi. Bahonada, o‘zi ham shu bir hafta ichida kuzdan bahra olib, boshqa olamga tushib qolgandek bo‘ldi. Shu paytgacha faqat ish deb yurganini o‘ylab, achinarli kechgan umriga o‘zi xafa bo‘lib ketti. Mana bugun kuzning oxirgi haftasi ham tugaydi, ertaga birinchi dekabr va uzoq kutilgan surat o‘z nihoyasiga yetadi. Kumush buni ko‘rishga oshiqib, bog‘ tomon shoshildi. Go‘yo yomg‘ir hozir uning qalbida yog‘ib, unga yoqimli hislar bag‘ishlayotganga o‘xshardi. Va nihoyat u hayotiga tubdan o‘zgarish kiritgan o‘sha bog‘ga yetib keldi va qariya rassom o‘tiradigan daraxt oldiga shoshildi. U yerga yetib borarkan, rassomning oldida…
- Bu nimasi, -tutaqib ketdi Kumush u o‘tiradigan o‘rindiqda boshqa bir ayolni ko‘rib.
U o‘rta yoshlardagi, yuzlari so‘lg‘in holga kelgan bir juvon edi. Rassom esa uning suratini chizayotgandi. Biroq Kumushning gaplarini eshitgach ham rassomning yuzi o‘zgarmadi.
- Amaki bu nima qilganingiz?
- Nima qilibman, -dedi rassom beparvolarcha, -rasm chizayapman. Ha, sen Kumushsan-a? Gap shundaki, men sening suratingni kuzda chizmoqchi edim. Bugun qish kirib keldi-ku, axir. Endi chizib nima qildim?
- Ammo, -dedi Kumush, -men suratimni ko‘rmoqchiman, “Bir kunlik joyi qoldi” degandingiz-ku.
- Sen meni tushunmading, shekilli. Men sen tufayli kuzni emas, kuz uchun sening suratingni chizmoqchi edim. Bizning sohada muhimi orqadagi fon, manzara. Umuman olganda, ko‘zingni kattaroq ochib qarasang hayot shunaqa, hamma narsa orqangda kim yoki nima turganiga bog‘liq. Sen bilan, sening mahorating, chiroying bilan esa hech kimning ishi yo‘q. Xullas, kuz o‘z o‘rnini qishga bo‘shatib berayotgan ekan, nega men yana sening rasmingni chizar ekanman. Yaxshisi, keyingi kuzgacha sabr qil, qizim!
Rassom shunday deya o‘rindiqdagi ayolning suratini chizishda davom etdi. Uning bu gaplari Kumushga qattiq ta’sir etdi. Bugun osmonning dardlari unga ham o‘tgan ko‘rinadi, yo‘l bo‘yi yig‘lab ketdi. Biroq hech kimsa unga qiyo ham boqmas, ahvolini so‘ramas edi, chunki uning ko‘zyoshlarini yomg‘ir tomchilaridan ajratish qiyin edi. Qiz behuda ketgan vaqtiga, rasmga ortiqcha umid bog‘laganiga yig‘lardi. U uyiga borib uxladi va ertasiga ertalab avvalgi “Betashvish”, faqat ishdan iborat bo‘lgan hayotiga qaytdi. Yo‘lida ham hech nimaga qaramay, qora soyabonini tutgancha ketti. Shu tariqa, uning umid bog‘lab kutayotgan surati tugallanmay qoldi.

: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy ijod maktabining 9- "B" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
5🎉3🥰2🤩2🕊2😢1😍1💯1
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

17-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Jabborova Jayrona,
Ogahiy ijod maktabining
8-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
7😍2
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

18-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Masharipova Fotima,
Ogahiy ijod maktabining
7-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍71
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

4-ISHTIROKCHI
ENG YAXSHI OILAVIY FOTO

📸 Matyaqubova Xolida,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
14😍2🔥1🤩1
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

19-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Xudaynazarova Nozima,
Ogahiy ijod maktabining
7-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
7
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

20-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Shonazarova Anajon,
Ogahiy ijod maktabining
8-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
6😍2👍1👏1
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

21-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Salayeva Sevinchoy,
Ogahiy ijod maktabining
7-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
8😍2👍1🔥1👏1🎉1🤩1🕊1
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

22-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Murzayeva Maxfira,
Ogahiy ijod maktabining
7-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍4😁4
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

23-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Azamatova Aida,
Ogahiy ijod maktabining
7-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
🔥5👍4😍2
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

24-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Otajonova Oyshajon,
Ogahiy ijod maktabining
8-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
5😍3👏2🔥1🥰1
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

25-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Zarifboyeva Nilufar,
Ogahiy ijod maktabining
7-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
3🔥1
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

26-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Jumanazarova Husniya,
Ogahiy ijod maktabining
7-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍43
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

27-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Jumanazarova Shodiya,
Ogahiy ijod maktabining
11-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
7🔥3🥰2😍1
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jadidlar_izidan
#Respublika_tanlovi

✔️ “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichlari o‘tadigan sanalar maʼlum bo‘ldi!

🟢 Ilk marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda 364 906 nafar o‘quvchilar ishtirok etish istagini bildirdi. Sektor, tuman-shahar bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 416 nafar ishtirokchi hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

12-noyabr Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida;
14-noyabr Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabi hamda Farg‘ona viloyatidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktablarida;
16-noyabr Andijon viloyatidagi Muhammad Yusuf hamda Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablarida;
18-noyabr Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Samarqand shahridagi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy muzeyida;
19-noyabr Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabi hamda Sirdaryo viloyatidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida;
20-noyabr Buxoro viloyatidagi Fayzulla Xo‘jayev uy muzeyida;
21-noyabr kuni Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida;
22-noyabr Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazida hamda Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida;
23-noyabr Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida hududiy bosqichlar bo‘lib o‘tadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Batafsil ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida berib boriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

28-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Zaripboyeva Munira,
Ogahiy ijod maktabining
7-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
🔥6
#OAV_va_BIZ
#Respublika_jurnal_sahifalarida
#Toʻgarak_aʻzolari

➡️ Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Ijod zavqi" to‘garak a'zolari
  9-A sinf o‘quvchisi Shomurodova Rayhona,
8-B sinf o‘quvchisi Saidmurodova Tamanno,
7-A sinf o‘quvchisi Anyazova Dilnuralarning ijod namunalari bolalar va o‘smirlar nashri hisoblangan 🌠 "Smile" 🗞 jurnalining 2024-yil noyabr oyidagi sonida chop etildi.


O‘quvchilarimizning ijod namunalarini chop qilinishida jonbozlik ko‘rsatgan "Ijod zavqi" to‘garak rahbari Sardor Sa'dullaga va iste'dodli o‘quvchilarimizga ijodiy zafarlar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
8👍6🔥2
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

7-ISHTIROKCHI
NAZM


KUZ, SEN NEDURSAN?

Kuz,
sen nedursan?
Bir ajib malak,
Bag'ringa hasratlar
ko'mib qo'yasan.
Seni unutolmay
ko'z yoshim halak,
Hazonlaring bilan
  bag'rim o'yasan.

Kuz,
sen nedursan?
Sirli bir jumboq,
Kelasan sezdirmay
  ohista, asta.
Qara, sen oshiqning
    ahvoliga boq,
Seni kuzatolmay
      dillari hasta.

Kuz,
sen nedursan?
Saxiylik bog'i,
Berasan boringni
  ayamay netmay.
Sen mening hasta bir
    yuragim dog'i,
Kel endi yomg'irni
  sarsona etmay.

Kuz,
sen nedursan?
Ayriliq fasli,
Balki muhabbatga
   to'la olamsan.
Bilmasman ajib bir
     tuyg'usan asli,
Balki, aytilmagan
     qalbdagi nolam.

Kuz,
sen nedursan?
Bir ajib malak...

✍️Farangiz Qurbonova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
6👍3
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣Sovrin jamg‘armasi 40 million so‘mlik “Huquq bilimdonlari” tanlovi e’lon qilindi!

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universitetining Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida “Huquq bilimdonlari” – Umummilliy Konstitutsiya imtihoni tashkil etilmoqda.

‼️Tanlovda ishtirok etish uchun @huquqbilimdonibot telegram botini ishga tushirishingiz lozim.

Tanlov g‘oliblari quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin – 20 million so‘m;
🔵2-o‘rin – 12 million so‘m;
🔵3-o‘rin – 8 million so‘m.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda qatnashib bilimingizni sinovdan o‘tkazing va g‘olib bo‘ling!

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
#ishchi_guruh
#Qashqadaryo

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Bugun Agentlikning Qashqadaryo viloyayida joylashgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari kuzatildi.

O‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda Agentlik direktori yoshlarning orzu va maqsadlari, taʼlim maskanidagi oʻquv jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqib, kuchli bilim olish, zamonaviy fanlarni puxta egallash doim yuqori samara berishini taʼkidladi.

Shundan soʻng, Qarshi shahridagi Prezident maktabida Agentlikning viloyatdagi taʼlim maskanlari direktorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha mas'ullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube