This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun
Bugun, 2 sentabr – O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi kuni
Islom Abdug'aniyevich Karimov (1938–2016) – o'zbek xalqining ulug' farzandi, mustaqil O'zbekiston davlati asoschisi, mamlakatni 1989-yildan 2016-yilga qadar boshqargan davlat arbobi, kuchli siyosatchi, millat yetakchisi.
Birinchi Prezident I.A. Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni og'ir 78 yoshida vafot etdi.
Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrida sobiq Oqsaroy qarorgohi oldida (2017-yil 31-avgust), Samarqandda (2017-yil 2-sentabr), Qarshida (2018-yil 30-yanvar) hamda Moskvada (2018-yil 18-oktabr) uning haykallari tantanali ochilgan.
🌐 Telegram | Facebook

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun
Tarixchilar 4-oktabrni Oʻzbekiston va uning xalqi hayotidagi eng qonli kun, deb atashadi.
1938-yil 4-oktabr kuni SSSR oliy sudining harbiy kollegiyasi oʻzbekistonlik 507 nafar siyosiy mahbusni otuv hukmini ijro etgan.
Ular orasida oʻzbek adabiyoti klassiklari, jadid bobolarimiz — Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Choʻlpon va Abdurauf Fitrat ham bor edi...

Forwarded from XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
#Bugun
20-oktabr - Xiva shahri kuni
🕌 1997-yil 20-oktabr – Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazildi. Ushbu kundan buyon 20-oktabr sanasi an'anaviy tarzda har yili Xiva kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
✨Xonlikning eng yirik shaharlarida biri Xiva edi. U XVII asr boshidan to 1920-yilgacha Xiva xonligining poytaxti bolgan. Xiva shahri qadimda "Xiyvaq" deb atalgan.
📍Xivaning mashhurligi u bunyod etilgan davrlardanoq Sharq bilan Garbni bog'lovchi savdo yoli o'tganligi bilan izohlanadi.

✨ 24-oktabr - Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuni
✔️BMT — Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945-yil 24-oktabrda tuzilgan.
▪️BMTni barpo etish haqidagi qaror AQSh, Birlashgan Qirollik, Xitoy va Sovet Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, Ustavi esa San Francisco konferensiyasida 1950-yilda qabul qilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189 taga yetgan.
BMTning doimiy ish oʻrni (shtab kvartirasi) New Yorkda joylashgan. Bundan tashqari, tashkilotning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari boʻlib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.
🔸O’zbekiston bu tashkilotga 1992-yil 2-mart sanasida qabul qilingan.

25-oktabr —O'zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov tavallud topgan kun
Pirimqul Qodirov (1928.25.10) – yozuvchi, adabiyotshunos olim. O'zbekiston xalq yozuvchisi (1988). O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi (1978). 1946-yilda tug'ilgan. O'zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1963-83), Adabiyot, san'at va me'morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari qo'mitasi raisi (1989-94), O'zbekiston Oliy Kengashi (Madaniyat va madaniy meros qo'mitasi raisi; 1991-95). “Qadrim” (1961), “Erk” (1968), “Meros” (1974), “Akramning sarguzashtlari” (1974), “Yayra institutga kirmoqchi” (1979), “Najot”, “Baxillar va botirlar” (1980), qissalari, “Uch ildiz” (1958), “Qora ko'zlar”, (1966), “Olmos kamar” (1976), “Yulduzli tunlar” (1979), “Avlodlar dovoni” (1989), “Ona lochin nidosi” (2000) romanlari, “Til va dil” (1972), “Xalq tili va realistik proza”, (1973), “Til va el” risolalari muallifi.
https://t.iss.one/UrDU_Filologiya_Matbuot_xizmati

7-noyabr - Maqsud Shayxzoda tug'ilgan kun
📚Shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi (1908-1967) Maqsud Shayxzoda Ozarbayjonning Ganja viloyati Oqtosh shahrida tavallud topgan.
Maqsud Shayxzoda o'zbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo'shgan.
Qofiyaning yangi badiiy imkoniyatlarini kashf etib, o'zbek she'riyatiga yangi vazn va shakl ko'rinishlarini olib kirgan. Shoir ijodiga xos bu tamoyil uning, ayniqsa, «Toshkentnoma» (1958) lirik dostonida yorqin ifodasini topgan.
Mohir tarjimon sifatida A.S.Pushkin, M.Y.Lermontov, U.Shekspir, Sh.Rustaveli va boshqalarning asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan.
«Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan (2001). Toshkentdagi ko'chalardan biri Shayxzoda nomi bilan atalgan.

Oybek (Muso Toshmuhammad oʻgʻli) 1905-yil 10-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1965), Oʻzbekiston FA akademigi (1943).
“Tuygʻular” (1926), “Koʻngil naylari” (1929), “Mashʼal” (1932) sheʼriy toʻplamlari, “Dilbar — davr qizi” (1932), “Uch” (1933), “Baxtigul va Sogʻindiq” (1934), “Qahramon qiz” (1936), “Gulnoz”, “Kamonchi”, “Navoiy” (1937) singari dostonlar yozgan. Nasriy merosi 5 roman (“Qutlugʻ qon”, 1940; “Navoiy”, 1942; “Quyosh qoraymas”, 1943—59; “Ulugʻ yoʻl”, 1967; “Oltin vodiydan shabadalar”, 1949), 4 qissa (“Shonli yoʻl”, “Nur qidirib”, “Bolalik xotiralarim” va “Bola Alisher”) hamda bir qancha hikoya va ocherklardan iborat. A. S. Pushkinning “Yevgeniy Onegin” sheʼriy romani, M. Yu. Lermontovning “Maskarad”, Molyerning “Tartyuf” dramalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Oybek 1968-yil 1-iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan soʻng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan (2001).
🌐Sahifalarimiz
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|

XXI asr oʻzbek modern sheʼriyatining yirik namoyandalaridan biri Bahrom Roʻzimuhammad tabarruk 63 yoshni qarshi oldi. 1961-yil 10-yanvarda Shovot tumanida tugʻilgan.
1983-yilda Toshkent Davlat universiteti(hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Tovushsiz qadam”, “Terakka yaqin yulduz”, “Ikki nur”, “Davsaman”, “Tinch gullaydigan daraxt”, “Kunduz sarhadlari”, “Soyalar suhbati”, rus tilida “Zvezda nad topolyami”, “Poslednyaya noch angela”nomli sheʼriy toʻplamlari e'lon qilingan. Sheʼrlari turk, ozarbayjon, turkman, qoraqalpoq, ingliz, nemis, fransuz, ispan, assam tillariga oʻgirilgan.
Shoirning “Ich habe mein Selbst vergessen “(“Men oʻzimni unutdim”) nomli sheʼrlar toʻplami 2013-yilda Germaniyaning “Leipziger Lituraturverlag“ (“Leypsig adabiyot nashriyoti”) nashriyotida oʻzbek va nemis tillarida chop qilingan.
🌐Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti
#Bugun
🗓19-yanvar – Mahmudxo'ja Behbudiy tug'ilgan kun
Mahmudxo'ja Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda Samarqandning Baxshitepa qishlog'ida tug'ilgan.
Dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yo'lboshchisi, milliy maʼrifat rahnamosi.
1900-yili Samarqandda yangi usuldagi maktab ochdi.
1904-yildan yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishdi.
1911-yilda ilk o'zbek dramasi "Padarkush"ni yozgan. Unda ma'naviy qashshoqlik insonning fojiasi ekanligi bayon etilgan.
1913-yilda kitob nashrini yo'lga qo'yib, ilg'or fikrli jadidlarning asarlarini nashr qildi.
1914-yilda "Samarqand" gazetasi , "Oyna" jurnalini tashkil qildi. "Oyna"da xalq va uning haq-huquqiga, tarixiga, til va adabiyot masalalariga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib boradi.
300 ga yaqin maqolalarida ilm olish, xususan, ko'p tillarni o'rganish, tenghuquqlilik g'oyalari ilgari suriladi.
1919-yilda Qarshida dushmanlari tomonidan qatl qilinadi.

#Bugun_xotira
#Omon_Matchon_81
Omon Matjon (taxallusi; asl ism-sharifi Matchonov Omon) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1993). 1943-yilning 14- fevralida Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida tug'ilgan. Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1969).
Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri (1969-85), "Yoshlik" jurnalida bosh muharrir (1985-91), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida masʼul xodim (1991—94), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasida rais oʻrinbosari (1994—99), "Choʻlpon" nashriyotida direktor (1999—2001), 2001-yildan "Gulxan" jurnalida bosh muharriri kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Sheʼrlari 1965-yildan boshlab eʼlon qilina boshlagan. Shoirning "Karvon qoʻngʻirogʻi" (1973), "Quyosh soati" (1974), "Yonayotgan daraxt" (1977), "Yarador chaqmoq" (1977), "Seni yaxshi koʻraman" (1981), "Daraxtlar va giyohlar" (1984), "Oʻrtamizda birgina olma" (1990), "Odamning soyasi quyoshga tushdi" (1991), "Qush yoʻli" (1993), "Iymon yogʻdusi" (1994), "Ardaxiva" (2000), "Xoja Ahror ziyoratlari" (2002) va boshqa sheʼriy asarlarida voqelikni nozik his etgan holda badiiy ifodalash, muayyan hodisadan favqulodda falsafiy xulosalar chiqarish, oʻzi tugʻilib oʻsgan muhit koloritiga mos ifodalar topish tamoyili ustu-vorlik qiladi. Omon Matjon lirik sheʼrlar bilan birga lirik qissa va dramatik doston janrlarida ham ijod qilib, Xorazm xalq afsonalarining oʻziga xos badiiy talqini — "Haqqush qichqirigʻi" (40 afsona, 1979) sheʼrlar kitobini, istiqlol arafasidagi shoʻrolar mamlakati hayotining ziddiyatli manzaralari va jarohatlari tasviriga bagʻishlangan "Gaplashadigan vaqtlar" (1986) qissasini, shuningdek, oʻzbek xalqining Xorazmdan chiqqan buyuk siymolari haqidagi dramatik dostonlari ("Pahlavon Mahmud", 1975; "Beruniy", 1977 va boshqalar) ni yaratgan. "Ming bir yogʻdu" (1982) asari Navoiy "Xamsa"si taʼsirida yozilgan. Omon Matjon bu asarlarida oʻtmishda yashab ijod qilgan oʻlmas siymolar hayoti va hozirgi davr muammolarini tasvirlashda liro-epik sheʼriyat imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangan. Oʻzbek sheʼriyatiga Xorazm shevasiga xos leksik unsurlar va musiqiy ohanglarni olib kirgan, lirik sheʼriyatni epik sheʼriyat unsurlari bilan boyitgan.
Mukofotlari
O'zbekiston xalq shoiri (1993)
Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989)

Wikipedia
Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri
Oʻzbekiston xalq shoiri (Sovet Ittifoqi davrida Oʻzbeksiton SSR xalq shoiri deb nomlangan) — dastlab Oʻzbekiston SSRda, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasida yetuk shoirlarga beriladigan medal.
#Bugun
📆 3-MART – BUTUNJAHON YOZUVCHILAR KUNI
✔️ Agata Kristi disgrafiyadan aziyat chekkan, yaʼni qoʻli yozishga yaramagan. Uning barcha mashhur romanlari aytib turib yozilgan.
✔️ Jek London Amerika tarixida oʻz mehnati bilan million dollar topgan birinchi yozuvchi boʻlgan.
✔️ Amerikalik yozuvchi O.Genri yozuvchilik faoliyatini kamomad uchun turmaga tushib qolganda qamoqxonada boshlagan. U shu qadar ajoyib yoza boshlaganki, tez orada odamlar turmani unutib yuborishgan.
✔️ Xeminguey beshta urushda qatnashgan, toʻrt marta avtohalokatga, ikki marta aviahalokatga uchragan. Yana onasi uni bolaligida raqs maktabiga qatnashga majbur qilgan.
✔️ Mark Tven taxallusini olgan yozuvchining asl ismi – Semyuyel Lengxorn Klemens. Bundan tashqari, adibning Daydi, Josh, Tomas Jefferson Snodgrass, Serjant Fatom va U.Epaminondas Adrastus Blab kabi taxalluslari boʻlgan.

27-mart - Xalqaro teatr kuni
Inson ma’naviyatini tarbiyalashda teatr san’atining o’rni beqiyos.
🔹 27-mart - Xalqaro teatr kuni 1961-yilda YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida bolib otgan IX kongressida ta’sis etilgan edi.
🔹 Hozirgi kunda jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida 27-mart kuni teatr san'ati xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

18-may - Xalqaro muzeylar kuni
✨1977-yilda Xalqaro muzeylar kengashida ilk bor xalqaro muzeylar kunini nishonlash masalasi qoʻyildi.
1978-yildan buyon bu kun har yili 18-may sanasida nishonlanadi.
⏺ Bugun “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan bu muzeylarning bari barchamizga bepul kirish imkoniyatini beradi.

#Bugun_tuģilgan_kun
🎁 Bugungi tavallud ayyom bilan ustozimiz, maktabimiz direktori Sarvarbek Abdullayevni tabriklaymiz. Hayotingiz uzoq yillar eslashga arzigulik yaxshi kunlarga, faqat totli damlarga boy tarzda o‘tsin.
🎊 Yaqinlaringiz, shogirdlaringiz baxtiga doim omon bo'ling!
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram

5-avgust - Oʻzbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tug‘ilgan kun. (1941-2013)
1️⃣ Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da berma, qo‘lingdan keladigan ishga ham va’da berma. Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da bersang, uyatga qolasan, qo‘lingdan keladigan ishni esa va’da bermasdan ham bajarsa bo‘laveradi.
2️⃣ Umuman, odamning aqli doim kechikib kiradi. Biz hamma narsaning qadrini o'zi yo'qolganidan keyin bilamiz. Hatto bir-birimizning qadrimizni ham.
3️⃣ Ish ko‘pligi-yu, vaqt yo‘qligidan nolimang! Vaqt ko‘pligi-yu, ish yo‘qligidan qo‘rqing. Odamni abgor qiladigan narsa bu–bekorchilik!
4️⃣ Keksalarni uzoq umr ko'rganligi uchungina emas, hayot sinovlariga uzoq bardosh bergani uchun ham hurmat qilmoq kerak.
5️⃣ Daraxt bir joyda ko'karadi,deyishadi. To'ppa-to'g'ri, bu gap daraxtlarga juda mos tushadi. Odamlarga emas!
© O‘.Hoshimov

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi qabul qilingan kun
1991-yil 31-avgust - Toshkentda Respublika Oliy Kengashining Navbatdan tashqari VI sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Oliy Kengashning respublika davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonoti qabul qilindi. Tegishli qarorga muvofiq O‘zbekiston SSR O‘zbekiston Respublikasi deb qayta nomlandi. 1-sentyabr - Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi.