Ogahiy ijod maktabi
1.17K subscribers
31.5K photos
2.51K videos
313 files
7.91K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Taqdirlash

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da BIZ BIR BOʻLSAK — YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK — VATANMIZ! shiori ostida "Kinokarvon" loyihasi doirasida xalqimiz suygan taniqli aktyorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔷 Uchrashuv avvalida maktab direktori Sarvar Abdullayev so‘zga chiqib, ijod maskaniga tashrif buyurgan mehmonlarni ko‘rgan barcha mamnun ekanligini bildirdi. An'anaga ko'ra, o‘tgan haftada bir qator tanlovlarda munosib ishtirok etganlarni taqdirlash tadbirini bu safar atoqli va taniqli mehmonlar bilan birgalikda o'tkazdi.

❇️ O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar 10-"A" sinf o‘quvchisi Ibragimova Mashhura va 7-"B" sinf o‘quvchisi Zaribboyeva Jasminalar munosib taqdirlanib, diplom va kitoblar to'plami o'z egalariga topshirildi.

♻️ Ijod maktablari orasida ilk bora o‘tkazilgan "Ijodiy olimpiada" tanlovining 8-sinflar o‘rtasida mutloq g‘olibasi deya e'tirof qilingan 8-A sinf o‘quvchisi Rustamboyeva Niginaga Ogahiy nomidagi ijod maktabining faxrli o'quvchisi maxsus estalik nishoni va uning ota-onasiga maktab ma'muriyati tomonidan tashakkurnoma topshirildi. Ijodiy olimpiadada munosib ishtirok etib, olqishlarga sazovor bo'lgan 9-"B" sinf o'quvchisi Mumtozxon Otaboyeva ham e'tirof etildi va unga ham faxrli o'quvchisi maxsus estalik nishoni taqdim etildi.

💢 Ingliz tili bo‘yicha IELTS imtihonidan 7,5 ballik natija koʻrsatgan 10-"B" sinf oʻquvchisi Madinabonu Damirovaga sertifikat va maktabimiz logotipi tushurilgan faxrli o'quvchi maxsus estalik nishon taqdim qilindi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|