Ogahiy ijod maktabi
1.16K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.48K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Ochiq_havodagi_dars

🗓19-aprel kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinfida Tasviriy san'at fanidan "Arxitektura muhitida grafitti kompozitsiyasi" mavzusida noananaviy tarzda dars tashkillashtirildi. Unda o'quvchikar yerga bo'rlardan turli rasmlar, shriftlar chizildi.


📌Ma'lumot uchun:
Graffitlar (ital. graffi to — tirnalgan) — imoratlarning devorlari va idishlar sirtiga tirnash yoʻli bilan chizilgan qadimgi yozuvlar, naqsh va suratlar.

Jarayon o'quvchilarimizga ko'tarinki kayfiyat va zavq bag'ishladi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Olimpiada
#Jarayon

🔰Ogahiy nomidagi ijod maktabida chizmachilik fanidan maktab olimpiadasi bo'lib o'tdi.

📐Unda o'quvchilar ushbu fandan o'z bilim va qobiliyatlarini sinovdan o'tkazdilar.

Natijalar tez orada ma'lum qilinadi.

Bizdan uzoqlashmang
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#yangi_mashq

****
Ming yil xayol sursam,
Ming yil she'r yozsam,
Ming yil "Vatan" desam,
Yonsam muttasil,
"Orzuni shahd" desam,
"She'rni baxt" desam,
Oxiri shoirlar bo'lganida jam,
"Sen kimsan?" desalar Navoiy otam,
Ismimni ta'rifin aytmasman zinhor,
She'rimni kuz deyman,
Nomimni bahor.


Jahongir Baxtiyorov, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi

@sh_jahongir

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
ANONS:

IJOD MAKTABIMIZDA INGLIZ TILI FANI O'QITILISHI VA O'QUVCHILARIMIZNING YUTUQLARIGA BAG'ISHLANGAN KO'RSATUV TASVIRGA OLINDI.

📺Xorazm televideniyasi mahoratli jurnalisti Muhammadfozil Ibodullayev muallifligida 2024-yil 23-aprel, seshanba kungi "Assalom, Xorazm" dasturi uchun tasvirga olish jarayonlari bo'lib o'tdi.

🔰Lavha Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagoglari va o'quvchilari chiqishlari asosida tayyorlandi.

🌐Bizni kuzatishda davom eting

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Tarbiyaviy_ochiq_dars
#Kiyinish_madaniyati

🗓 Joriy yil 19-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o‘quvchilariga tarbiyachi-pedagog Xaitboyeva Tamara tomonidan "Kiyinish madaniyati - millat ko‘rki" mavzusida ochiq tarbiyaviy soat o‘tildi.

🔷 Mazkur dars Ogahiy uy muzeyida bo'lib o'tdi va unda kiyinish madaniyatining shakllanishi millatlar qiyosida ochib berildi.
O‘zbek milliy liboslarining tadrijiy takomili haqida so‘z yuritildi. O‘zbekistonning 14 ta hududidagi milliy liboslarning o‘zaro qiyosi o‘rganilishi bilan birga hozirgi yoshlarning kiyinish madaniyati haqida o‘zaro qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.

Ochiq tarbiyaviy mashg'ulot kuzatuvchi va ishtirokchilarda yaxshi taassurotlar qoldirdi
.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram