Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.44K videos
311 files
7.59K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#ÈLON

🎥 Mahoratli jurnalist Azamat Safarov muallifligidagi
"MA'RIFATNOMA" ko'rsatuvi
Xorazm televideniyasi orqali bugun, soat 20:30dan boshlab efirga beriladi .

🔰Ko'rsatuv Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagoglari va o'quvchilari chiqishlari asosida tayyorlandi.

📺O'tkazib yubormang!!!


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Ogahiy ijod maktabi pinned «#ÈLON 🎥 Mahoratli jurnalist Azamat Safarov muallifligidagi "MA'RIFATNOMA" ko'rsatuvi Xorazm televideniyasi orqali bugun, soat 20:30dan boshlab efirga beriladi . 🔰Ko'rsatuv Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod…»
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Guliston shahridagi
Prezident maktabi, Urganch, Guliston shaharlari, Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati bitiruvchilari xalqaro universitetlariga oʻqishga kirdi.

7-aprel - Butunjahon salomatlik kuni doirasida
Termiz, Fargʻona shaharlaridagi Prezident maktablari, Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida sport tadbirlari tashkil etildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining dasturlari boʻyicha seminar-treninglar
boshlandi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga
koʻmaklashdi.

Abdulla Oripov va Ogahiy nomidagi ijod maktablari oʻquvchilari xalqaro adabiy tanlovda gʻolib boʻldi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Jadidlar” burchagi
tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Turon Fanlar Akademiyasi akademigi seminar-trening
o‘tkazdi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi va Sherobod, Bekobod tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida kitob marafonlari tashkil etildi.

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi rahbariyati va kursantlari bilan uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

Sergeli, Jarqo’rg’on tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari IELTS sertifikatiga ega boʻldi.

Olmazor, Jondor, Qorovulbozor, Vobkent, Jarqo’rg’on, Qiziriq, Quyi Chirchiq tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikat oldi.

Buxoro, Quyi Chirchiq tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Oltinsoy, Mirzaobod tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida favqulodda vaziyatlar boʻyicha amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi.

Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabi va Guliston davlat pedagogika instituti oʻrtasida memorandum
imzolandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Amir_Temur_tavalludining_688_yilligi

🔰 2024-yilning 8-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludiga bag'ishlangan "Buyuk Sohibqiron " mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

♦️Direktor S.Abdullayev buyuk Sohibqiron hayotini o’rganishning ahamiyati haqida gapirdi va tadbirni ochib berdi. Ijodiy to‘garak rahbari, “Xiva tongi” muharriri Sh.Masharipov so’zga chiqib, tarixni bilish bugungi kunda o‘zlikni anglash yo‘li ekanini ta’kidlab o’tdi.

🎭 Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan “Temur tuzuklari”dan keltirilgan hikmatli so’zlar, buyuk sarkarda haqidagi go’zal she’rlar aytildi. Tarix fani o‘qituvchisi A.Ro‘ziboyev Sohibqiron haqida taqdimot qildi, o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berdi.

💫 O‘quvchilar buyuk sarkarda hayoti va buyuk siymo bo‘lgan shaxslar: To‘maris, Alisher Navoiy, Ogahiy, Nodira, Uvaysiy, Zebuniso va shu kabi ajdodlarimizni sahna ko‘rinishida jonlantirishdi. Temuriy shahzoda Jahongir Mirzo g‘azali asosida kuylangan qo’shiqqa o‘quvchilar raqs ijro etishdi va tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.

🎈Tadbir yakunida bosh tarbiyachi-pedagog M.Babajonova o‘quvchilarning A.Temur haqida olgan bilimlari mustahkamlanganini ta’kidlab, tadbir ishtirokchilariga tashakkur bildirdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Amir_Temur_tavalludining_688_yilligi

🔰 2024-yilning 8-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludiga bag'ishlangan "Buyuk Sohibqiron " mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Tarixiy_sana
#Amir_Temur_688

Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ davlat arbobi va sarkarda, fan va madaniyat homiysi sohibqiron Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan.

Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda taʼlimga eʼtibor, ilm- fanga homiylik davlat siyosatiga aylandi. Barcha shaharlarda oliy taʼlim dargohlari madrasalar barpo etilib, oʻz davrining yetuk olimu ulamolari tolibi ilmlarga dars berishga jalb etilgan.

Temuriylar davri renessansi rivoji bevosita Amir Temur asos solgan ulkan saltanatda adolatli boshqaruv tizimi barpo etilganligi katta oʻrin tutgan. Amir Temur har qanday taraqqiyotning asosi sifatli taʼlim tizimi ekanligini chuqur anglagan edi. Shu sababli Sohibqiron birinchi galda taʼlim va tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, ilmli, maʼrifati shaxslarning jamiyatdagi mavqeyini koʻtarish yoʻlidan bordi. Ulkan saltanatning barcha shahar va yirik qishloqlarida koʻplab boshlangʻich maktablar barpo etildi.

Tarixiy manbalarning dalolat berishicha, Amir Temur va Temuriylar davrida oʻgʻil bola 4 yil, 4 oy va 4 kunlik boʻlganda maktabga berish anʼanasi amalda boʻlib, boshlangʻich taʼlim ulkan saltanatning barcha madaniy oʻlkalarini qamrab olgan edi.

O‘sha davrning asosiy ta’lim dargohlari bo‘lgan maktab va madrasalarga vaqf mulklari ajratish orqali ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube