Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.43K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchisi Muhammadamin Abdurahimov va Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Ozodbek Nusratillayev SAT xalqaro imtihonida yuqori natija koʻrsatdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Xalqaro o’rmonlar kuniga bag’ishlangan tadbir
bo’lib o’tdi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabining “Eco-School“ qoʻmitasi aʼzolari va faol koʻngillilar taʼlim maskanidagi “Yosh liderlar bogʻi”ga turli manzarali va mevali koʻchatlar
ekildi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligi
keng nishonlandi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida oʻquvchilarining taʼtil vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Zakovat quiz" onlayn turniri
tashkil etildi.

Jarqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi Sardorbek Abdurashidov va Boʻstonliq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi Mustafo Azizxonov AQShning nufuzli oliy taʼlim muassasalari hamda “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga oʻqishga qabul qilindi.

Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Vatan tayanchi" guruhi a‘zolari Termiz garnizonidagi harbiy qismda tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni" tadbirida
ishtirok etdi.

G‘allaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda iqtidorli o‘quvchilarni kashf etish, ularni rag‘batlantirib borish maqsadida tashkil etilgan ''Talant shou'' tanlovining navbatdagi bosqichi
bo‘lib o‘tdi.

Xoʻjaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Muhammadbobur Rustamxoʻjayev chet tilini bilish boʻyicha xalqaro sertifikatga ega boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bugun

27-mart - Xalqaro teatr kuni

Inson ma’naviyatini tarbiyalashda teatr san’atining o’rni beqiyos.

🔹 27-mart - Xalqaro teatr kuni 1961-yilda YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida bolib otgan IX kongressida ta’sis etilgan edi.

🔹 Hozirgi kunda jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida 27-mart kuni teatr san'ati xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_ijod

TURFA XAYOLLAR

Sobir degan bola bo'lgan o'tmishda,
Hammadan o'tardi gap aytishishda.
Doimo o'zin aytganin qilardi,
Mahmadonalikni yaxshi bilardi.

Doktor bo'lish o'ylab qoldi u bir kun,
Bemorlarni davolarmish tun-u kun.
Biologiya, Kimyo o'rganolmadi,
Ming afsuski u doktor bo'lolmadi.

Bank xodimi bo'lishni o'ylab qolgandi,
Hisoblashga kalkulyator olgandi.
Matematika og'ritdi ko'p boshini,
Yeyolmadi bankirlikning oshini.

Musiqachi bo'lishni ham istadi,
Oyisini gitara deb qistadi.
Biram musiqani yomon chalardi,
Qo'shiqni ham zo'rg'a ayta olardi.

Endi yig'ib oldi u xayolini,
Butunlay tiklab oldi hayotini.
Maktabda o'qiyapti "5" bahoga,
Endi yo'liqmaydi u ko'p xatoga.

Anora Maqsudova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7- "A" sinf oquvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Ot_sporti
#Jarayon

📆 Joriy yilning 26-mart sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Xorazm viloyati Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda o'tkazilib kelinayotgan sportning  "Chavandozlik" to'garagi bo‘yicha navbatdagi mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.

🔹 O'quvchilarning ta'tili vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida tashkil qilingan mashg'ulotda to‘garak a'zolari chavandozlik sirlaridan voqif bo‘ldilar. Maktabning Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari T. Kadamov boshchiligida o‘quvchilar o‘z mahoratlarini amaliy jarayonlarda oshirdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#live

🔴 Ayni damda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari teatr jamoalari oʻrtasida o‘tkazilayotgan “Teatr – ibratxonadir” shiori ostidagi teatr festivalining taqdirlash va yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ogahiy ijod maktabi
Video message
#Teatr_festivali_yopilishi

📌 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamkorligida ayni damda "Teatr ibratxonadir" Respublika festivali yakuniga yetmoqda.

🔰 Mazkur festivalda Ogahiy nomidagi ijod maktabining iqtidorli oʻquvchilari ishtirok etishmoqda.

🎭 Ijod maktabimiz 8-"A" sinf o'quvchisi Setmamatov Beknazar festivalning yopilish marosimida "Jaloliddin Manguberdi" obrazi bilan chiqish qilmoqda.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram
#Jarayon

⚡️Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi boʻlimi xodimlari tomonidan Ogahiy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari uchun ularning ta'tili vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida amaliy mashgʻulotlar boʻlib oʻtdi.

🔷Mashgʻulotlar kapitan Polvonov Izzatbek hamda shaxsiy tarkib bo'limi bilan olib borildi.

Jarayondan fotolavhalar👆

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram