Ogahiy ijod maktabi
1.36K subscribers
31.9K photos
2.55K videos
313 files
8.04K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi
#mahorat_darsi

Inson o‘zining o‘tkinchiligini anglagandan buyon yashagan umrini abadiy­lashtirishga urinib keladi...


Q. Yo‘ldoshev

📄 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tasdiqlangan "Mahorat darslari" reja jadvaliga ko‘ra:

➡️ Joriy yilning 6-mart sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida atoqli adabiyotshunos olim, pedagogika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Qozoqboy Yo‘ldoshev tomonidan ijodkor o‘quvchilarga "Hikoya tushunchasi. Hikoyada badiiy
obrazlilik" mavzusida zoom platformasi orqali mahorat darsi o'tkazildi.

🔸Mahorat darsi davomida olim o'zbek adabiyotida hikoyachilikning o'rni, novella, hikoya janrini yangi bosqichga ko'targan hikoyachilikning yorqin vakillari asarlari va ular ijodining asosiy xususiyatlari haqida qimmatli fikrlarni bildirib o'tdi.

🌈Ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👏2👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#8_MART_XALQARO_XOTIN_QIZLAR_KUNI

💎 " Gulim "

Muhammad Yusuf

🎙 She'rni Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev o'qidi.

***


🌈 Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍43👏2🥰1
#taqdirlash_marosimi
#jarayon

📍Joriy yilning 6-mart sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida o'tgan haftada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan faol o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib
o‘tdi.

🔹Taqdirlash marosimida maktab direktori S. Abdullayev tomonidan iqtidorli o‘quvchilar alohida e'tirof etildi. O‘zining bilimdonligi, namunaviy xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan qolaversa, AQSH elchixonasining FLEX – Kelajak liderlari almashinuvi dasturi bo‘yicha final bosqischining 100% lik TA'LIM GRANT ini qo‘lga kiritgan 10-"B" sinf o‘quvchisi Yangiboyeva Nurhayotning ota-onasiga ijod maktabi nomidan TASHAKKURNOMA topshirildi.

Shuningdek, taniqli shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligiga o'tkazilgan “Vafo kuychisi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovining Badia yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan 9-"B" sinf o‘quvchisi Aminboyeva Nafisa, 3-o‘rinni qo'lga kiritgan 9-"A" sinf o‘quvchisi Botirova Go‘zaloylar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


🌈Ijod maktabi matbuot xizmati
👏6👍3🤩2🔥1🥰1
#8_malak
#Bayramona_tadbir

8 MALAK KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI

🗓 Joriy yilning 6-mart sanasida Ogahiy nimidagi ijod maktabida 8- mart -" Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabatni bilan "8 MALAK" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.

✴️ Tanlov avvalida maktab direktori Sarvar Abdullayev o‘zining tabrik so‘zlari bilan barcha ustoz-pedagoglarni va o‘quvchi qizlarni tabriklab o‘tdi.


➡️ Shundan so‘ng, o'quvchi qizlar 4 ta shart bo'yicha o‘zaro bellashdilar.
1⃣ Tanishtiruv
2⃣ Asardan parcha
3⃣ Sahna ko‘rinish
4⃣ Erkin mavzu shartlari


💐 Bayramona shukuhda o‘tgan ko‘rik-tanlov iqtidorli qizlarning yangi qirralarini kashf qilishga zamin yaratib berdi.

🌀 Bayram munosabati bilan Xiva shahar Madaniyat markazidan bir guruh san'atkorlar ishtirok etib o‘zlarining xotin-qizlarga bag‘ishlov qo‘shiqlaridan bahramand etdilar.


Bellashuvda oʻquvchi qizlarimiz quyidagi nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandilar:

OGAHIY MALIKASI

10-"B" sinf o‘quvchisi Abdusharipova Muxlisa

ENG ZUKKO ISHTIROKCHI

10-"A" sinf o‘quvchisi Qurbonova Farangiz

ENG NAFOSATLI ISHTIROKCHI


9-"A" sinf o‘quvchisi Egamova Shabnam

ENG MAS'ULIYATLI ISHTIROKCHI

9-"B" sinf o‘quvchisi Muhammadjonova Zebiniso

ENG BILIMDON ISHTIROKCHI

8-"A" sinf o‘quvchisi Rustamboyeva Nigina

ENG IQTIDORLI ISHTIROKCHI

8-"B" sinf o‘quvchisi Nurullayeva Laylo

ENG MOHIR ISHTIROKCHI

7-"A" sinf o‘quvchisi Maxsudbekova Farog‘at

ENG IJODKOR ISHTIROKCHI

7-"B" sinf o‘quvchisi Davlatova Muxlisa

❇️ Hakamlar hay'ati tomonidan umimiy shartlar bo‘yicha ko‘p ball to‘plab "Ogahiy malikasi" sifatida Abdusharipova Muxlisa g‘olib deya topildi. Barcha ishtirokchilarga bayramona sovg‘alar topshirildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍21👏1
#8_malak
#Bayramona_tadbir

8 MALAK KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI

🗓 Joriy yilning 6-mart sanasida Ogahiy nimidagi ijod maktabida 8- mart -" Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabatni bilan "8 MALAK" ko'rik-tanlovi jarayonidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍3🔥1👏1