#Jarayon
YURT ARDOG'IDAGI FARZAND
🔰Ma'naviy-ma'rifiy, sport tadbirlarini o'tkazish Respublika reja-jadvaliga muvofiq, joriy yilning 26-fevral kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida Ozod Sharafiddinov va Zulfiya tavallud kunlari munosabati bilan "Yurt ardog'idagi farzand" nomli tadbir tashkil etildi.
Tadbirni maktab direktori Sarvar Abdullayev va Respublika Ma"naviyat va ma'rifat markazi Xiva shahar bo'limi rahbari Leninza Atajanovalar ochib berdilar.
Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi, f.f.n Madina Matyoqubova Ozod Sharafiddinov hayoti va faoliyati, oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Hafiza Karimova Zulfiya hayoti va ijodi bo'yicha gapirib berdilar.
♻️Suhbat dilbar mushoiraga ulanib ketdi va o'quvchilar Zulfiya va o'z ijodlaridan namunalar o'qidilar.
📚Yakunda Xiva shahar axborot-kutubxona markazi mutaxassislari kitoblar taqdimotini o'tkazdilar.
Tadbir yuqori saviyada, ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi.
🌈Bizni kuzatishda davom eting
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram

#Ochiq_dars
🔰Joriy yilning 26-fevral sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinfida ona tili fanidan "Koʻchirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi" mavzusida ochiq dars mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.
👩🏫Ochiq darsni ijod maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Karimova Hafiza olib bordi.
♻️Dars jarayonida oʻqituvchi "Uch topshiriq", "Tinish belgilarini toʻgʻri qoʻying", "Aql charxi" kabi metodlar bilan birga oʻquvchilarning tinglab tushunish malakasini shakllantiruvchi, imlo savodxonligi hamda oʻgʻzaki nutqini oʻstiruvchi topshiriqlar orqali yangi oʻtilgan mavzuni mustahkamladi. Darsda oʻquvchilar faol ishtirok etishdi.
💠Ochiq dars mashgʻulotini Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Nodirbek Abdullayev, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari Madina Matyaqubova va Saida Safoyevalar kuzatishdi.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram|