Ogahiy ijod maktabi
1.35K subscribers
31.9K photos
2.56K videos
313 files
8.05K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi
#mahorat_darsi

Bu yorug‘ olam hayratga limmo-lim. Biroq hayrat tuyg‘usi odamning xohishiga bog‘liq emas.
Nurboy Jabborov

📄 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tasdiqlangan "Mahorat darslari" reja jadvaliga ko‘ra

Joriy yilning 15-fevral sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilariga adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Adabiyotshunoslik adabiy tanqid kengashi raisi Nurboy Jabborov tomonidan “Poetik nutqni shakllantirish” mavzusida zoom platformasi orqali mahorat darsi o'tkazildi.


✴️ Mahorat darsi o’zaro savol-javoblar bilan ko‘tarinki kayfiyatda bo'lib o‘tdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
👍64🔥2👏1
#Tanlov_hayʻati

🙋‍♂ Hurmatli tanlov ishtirokchilari!
Matnazar Abdulhakim tavalludining 76 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovga ijodiy ishlarni qabul qilish muddati qatnashuvchi ishtirokchilarimiz taklifiga binoan uzaytiriladi.

Barcha ishtirokchilarni ijodiy ishlari joriy yilning 17-fevral soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

❗️Like yig‘ish bo‘yicha ishtirokchilar 17-fevral soat 23:59 gacha bemalol ovoz to‘plashlari mumkin. 👍lar bo'yicha o'rinlar alohida belgilanadi va g‘oliblik sari imkoniyat hali
qo‘lingizda.

🏆
G‘oliblarni tez orada manashu rasmiy kanalimizda e'lon qilamiz. Bizdan uzoqlashmang!


➡️ Barcha ishtirokchilarga yana bir bor omad tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
👍13💯2
#Xushxabar

OGAHIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI O'QUVCHILARI "MARHABO, TALANTLAR!" RAQS KO'RIK-TANLOVI XIVA SHAHAR BOSQICHIDA SOVRINDOR O'RINLARNING BARCHASINI EGALLADILAR

🎗2024-yilning 15-fevral kuni "Marhabo, talantlar!" raqs ko'rik-tanlovining Xiva shahar bosqichi shahardagi 5-sonli san'at va musiqa maktabida bo'lib o'tdi.

♻️Hakamlar hayatining yakuniy xulosasiga ko'ra Ogahiy nomidagi ijod maktabining o'quvchilari

🥇1-o'ringa Shabnam Egamova - 9-"A" sinf o'quvchisi,
🥈2-o'ringa Ozodbekova Marjona - 11-"B"sinf o'quvchisi,
🥉3-o'ringa Qurbonova Farangiz - 10-"A" sinf o'quvchisi


munosib deb topildilar.

💐Biz iste'dodli o'quvchilarimizni shodiyona muborakbod qilamiz va "Marhabo, talantlar!" ko'rik-tanlovining Xorazm viloyati bosqichida ham muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
👍244🎉4😁2🥰1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🔰Avval xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi haqida Xorazm viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan "NAJOT - BIILIMDA" ko'rsatuvi tasvirga olindi.

🌟Ko'rsatuvda Ogahiy nomidagi ijod maktabining bugungi kundagi ta'limiy, ma'naviy-ma'rifiy, adabiy-badiiy faoliyatiga oid jarayonlar, erishilayotgan yutuqlar, o'qituvchi va o'quvchilarimizdan olingan ahamiyatli intervyular, dilbar she'rlar o'rin oldi.

Ko'rsatuv Xorazm televideniyasi orqali efirga uzatildi.

Marhamat, siz ham tomosha qiling 👆👆👆

🌈Bizni kuzatishda davom eting

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
👍14🔥32👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Jarayon

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabida tarbiyachi-pedagog M.Otayeva tomonidan 7-sinf o'quvchilari bilan "Buvijonim o‘gitlari" loyihasi doirasida "Do‘stlik" mavzusida suhbat o‘tkazildi.


➡️ Bunda o'quvchilar o‘zbek xalq maqollari, do‘stlik haqida to'rtliklar aytishdi. O‘quvchilar o‘zlariga kerakli bo‘lgan haqiqiy do‘st topish bo‘yicha tavsiyalarga ega bo‘lishdi.

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
👍184👏2🎉2🥰1
#Matnazar_Abdulhakim_76
#Tanlovga

Eng yaxshi bag‘ishlov she'r
11-ISHTIROKCHI


Matnazar Abdulhakim ustozga nazira

Domiga tortildim siz kabi, uztoz,
Charos juft ko'zlarning qarolariga.
Ketmayman, qolmayman. G'amgin hamda soz,
Yashayman ikki dun oralig'ida.

U taraf otlansam - g'azabi ortiq,
Bormayman deyman-u mehri bir jahon.
Taqdirning men telba yoriga tortiq,
Bir o'lib, bir kulib yashamoqda jonm

Borligimda otdi charog'on quyosh,
So'lim vodiy bo'ldim Kaʼbatullohga.
U ila kezganim, ko'zimdagi yosh,
Boshimni urarman ziyoratgohga.

Menda qolsin, ayting, ustoz o'zingiz,
Har tongim dilimda umid sayrasin.
Sadoqat haqida men bir soyangiz,
She'r bitdi. Aytingiz, qaytsin u, qaytsin...

Jabbarov Avazbek,
Yangibozor tuman, 12-sonli maktabning, 7-sinf o'quvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Matnazar_Abdulhakim_76
#Tanlovga

29-ISHTIROKCHI
ENG YAXSHI IJROCHI

🎬 Roʻzimboyeva Munira,
Yangibozor tumani 17-umumiy oʻrta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👏7👍2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Matnazar_Abdulhakim_76
#Tanlovga

30-ISHTIROKCHI
ENG YAXSHI IJROCHI

🎬 Komilova Shoira
Xorazm viloyati Xonqa tumani 25-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 8-sinf oʻquvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥1
Ogahiy ijod maktabi
Video message
Live

Ayni daqiqalarda Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinfida kimyo fani o'qituvchisi Zebo Matyoqubova tomonidan tashkillashtirilgan "Kislotalarning olinishi va xossalalari" mavzusidagi amaliy mashg'ulot shaklidagi ochiq dars bo'lib o'tmoqda.
👍8