Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.49K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Bagʻishlov
#Nazm

Fargʻona!
Bagʻring uzra jilvalanar yillar osha
"Tong nafasi" kezar kokiling tarab.
Unutmas sheʼriyat! Yashar har onkim,
Koʻksiga dilbanding yodini qadab!

Kuta tur, sen tomon borayotirman,
Sarosar ruhimda kezar hayajon.
Yastangan vodiylar yuzlari aro,
Ajib bir "Muhabbat" sochilgan har yon.

"Inson" dan soʻz ochsam, boʻy koʻrsatadi,
Metin bardosh birla togʻdayin toʻzim.
Ajabo! Soʻndi-yu qancha yulduzlar,
Hamon porlamoqda "Mening yulduzim"

Yillar qaritmadi daryoday oqib,
Zalvarli bu yellar yengmadi oson.
Tillardan tushmaydi, dillardan oʻchmas,
Oʻshal "Palatkada yozilgan doston"

Yuragimga muhrin bosdi "Iztirob",
Oʻrtanar hamono koʻnglim firoqda.
Dengizga choʻktirib olov hislarim,
Oʻzimni unutdim "Sharqiy qirgʻoq"da.

Tong opichlab kelar tahsinlar, lekin
Sira topolmasman tengin, izosin.
O, nazm!
Koʻksingdan izlayman hamon,
Bir shoir qoldirgan "Koʻngil nidosi"n.

Yelkamga enishib izma-iz, bir-bir
"Ogʻriqli savollar" javob soʻryotir,
Fargʻona, bir koʻngil sen tomon, qara
Togʻlaringdan "Nido" istab boryotir.

Bagʻring uzra jilvalanar yillar osha,
Erkin farzandingning oʻtli nafasi.
Sheʼriyat qaʼridan jaranglar hamon
"Oʻzbegim" kuylagan dilbanding sasi!

Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf oʻquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|