Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Seminar_trening
#Kasbiy_rivojlanish

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktab direktorlari va o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish bo'yicha xorijiy ekspertlar ishtirokidagi o‘quv seminarlari davom etmoqda.

🔴 Ayni damda "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida tashkil etilgan treninglarning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Unda xususan maktabda dars jarayonlaridan ajralmagan holda o'z ustida ishlash, til va kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish haqida so'z bordi.
_______________

Tom Kiddl, Buyuk Britaniya, Norwich instituti direktori:

O'zbekistonda 7-marta bo'lishim. Har safar kelganimda bu yerdagi o'qituvchilarda ko'zga tashlanadigan ishtiyoq va motivatsiyadan hayratga tushaman. Ular bilan ishlash haqiqatda qiziq.

Biz bu safargi treninglar davomida ustozlarda dars jarayonlarini interaktiv tashkil etish, o'quvchilar bilan ishlash hamda zamonaviy ko'nikmalardan foydalanish kabi mavzularda so'z yuritdik. Umid qilamanki, ushbu mashg'ulotlar ustozlarning kelgusi faoliyatiga ham yordam beradi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kasbiy_rivojlanish
#Xorijliklar_fikri

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida o’qituvchilar uchun tashkil etilgan trening jarayonlaridan videolavha.
________

Tom Kiddl,
Norwich tillar o‘qitish instituti direktori:


Ayni vaqtda maktablarda uzluksiz kasbiy rivojlanish loyihasi doirasida ish olib boryapmiz. Ikki kunlik intensiv treninglarimizda tajriba-sinov maktablaridagi direktorlar, ingliz tili o‘qituvchilari, o‘z maktablarida uzluksiz kasbiy rivojlanish loyihasida ishlayotgan maktab liderlari va Britaniya Kengashining bu bo‘yicha milliy maslahatchisi ishtirok etishmoqda.

Men O‘zbekistonda yetti marta bo‘lganman. Ammo, hozirga qadar Toshkent shahri bilan tanishishga ulgurdim xolos, ammo keyingi safar Samarqand va Buxoroni ko‘rish niyatim bor.

Loyihamizning asosiy maqsadlaridan biri maktabda o‘qituvchilar va o‘quvchilarning bilim olish madaniyatini rag‘batlantirishdan iborat. Buni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bizga o‘ziga xos muhit kerak. Bu direktordan tortib, sinf o‘qituvchisigacha hamma ishtirok etadigan jarayondir. Ularning har ikkisi ishtirok etayotgan ushbu treninglar butun maktabning kasbiy rivojlanish g‘oyasi uchun o‘ta ahamiyatlidir.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Hurmatli do'stlar! O'quvchilarimizning yutuqlari haqida (albatta avvalo ustozlarining ham) ustozlaridan xushxabarlar kelyapti. Bizni kuzating va ushbu xursandchilikni tez orada siz bilan baham ko'ramiz!!!

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Xushxabar
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor

🔰 Hozirgi kunga kelib yoshlarni har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib yetishishlari uchun ko'p tillarni bilish zarur. Ayniqsa, ingliz tiliga bo‘lgan e'tibor judayam katta. Ogahiy nomidagi ijod maktabida ham bilimdon o‘quvchilarimiz bisyor.

➡️ Navbatdagi bilimdonlarimiz bildirilgan ishonchni ortig‘i bilan oqlab hammani xushnud qilishdi.


10-"B" sinf o‘quvchisi Yangiboyeva Nurhayot
10-"A" sinf o‘quvchisi Ibragimova Farangiz
10-"A" sinf o‘quvchisi Atajonova Hulkaroylar
CEFR C1 SERTIFIKAT ini qo'lga kiritishdi.
11-"B" sinf o‘quvchisi Qilichova Ruxsora CEFR B2 SERTIFIKAT ini qo'lga kiritdi.

🟠 O‘quvchilarimizning yaxshi natijaga erishishida jonbozlik ko'rsatgan maktabning ingliz tili fani o‘qituvchilariga minnatdorchilik bildiramiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Xushxabar
#Ommalashtirish

🟠Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabi tarix fani o'qituvchisi Allamova Nazokat Azadovnaning "OGAHIYNING TARIXIY ASARLARIDA XIVA XONLIGI SIYOSIY JARAYONLARINING YORITILISHI" nomli ilmiy maqolasi "USTOZLAR UCHUN" Respublika ilmiy-uslubiy pedagoglar jurnalida nashr etildi va ommalashtirildi.

♻️Tajribali ustozni ushbu muvaffaqiyat va e'tirof bilan samimiy tabriklaymiz.

💢 Respublika jurnalida nashr qilingan maqolani quyida o'qishingiz mumkin 👇

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#mahorat_darsi
#hamkorlik

📚 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabi va Urganch davlat pedagogika instituti hamkorligi doirasida maktabimizda institut O'zbek va rus tili adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.

🔹 Joriy yilning 15-dekabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinfida UrDPI oʻzbek va rus tili adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Nilufar Yaqubova tomonidan Matnazar Abdulhakimning "Mangulik jamoli" asari boʻyicha mahorat darsi oʻtkazildi.

➡️ Darsning oʻziga xos tomoni - ustozning Matnazar Abdulhakim ijodini Ogahiy hazratlari bilan bogʻlab tushuntirib berishi bo'ldi. Darsni yanada qiziqarli qilish maqsadida turli metodlardan foydalanildi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌