Ogahiy ijod maktabi
1.18K subscribers
31.5K photos
2.51K videos
313 files
7.91K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Taqdirlash_marosimi
#Jarayon

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan 8-11-sinf o‘quvchilar o‘rtasida "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostidagi tanlovning taqdirlash marosimi va xorijiy til sertifikat topshirish jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

➡️ Tanlovda tinch va osoyishta yurtimizni madh etuvchi, bayramga bag‘ishlangan nazm, nasr, rasm va videorolik yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy ishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan munosiblar taqdirlandi.


NASR
1-o‘rin  9-"A" sinf o‘quvchisi Botirova Go‘zal
2-o‘rin 11-"B" sinf o‘quvchisi Masharipova Asaloy
3-o‘rin 8-"B" sinf o‘quvchisi Nurmamatova Oygul

NAZM
🥇1-o‘rin 9-"A" sinf o‘quvchisi Karimova Sarvara
🥈2-o‘rin 10-"A" sinf o‘quvchisi Yarashov Narimon
🥉3-o‘rin 9-"B" sinf o‘quvchisi Yo‘ldosheva Dilrabo 9-"B"

RASSOMCHILIK
🥇1-o‘rin 10-"A" sinf o‘quvchisi Amatova Muxlisa
🥈2-o‘rin 8-"A" sinf o‘quvchisi Kuziboyeva Shohruza
🥉3-o‘rin 9- "B" sinf o‘quvchisi Ozodova Hosila

VIDEOROLIK
🥇1-o‘rin 9-"A" sinf o‘quvchisi Otaboyeva Mumtozxon
🥈2-o‘rin 9-"B" sinf o‘quvchisi Rahmonberganov Mirjalol
🥉3-o‘rin 9-"A" sinf o‘quvchisi Boltayeva Sarvinoz


11-"A" sinf o‘quvchisi Bahodirova Zarina- Turk tilidan B2 sertifikat
10-"A" sinf o‘quvchisi Baxtiyorova Dilmira - IELTS 6 larga ega bo‘lishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Bir_haftada_bir_kitob
#Jarayon

🔰Sentabr oyining 22-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar zali"da "Bir haftada bir kitob" bellashuvi bo‘lib o‘tdi.


📖 Bellashuvda 7-8 sinf jamoalari o'rtasida O‘.Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari bo‘yicha 4 ta shart asosida o‘zaro bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

📚 Ishtirokchilar o‘zaro "Tanishtiruv", "Asardan olgan taassurotlarim", "Iste'dodingni namoyon qil", "Tezkor savol-javob" shartlari bo‘yicha bellashdilar.

➡️ Murosasiz kechgan bellashuv hammaga birdek manzur bo‘ldi.

🔻"Bir haftada bir kitob" loyihasining keyingi asari – "Alpomish" dostoni etib belgilandi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hamkorlikdagi_tadbir
#Jarayon

📆 Sentabr oyining 22-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlida kichik tadbir bo‘lib o‘tdi.


🚒 Unda viloyat yong‘in-qutqaruv otryadi mutaxassisi I.Palvanov va R.Ibragimov boshchiligida ko'rgazmali chiqishlar tashkil etildi.

❇️ Ko'rgazmada maktab o‘quvchilari ishtirok qilishdi. O‘quvchilarga ko'rgazmada xodimning zarur aslahalari va uning vazifasi haqida tushunchalar berildi.
Uchrashuv davomida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yong'in va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlarni oldini olish va sodir bo'lganda harakat qilish tartibi tushuntirildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida ro‘yxatdan o‘tganlar diqqatiga!

📆 24-sentabr, yakshanba kuni barcha hududda turnirning hududiy bosqichi o‘tkaziladi.

Hududiy bosqich o‘yinlari ishtirokchi jamoalar soniga qarab barcha jamoalar bilan bitta manzilda yoki barcha jamoalarni bir joyga sig‘dirish imkoni bo‘lmagan taqdirda, jamoalarni bir necha guruhga bo‘lgan holda bir necha manzilda o‘tkaziladi.

Bunda, barcha jamoalar bir manzilda bellashadigan hududlardagi o‘yinda jami 30ta savol 15 tadan 2 turga bo‘lgan holda o‘ynaladi.

Jamoalar bir necha guruhga bo‘lingan holda bir necha manzilda o‘tkaziladigan hududlarda esa avval har bir guruhda 15ta savoldan iborat saralash bosqichi, keyin esa 20ta savoldan iborat final o‘yini o‘tkaziladi. Final o‘yinida eng yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar turnirning respublika bosqichiga yo‘l oladi.

Hududiy bosqichda eng yuqori natija ko‘rsatgan 3tadan jamoa turnirning respublika bosqichiga yo‘l oladi. Kelib tushgan arizalar soni ko‘pligidan kelib chiqib, tashkiliy qo‘mita qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 4ta hamda Farg‘ona viloyatiga 5ta yo‘llanma taqdim etildi.

Hududiy bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan manzillar haqida quyidagi hududiy kanallar orqali ma'lumot beriladi:

Andijon viloyati;
Buxoro viloyati;
Farg‘ona viloyati;
Jizzax viloyati;
Namangan viloyati;
Navoiy viloyati;
Qashqadaryo viloyati;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Samarqand viloyati;
Sirdaryo viloyati;
Surxondaryo viloyati;
Toshkent viloyati;
Toshkent shahri;
Xorazm viloyati.

❗️Hududiy bosqich o‘yinlari barcha hududda bir vaqtda - 24-sentabr kuni, soat 10:00 da boshlanadi. Soat 09:30 da jamoalarni ro‘yxatga olish boshlanadi. Ishtirokchi jamoalardan 09:30 dan kechikmasdan o‘z hududlaridagi manzilda hozir bo‘lishlari so‘raladi.

PS: O‘yin manzili o‘zgaradigan taqdirda ushbu kanallarda alohida xabar beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM