Ogahiy ijod maktabi
1.11K subscribers
29.9K photos
2.47K videos
312 files
7.68K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Xo‘sh, tayyormisiz? 🤩🥳

📣 "Birinchi qo'ng'iroq" munosabati bilan Ziyo Forum uzoq kutilgan “Ziyolilar” loyihasi- 100 ta eng yaxshi maktab sardorlari tanlovini e’lon qiladi 🏆📚

👉Tanlovda ishtirok etish uchun telegram bot orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: https://t.iss.one/ZiyolilarschoolBot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanishing
#yangi_òquvchilarimiz
#yosh_istèdod_egalari

Davlatova Muxlisa Mansur qizi - Xorazm viloyati Xiva tumani 20-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o'qigan. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabiga kirish uchun o'tkazilgan saralash imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tib, 2023-2024- o'quv yilidan 7-sinfga qabul qilindi.
Buvijonim

Oq ro'moli boshida,
Sal kam yetmish yoshida.
Tayyorman xizmatiga
Buvijonim qoshida.

Yuzidan yog'ilar nur,
Aytganlari tillo dur.
Buvijonim dunyoda
Biz uchun aziz erur.

Duolarga qo'l ochar,
Dildan g'am-qayg'u qochar.
Buvijonim yaxshilik,
Ham mehr nurin sochar.

Davlatova Muhlisa - Ogahiy nomidagi ijod maktabi 7-sinf o'quvchisi

Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Xushxabar
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_sertifikati

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi yuqori darajali xalqaro IELTS sertifikatini qo‘lga kiritdi.

📑 Maktabimizning bilimdon, iqtidorli o‘quvchilaridan, 11-"A" sinf o'quvchisi Yo'ldoshboyeva Xoljanoy IELTS dan SEFR Level B2 darajasini qo‘lga kiritdi.

🔶 O‘quvchimizning ota-onasi va barcha ustoz-pedagoglarimizni ushbu quvonchli xabar bilan qutlaymiz.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Biz_zoʻravonlikka_qarshimiz

🔰 Joriy yilning 8-sentabr sanasida Xiva shahridagi 9-son maktabida bo‘lib o‘tgan ,, Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" nomli seminarda Ogahiy ijod maktabining amaliyotchi psixologi Otajonova Maqsuda va 9-"B" sinf o‘quvchisi Dilrabo Yo‘ldoshova hamda 8-"B" sinf o‘quvchisi Oygul Nurmamatovalar faol qatnashib o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

➡️ Ushbu jarayondan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Sogʻligimiz_posbonlari
#Jarayon

🔸Yangi o‘quv yili boshidan Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini infeksion kasalliklarga qarshi ADS-M vaksinasi bilan emlash jarayoni o‘tkazildi.

💉 Maktab shifokori M.Atayev o‘quvchilarga vaksina haqida ma'lumot berdi va hamshira A.Masharipova tomondan emlash ishlari amalga oshirildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Xushxabar
#Ogahiy_haqida_yangi_kitob
#kitob_taqdimoti
#jarayon

"AJAB OHANGU NAVOLAR" NOMLI YANGI KITOB TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI


📆 Sentabr oyining 8-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, ogahiyshunos olima Madina Matyoqubovaning yangi nashrdan chiqqan "Ajab ohangu navolar" nomli kitobi taqdimoti o'tkazildi.

🔹Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, unda Ogahiy ijod maktabi direktori Sarvarbek Abdullayev so'zga chiqdi va ustozni chin yurakdan, samimiy qutlab, kitob haqida o'zining fikrlarini bildirib o'tdi.

🔸Shuningdek, adabiyot kechasida Ma'naviyat va ma'rifat markazi Xorazm viloyati bo'limi bosh mutaxassisi Atajonov G'ulomjon hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi mutaxassisi, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Shoira Shamslar ham so'zga chiqib, kitobning beqiyos ahamiyatini, ustozning yutuqlarini alohida e'tirof etishdi.

🔻Maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari, jumladan, Zamira Atayeva, maktabning bosh tarbiyachi -pedagogi Maqsuda Bobojonova hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburbek Sadullayev ham kitob haqida o'zlarining iliq taassurotlarini aytib o'tishdi.

➡️ Ijod maktabining bilimga chanqoq o'quvchilari kitobdan she'rlar ham aytdilar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|