6-ishtirokchi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
Manguga berdi
Ko'hna diyorlarning sarhadlaridan,
Matonat uchquni sachradi, so'ndi.
Daryolardan oshib, qirlardan oshib,
Eng baland cho‘qqilar toshini yo‘ndi.
Pastakkina qal'a, quruq tuproq-chun
Kechmoqqa shay turdi hatto jonidin.
Badxohlarni qirdi sherdek o‘shqirib,
Janggohlar changitgan yosh Jaloliddin.
Olam hayratdadur, ko'zlari chaqnab,
Tasannolar aytar jasoratiga.
Chingizlar hujmidan omon qoldi u,
Tushmadi asirlik asoratiga!
Vatan deb, xalqim deb jangda kurashmoq
U uchun azaliy yigitlik burchi.
Qirlaridan oshib, bog'lardan oshib,
Tog'larni qulatsa arzirdi kuchi.
Deydilar, dunyoda har ne o'tkinchi,
Bugunim ertangi kunimga meros.
Jaloliddin kuchi qon-qonimizda,
Jo'shib shiddat-la oqayotgani rost.
Har qadamda mardlik chulg'ab hushini,
Oldinga intilmoq maqsadi erdi.
Xalqim, kuyinma hech u endi yo’q deb,
Olloh Jaloliddinni manguga berdi!
✍ Ogahiy ijod maktabi 8-"A" sinf oʻquvchisi Ibragimova Mashhura
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot

7-ishtirokchi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
"Sulton Jaloliddin-jasorat
timsoli"
"Jaloliddin Manguberdi ona yurt himoyachisi, jasur sarkarda va davlat arbobi, xalqimizning Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Amir Temur singari tarixda o'chmas iz qoldirgan milliy qahramonidir."
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov
Yurtin himoyasi dilga jo etgan,
Asl Vatan hissi hech ham so'nmaydi.
Vatan- chun oiladan, boridan kechgan,
Manguberdi, noming abad o'lmaydi.
O‘ylab doim yurtning osoyishini,
Dildan iymon, qo'ldan qilich qo'ymaydi.
Ham matonat, ham jasorat timsoli,
Manguberdi, noming abad o'lmaydi.
Xotira muqaddas, qadr abadiy,
Ulug' noming dilda mangu yashaydi.
Mana, avlodlaring bitmoqda satr,
Bu go'zal diyoring gullab-yashnaydi.
✍️Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o'quvchisi Yo'ldosheva Ruxshona.
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari bizni kanalda

8-ishtirokchi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
JALOLIDDIN HAYBATI
VATANGA MUROJAAT:
Menda g'urur qaydan, jasorat qaydan,
Menda iftixor-u adolat qaydan,
Yurtim, senga she'rlar bitmasam dildan,
Baribir madhingni qo'ymaslar tildan.
Elim, sajdamizsan, ishonganimiz,
Mardlar maydonisan, bir sevganimiz.
Jon bersa arziysan, aziz yurtimiz,
Tinch qo'rg'onimizsan, ko'z ochganimiz.
JALOLIDDINGA MUROJAAT:
Jaloliddin...
Jaloliddin desam ko'zimda uchqun,
Dilda iftixorim to'xtamas bir zum.
Qadim olis tomon boqaman bugun,
Tarix varaqlashdan shodlanur ko'zim.
QALAMIMGA MUROJAAT:
Qo'limga qalamim tutqazgan faxr,
Aqalli bir narsa yozishga qo'ygin,
Jaloliddindan-ku olganman g'urur,
Uning jasoratin bir doston qilgin.
Xorazm elining bir mardi bor-da,
Tillarda doston-u dillarga darmon.
Balkim, Vatan ishqi unga yordir-da,
Yuragi urgandir "Yurtim"deb har on.
Jaloliddin Sindda oqayotgan suv,
Qaydam, yaylovlarda izlari bordir.
Yuvsang, shu suvdan qo'llaringni yuv
Balki jasoratning ruhlari yordir.
.......
Ne bir yurtlar aro solgan alanga,
Zor qaqshab qolgandir kimlar bemajol.
Chingiz bosqinidan orzular so'ngan,
Xalq bir ahvoldadir, najotsiz, behol.
Qani, ey o'g'lonlar, bormidi mardi,
Yo bosh egdimikin shu johillarga.
Axir, yurtni sevish har kimning farzi,
Hatto qo'l tekkizmay gulning bargiga.
Jaloliddin asli Xorazm mardi,
Ne-ne bahodirlar tengi bo'lolmas.
Yuragida olov borligi rosti,
Jangda mag'lubiyat neligin bilmas.
Yurt uchun, el uchun, Vatani uchun
Jangga kiraberdi jonidan kechib.
Elini asramas jo‘mardlar nechun?
Jaloliddin kabi yoridan kechib.
Dahshat iskanjasi urushning o'zi,
Chingiz ham chekinish istamas edi.
Biroq g'oliblikka yetmasdi ko'zi,
Jaloliddinday mard ko'rmagan edi.
Asl Xorazmning qoni undadir,
O'zgaga bosh egish bizlarga emas.
Mayli, suvga cho'kib o'lgan zamondir,
Biroq mag'lub o'lish aslo yarashmas.
Haqiqat, adolat sevmasa hamki,
Chingizxon lol qoldi jasoratiga.
Agar imkon topsa almashar edi
To'rt zabardast o'g'lin Jaloliddinga.
Yurtim, sening o'g'ling ko'klarda bugun,
Haybati dunyoni tutganidir rost.
Bu hayotda tinchlik qolishi uchun
Jonidan kechgani abadiy meros.
Mahobat-la qad ko'targan haykali
Mangulik jamoli bo'lmoqqa shaydir.
Budir Manguberdi asl sayqali
Har bir uyda bugun Jaloliddin bordir.
✍ Ogahiy ijod maktabi 8-"A" sinf o'quvchisi Ro'zimatova Zarnigor
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
JALOLIDDIN HAYBATI
VATANGA MUROJAAT:
Menda g'urur qaydan, jasorat qaydan,
Menda iftixor-u adolat qaydan,
Yurtim, senga she'rlar bitmasam dildan,
Baribir madhingni qo'ymaslar tildan.
Elim, sajdamizsan, ishonganimiz,
Mardlar maydonisan, bir sevganimiz.
Jon bersa arziysan, aziz yurtimiz,
Tinch qo'rg'onimizsan, ko'z ochganimiz.
JALOLIDDINGA MUROJAAT:
Jaloliddin...
Jaloliddin desam ko'zimda uchqun,
Dilda iftixorim to'xtamas bir zum.
Qadim olis tomon boqaman bugun,
Tarix varaqlashdan shodlanur ko'zim.
QALAMIMGA MUROJAAT:
Qo'limga qalamim tutqazgan faxr,
Aqalli bir narsa yozishga qo'ygin,
Jaloliddindan-ku olganman g'urur,
Uning jasoratin bir doston qilgin.
Xorazm elining bir mardi bor-da,
Tillarda doston-u dillarga darmon.
Balkim, Vatan ishqi unga yordir-da,
Yuragi urgandir "Yurtim"deb har on.
Jaloliddin Sindda oqayotgan suv,
Qaydam, yaylovlarda izlari bordir.
Yuvsang, shu suvdan qo'llaringni yuv
Balki jasoratning ruhlari yordir.
.......
Ne bir yurtlar aro solgan alanga,
Zor qaqshab qolgandir kimlar bemajol.
Chingiz bosqinidan orzular so'ngan,
Xalq bir ahvoldadir, najotsiz, behol.
Qani, ey o'g'lonlar, bormidi mardi,
Yo bosh egdimikin shu johillarga.
Axir, yurtni sevish har kimning farzi,
Hatto qo'l tekkizmay gulning bargiga.
Jaloliddin asli Xorazm mardi,
Ne-ne bahodirlar tengi bo'lolmas.
Yuragida olov borligi rosti,
Jangda mag'lubiyat neligin bilmas.
Yurt uchun, el uchun, Vatani uchun
Jangga kiraberdi jonidan kechib.
Elini asramas jo‘mardlar nechun?
Jaloliddin kabi yoridan kechib.
Dahshat iskanjasi urushning o'zi,
Chingiz ham chekinish istamas edi.
Biroq g'oliblikka yetmasdi ko'zi,
Jaloliddinday mard ko'rmagan edi.
Asl Xorazmning qoni undadir,
O'zgaga bosh egish bizlarga emas.
Mayli, suvga cho'kib o'lgan zamondir,
Biroq mag'lub o'lish aslo yarashmas.
Haqiqat, adolat sevmasa hamki,
Chingizxon lol qoldi jasoratiga.
Agar imkon topsa almashar edi
To'rt zabardast o'g'lin Jaloliddinga.
Yurtim, sening o'g'ling ko'klarda bugun,
Haybati dunyoni tutganidir rost.
Bu hayotda tinchlik qolishi uchun
Jonidan kechgani abadiy meros.
Mahobat-la qad ko'targan haykali
Mangulik jamoli bo'lmoqqa shaydir.
Budir Manguberdi asl sayqali
Har bir uyda bugun Jaloliddin bordir.
✍ Ogahiy ijod maktabi 8-"A" sinf o'quvchisi Ro'zimatova Zarnigor
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
9-ishtirokchi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
JALOLIDDIN MANGUBERDI
Necha buyuklarni yaratgan zamin,
Qancha daholarni o'stirding elga.
Taʼrifingiz aytmoq juda ham qiyin,
Katta mas'uliyat tushdi yelkamga.
Xalq deya, yurt deya jonlarin tikib,
El uchun, erk uchun kuyib pishganlar,
Vatan uchun hatto borini berib,
Tinchlik-u omonlik tilab oʻtganlar.
Vatan tuprog'ini ko'ziga surtib,
Bir qarich yeri-chun faryodlar qilgan.
Tog'-u toshlar kezib, zahmatlar chekib,
Mardlik, jasoratni shior aylagan.
Xorazm elining so'nggi sardori,
O'n bir yil jang ichra to'lg'ondi, yondi.
Ulugʻ yurt farzandi, xalq iftixori,
Jaloliddin bobom dillarda qoldi.
Chingiz-la jang qilib, mag'lub boʻlmadi,
Necha zamonlardir o'chmadi nomi.
Yarim jahon uni lashkar sayladi,
Oʻchmadi sira ham bobomning shoni.
Dunyoni larzaga solgan urushda,
Qancha odamlarning bagʻri tilindi.
Keksa momolarning qo'li duoda,
Jasur o'g'lonlaring shu on bilindi.
Chingizdek shiddatli kuchdan qo'rqmadi,
Qaddini egmadi dushman oldida.
Qilichin hech qachon yerga qo'ymadi,
Ahdiga sadoqat tug'yon qalbida.
Sher deya taʼrifin bergan Nasafiy,
Sira qo'qmas, dovyurak Jaloliddin u.
Ulug' nomi erur qalbda abadiy,
Mangulika haykal qo'ygan bobom u.
Mo'g'ul lashkarlari tan bergan inson,
Taynal no'yon sizni dedilar dohiy.
Mardligingiz kuylar faxr-la zamon,
Nomingiz o'chmaydi, yurakda boqiy.
Yengilmas, jisman ham o'lmas qahramon,
Vataningiz saqlagay kelajak izdosh.
Ruhingiz qo'llagay hamisha, har on,
Yurt himoyasiga topaylik bardosh.
Qad rostlamoqda bobomga haykal,
Yosh avlodga, albat, bo'ladi ibrat.
Qulamas haykal bu, izdoshlar saqlar,
Ajib mo'jizakor ko'rinar hilqat.
Sizga vaʼdalarni beramiz takror,
Vatanni saqlaymiz bizlar, bobojon.
Dildagi so'zlarim etaman izhor,
Yurtimni asrayman dildan har qachon.
Ogahiy bobomning izdoshlarimiz,
Qo'lni qo'lga mahkam beramiz har on.
Buyuklar ishidan kuchlar olamiz,
Yangi Jaloliddin tug'ilar, ishon!.
✍Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Bahodirova Madina.

10-ishtirokchi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
...
Xorazm...
Tuproqqa to'kilgan
qadamlar....
Sabolar esganda olisdan
Eslatar suronli yillarni....
To'xtanglar, tinglanglar odamlar...
Ey Gurganch... Ey Gurganch,
Guvohsan sirlarga,
Sodiqlik, xiyonat ko'rgansan.
Bilaman, xohlamay janglarni
Qilichlar sopini ochgansan...
O'tmishdan yog'ilar nidolar:
''Ey sulton, qalbga g'am qistirma.
O'zingga ehtiyot bo'lgin-a
Nisoda kutadi pistirma...''
O'ttiz uch bahorning guvohi,
Har bahor chechagin berdimi?
Mo'g'ullar umrini yedi-ku,
Jaloliddin Manguberdini...
Vujudi olovga aylangan,
Vatanchun yuragi ming kesim...
Haqiqiy mardlarning gapidir,
''Boshingni yesa-da, mard yesin...''*
Samani ot emas, kuch-qudrat,
Yolini mo'jiza taraydi.
Qanoti Boychibor egizi,
To'riqlar havas-la qaraydi.
O'n bir yil....
Qon yutib, jon berib
o'tilgan umr.
Cho'llarda, suvlarda
kechilgan hayot...
Eslatmish Vatanga muhabbatini
Shundaykan, bitilgay
nomiga bayot.
Ey o'g'lon,
o'zing dovon oshding
sobit qadam-la,
Endi noming oshgay asrlar!
Haqiqiy farzandin
unutmaydi xalq,
Unutilib ketmas asllar!
* Shahriyor Shavkat so'zi
✍Ogahiy ijod maktabining 9-"А" sinf oʻquvchisi Matqurbonova Nargiza

11-ishtirokchi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
Manguberdi bobom
Oʻzbegimning mard-u maydon oʻgʻloni,
Hatto Chingizni ham qoldirgan hayron.
Vatan uchun fido qildi u jonin,
Buyuk bobom haqda so’zlayman biyron.
Jang ketardi, kuchlar teng emas biroq,
Mengburni qilichin sugʻurdi tezda.
Dushmanni ganggitdi oʻgʻlon naʼrasi,
Qoʻshini yengilib turgan bir kezda.
Manguberdi ruhi manguga yashar,
Yurti uchun qon kechgan mard o‘g‘lon.
Asrlar kechsa-da unutilmagay,
Vatan uchun toʻkilgan qutlug' qon.
✍ Ogahiy ijod maktabi 7-"B" sinf oʻquvchisi Yoʻldoshova Dilrabo

12-ishtirokchi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
Manguberdi
Xoraz(i)m buyuk el, qadim ko'hna yurt,
Har yerda to’kinlik, baraka-yu qut.
Polvonlar jon berar, jon olar u-chun,
Mardlar makoni u, unga yo'q yakun.
Dunyoning mardi bor, u Jaloliddin,
Vatan-chun jasorat, sadoqati chin,
Kib(i)r osmonida uchgan otasi.
Ul Turkon momosi, uning fitnasi
Kuchsiz etib qo'ydi buyuk davlatni,
Mo'g'ul boy bermadi bunday fursatni.
Tabarruk zamindan ko‘zlab oltin, zar,
Yurishni boshladi yuz tuman lashkar.
Qancha chiransa ham bosqinchi mo’g’ul
Hech ham etolmadi Xorazmni kul.
Mardlar soyasida yurgan ko’p xoin
Darvozani ochib egdilar bo'yin.
Shunda ul Mangburni chiqib taxtiga
Chek qo'ydi fitnaga, yovning baxtiga.
Chingiz qo'shinlarin birma-bir yengdi,
Lek yana xoinlar o'z so'zin dedi.
Ajralib ketishdi mol-dunyoni deb,
Ayrilgan qo'shinni ketdi mo'g'ul yeb.
Ul botir qutqarish uchun dunyoni
Kechib o'tdi otda Amudaryoni.
Tag’in to’pladi u askar, qurol, kuch,
Vatan himoyasi – muqaddas bir burch.
Yana xoinlardan olib zarbani
Qayta mag'lub bo'ldi uning vatani.
Ammo u o'lmadi qirg’in, janglarda,
Unga teng emasdi hech bir sarkarda.
Yuzma-yuz kurashda yengolmay g’amnok
Uxlagan paytida etdilar halok.
Mangu yashar ruhi, gar yo’qdir jismi,
Qalbimizdan o’chmas tabarruk ismi.
✍ Ogahiy ijod maktabi 9-"B" sinf o'quvchisi Sunnatulla Jaloliy
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
Manguberdi
Xoraz(i)m buyuk el, qadim ko'hna yurt,
Har yerda to’kinlik, baraka-yu qut.
Polvonlar jon berar, jon olar u-chun,
Mardlar makoni u, unga yo'q yakun.
Dunyoning mardi bor, u Jaloliddin,
Vatan-chun jasorat, sadoqati chin,
Kib(i)r osmonida uchgan otasi.
Ul Turkon momosi, uning fitnasi
Kuchsiz etib qo'ydi buyuk davlatni,
Mo'g'ul boy bermadi bunday fursatni.
Tabarruk zamindan ko‘zlab oltin, zar,
Yurishni boshladi yuz tuman lashkar.
Qancha chiransa ham bosqinchi mo’g’ul
Hech ham etolmadi Xorazmni kul.
Mardlar soyasida yurgan ko’p xoin
Darvozani ochib egdilar bo'yin.
Shunda ul Mangburni chiqib taxtiga
Chek qo'ydi fitnaga, yovning baxtiga.
Chingiz qo'shinlarin birma-bir yengdi,
Lek yana xoinlar o'z so'zin dedi.
Ajralib ketishdi mol-dunyoni deb,
Ayrilgan qo'shinni ketdi mo'g'ul yeb.
Ul botir qutqarish uchun dunyoni
Kechib o'tdi otda Amudaryoni.
Tag’in to’pladi u askar, qurol, kuch,
Vatan himoyasi – muqaddas bir burch.
Yana xoinlardan olib zarbani
Qayta mag'lub bo'ldi uning vatani.
Ammo u o'lmadi qirg’in, janglarda,
Unga teng emasdi hech bir sarkarda.
Yuzma-yuz kurashda yengolmay g’amnok
Uxlagan paytida etdilar halok.
Mangu yashar ruhi, gar yo’qdir jismi,
Qalbimizdan o’chmas tabarruk ismi.
✍ Ogahiy ijod maktabi 9-"B" sinf o'quvchisi Sunnatulla Jaloliy
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
3-ishtirokchi Saparboyeva Ziyodaning tanlovga yozgan ikkinchi she'ri
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
Koʻhna Gurganch...
O xotiralar!
Tubsizlik...
Soʻngsizlik manzili...
Hayqiriq!
Janglarga chaqiriq!
Qilichning olovli hazili!
Tur, Gurganch!
Qoʻlingga yalov ol,
Oʻtirma, "Ne boʻlsa, boʻlar", - deb.
Yogʻiyda qolmagan shafqat, yoʻq!!!
Toʻymadi janggohlar odam yeb.
Essiz-a,
Koʻrimsiz koʻrgulik,
Oyogʻing ostida insonlar,
Sof, zilol suv oqqan daryoda
Suv kabi oqadi sof qonlar!
Jonlar!
Figʻonlar!
O Gurganch!
Erk endi yoʻqladi seni,
Osmoning poyingga choʻkdi tiz,
Jaloliddin keldi Shams boʻlib,
Suvda choʻkib,
Oʻtda kuymagan ildiz!
Joningga topildi chin jondosh,
"Erk kuyin men bugun tuzarman", - degan,
"Yogʻiylar tinchimni buzsalar agar,
Men dunyoni buzarman", - degan!!!
"Men olamni buzarman", - degan!!!
✍ Ogahiy ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Saparbayeva Ziyoda.

13-ishtirokchi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
Buyuklarga ta'zim
Sinovlari tog‘dan ulkan dunyo bu,
Ta’rifin daholar bitgan dunyo bu.
Ba’zida o’zligin bilmasdan turib
O’tmishim buyuk deb aytgan dunyo bu.
Xorazm davlatin so‘nggi sultoni,
O‘n bir yil janglarda kechdi har oni.
Yurtin erki uchun fidodir joni,
Manguberdi mangu qolgan dunyo bu.
Jasorati o‘rnak yoshlarga bugun,
Ibrat olmaganning holidir zabun.
Nomini eslaylik har doim, har kun,
Manguberdi kutgan erkin dunyo bu!
Tarix sahifasin asta varaqlab,
Ko‘ramiz, dilimiz ketgay charaqlab.
Ajdodlar siymosi turgay yaraqlab,
Buyuklarga ta’zim etgan dunyo bu.
✍ Ogahiy ijod maktabi 9-"A" sinf o'quvchisi Matyaqubova Sevinchoy

14-ishtirokchi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
Unutmaymiz
Mo'g'ulning qo'lida qoldi Xorazm,
La'natlarga qoldi ul Temuchin xon,
Sulton Jaloliydan ko’p qarzimiz bor,
Erk uchun to’kildi ko’p muqaddas qon.
Yurtga yov kelganda solib tahlika,
Mardona kurashgan jasur inson u.
Chingizning ko'ziga mardona qarab,
"El maniki " degan Rustam doston u.
Dushmanga asirlik, qullikdan ko’ra,
Daryoga cho’kmoqni afzal bildi mard,
Bunday jasoratni ko’rmagan Chingiz,
Alamdan yuragin tig’siz tildi dard.
"Unutmaymiz" deya qilganmiz biz ahd,
Avlodlarga uning shavkati meros.
Har o’zbek farzandi Jaloliddinga
Munosib bo’lay deb qilmoqda ixlos.
✍ Ogahiy ijod maktabi 9-"B" sinf o'quvchisi Ravshanbekova Nilufar

15-ishtirokchi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
Jaloliddin Manguberdi
Yurtim aslo zavol koʻrma, mustahkamdir devoring,
Dilimizdan aslo ketmas sening ulugʻ shioring.
Koʻhna diyor Xorazm bu, sen avaylab, asragan,
Ul jasur Jaloliddin – tirik buyuk timsoling.
Quzgʻinlarga tutib koʻksing, elingni chin asrading,
Yovga boʻyin egmading sen, daryolarga sakrading.
Dushmanlarning ko’zlariga olov bo’lib sachrading,
Ul mag’rur Jaloliddin – tirik buyuk timsoling.
Koʻzlarni quvontirib qad rostladi haykali,
Ishontirib aytaman kelganda so’zning gali:
Minglab Jaloliddinlar yetishgay yurtda hali,
Ul botir Jaloliddin– tirik buyuk timsoling.
✍ Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining 9 -"B" sinf oʻquvchisi Marjona Ozodbekova.

16-ishtirokchi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
Mangu Manguberdilik
(“Jaloliddin Manguberdi” dramasidan ta'sirlanib)
Janggohlarda qoldi eng so‘nggi nafas,
Tulporlar shamoldek uchadi gir-gir.
Yurtdoshim, bu oddiy sinoat emas,
Bu vatan matlabi, haq yo‘li erur.
Chingiziylar keldi Xorazm tomon,
Moziyga qaytsam gar, tiriladi un.
Jaloliddin tortdi yovga na'rasin,
Pok tuproqni bulg'ar majusiy mal'un.
Har bir kaft tuprog'in aziz bildi u,
Yoridan, farzanddan kechdi el uchun.
Qancha suvlar kechib, dovonlar oshib,
Dushmanga ko’rsatdi nafratin, kuchin.
Jasoratin ko’rib, mardligin ko’rib,
Hatto dushman Chingiz qotdi hayratdan.
"O'g'illarim sendek bo'lsa edi”, - deb,
Yuragini tildi so’ngsiz hasaddan.
Ey do‘stim, zaminga fido bo'lsin jon,
Baxt deya porlasin shu ona diyor.
Nogahon yog'iylar rahna solgan kez,
Minglab Jaloliddin tug'ilmog'i bor.
Yurtdoshim, Vatan deb ursin yuraging,
O'zbek zaminiga fido etgulik.
Ko‘kdagi umidbaxsh Quyosh singari
Bizga mangu erur Manguberdilik!
✍ Ogahiy ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi Ravshanbekova Gulmira
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
Mangu Manguberdilik
(“Jaloliddin Manguberdi” dramasidan ta'sirlanib)
Janggohlarda qoldi eng so‘nggi nafas,
Tulporlar shamoldek uchadi gir-gir.
Yurtdoshim, bu oddiy sinoat emas,
Bu vatan matlabi, haq yo‘li erur.
Chingiziylar keldi Xorazm tomon,
Moziyga qaytsam gar, tiriladi un.
Jaloliddin tortdi yovga na'rasin,
Pok tuproqni bulg'ar majusiy mal'un.
Har bir kaft tuprog'in aziz bildi u,
Yoridan, farzanddan kechdi el uchun.
Qancha suvlar kechib, dovonlar oshib,
Dushmanga ko’rsatdi nafratin, kuchin.
Jasoratin ko’rib, mardligin ko’rib,
Hatto dushman Chingiz qotdi hayratdan.
"O'g'illarim sendek bo'lsa edi”, - deb,
Yuragini tildi so’ngsiz hasaddan.
Ey do‘stim, zaminga fido bo'lsin jon,
Baxt deya porlasin shu ona diyor.
Nogahon yog'iylar rahna solgan kez,
Minglab Jaloliddin tug'ilmog'i bor.
Yurtdoshim, Vatan deb ursin yuraging,
O'zbek zaminiga fido etgulik.
Ko‘kdagi umidbaxsh Quyosh singari
Bizga mangu erur Manguberdilik!
✍ Ogahiy ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi Ravshanbekova Gulmira
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
17-ishtirokchi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
Yana yozmoqdaman
Tunlar bedor she'r,
Ko'zim qarog'ida
Lovullar gulxan,
Meni chorlamoqda, ona zamin - yer,
Takror senga kelsam...
Gurganj shamollari tildi bag'rimni,
So'zlarga ilashdi boqiy bir umr.
Quloq sol,
Jim eshit,
Va yana tingla,
Men bugun tik tutdim egik qaddimni.
Ot surdi, yo'l kechib dovonlar osha,
Yog'iylar chang soldi
Xalqning boshiga,
Oh, Gurganj, dod solib, hayqirgim kelar,
Ohista tog'- toshning borib qoshiga.
Oshiqdim,
Entikdim zamonlar osha,
Ilmoqda tilingan bir jonim manim,
Manguga aylangan manguligingni
Hech qachon unutmas bu yodim manim.
Sind daryosin kechib,
O'tgan erk qushi,
Qanot qoq,
Parvoz et yuksak samoga,
Qora bulutlarning qattol so'zlari
Afv so'rab aylansin oxir nidoga.
Burnida xoli bor turkiy o'g'loni,
Tonggi shabadaga aylanib keldim.
Tinchlikning ortida Vatan qo'rg'oni,
Ko'ksimdagi jonim men senga berdim.
Boqdim zulmatlarga qaytmayman deya...
Kechaga ulangan go'zal tong bordir.
O'zbekning alp kelbat Jaloliydayin
Uchqur burgutiga Alloh ham yordir.
Yana qadim beshik
Tebranur yana,
Necha buyuklarni berib dunyoga,
Men bo'lsam tunlari qog'oz qoralab,
Qo'llarim ochaman ulug' duoga!
Takror senga kelsam...
Eh,Gurganj
✍ Ogahiy ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Shahrizoda Otayeva.

#Ustozlar_ijodi
18-ishtirokchi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
Kurd togʻiga lola boʻlib toʻkilgan qon,
Tiz choʻksa-da qilichiga Hind-u Afgʻon,
Yurt xokiga zor-intizor boʻlgan sulton,
Jaloliddin yurtga qaytdi shunqor boʻlib.
Naqorat:
Sind tubida gavhar boʻlgan sanamim bor,
Xoinlarga nafratim bor, alamim bor.
Jaloliddin yurtga qaytdi, qaytdi takror,
Qiz-oʻgʻloni jonin tikkan Vatanim bor,
Bu yurt oʻgʻli orin jondan baland tutgay,
Mardki, hatto dushmanlari tahsin aytgay,
Ming yilda ham ota tuprogʻiga qaytgay,
Jaloliddin yurtga qaytdi shunqor boʻlib.
Sultonlari mangulikka tojdor boʻlib,
Osmonimiz asragaymiz bedor boʻlib,
Erkni suygan bobolarim ruhi uygʻoq,
Jaloliddin yurtga qaytdi shunqor boʻlib.
✍ Ogahiy ijod maktabi ona-tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Barno Yusupova
〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
Ogahiy ijod maktabi ustozlarining eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida:

19-ishtirokchi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
Sulton Alovuddin qonidan qoni,
Go‘zal Oychechakning jasur o‘g‘loni,
Xorazm elining sharafi, shoni,
Manguberdi mangu yashar elimda,
Manguberdi mangu yashar dilimda,
Yog’iyga bermadi yurti, yorini,
Bermadi dushmanga nomus, orini,
El-yurt unutmagay ul tojdorini,
Manguberdi mangu yashar elimda,
Manguberdi mangu yashar dilimda.
Jaloliddin qaytdi minib tulporin,
Aytmoq uchun elga erkning qarorin.
Baxshilar kuyladi dilda alyorin,
Manguberdi mangu yashar elimda,
Manguberdi mangu yashar dilimda.
Tug’ilajak qancha Manguberdilar,
Nechasi Vatanga jonin berdilar.
Haykali poyiga gullar terdilar,
Manguberdi mangu yashar elimda,
Manguberdi mangu yashar dilimda.
✍ Ogahiy ijod maktabi ona-tili va adabiyot fani o'qituvchisi Shoira G'ulomova

20-ishtirokchi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
Jaloliddin Manguberdi
Hamisha bedordir navqiron o'tmish,
Shahidlari tig'da titrar jonsarak.
Manguga berilgan, o, mangu kechmish,
Men ham bezovtaman, jonimdir halak.
Asrlar siriga guvoh tog'lardan
Yurakni tilguvchi nido keladi.
Yog'iylar ilgida qolmas Vatanim,
Sherlar na’ra tortib sado beradi.
Amu suvlariga oshufta yurak,
Shamshirning damida qalqisa jonlar.
Yurtini yovlardan asragay doim
Jaloliddin kabi mardi maydonlar.
Oh, muqaddas kechmish, tabarruk tarix,
Samoga chirmashgan qadim ildizlar.
Ajdodlar armoni topgay nihoya,
Yana to’lib-toshgay daryo, dengizlar.
Derlar yo'qotmoqlik osondir, ammo
Topmoqlik mushkuldir chin daholarni.
Shukurki, farovon kunlarga yetdik,
Ollohim yubordi rahnamolarni.
✍ Ogahiy ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi Bahodirova Mushtariybonu
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
Jaloliddin Manguberdi
Hamisha bedordir navqiron o'tmish,
Shahidlari tig'da titrar jonsarak.
Manguga berilgan, o, mangu kechmish,
Men ham bezovtaman, jonimdir halak.
Asrlar siriga guvoh tog'lardan
Yurakni tilguvchi nido keladi.
Yog'iylar ilgida qolmas Vatanim,
Sherlar na’ra tortib sado beradi.
Amu suvlariga oshufta yurak,
Shamshirning damida qalqisa jonlar.
Yurtini yovlardan asragay doim
Jaloliddin kabi mardi maydonlar.
Oh, muqaddas kechmish, tabarruk tarix,
Samoga chirmashgan qadim ildizlar.
Ajdodlar armoni topgay nihoya,
Yana to’lib-toshgay daryo, dengizlar.
Derlar yo'qotmoqlik osondir, ammo
Topmoqlik mushkuldir chin daholarni.
Shukurki, farovon kunlarga yetdik,
Ollohim yubordi rahnamolarni.
✍ Ogahiy ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi Bahodirova Mushtariybonu
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga
...
Xorazm...
Tuproqqa to'kilgan
qadamlar....
Sabolar esganda olisdan
Eslatar suronli yillarni....
To'xtanglar, tinglanglar odamlar...
Ey Gurganch... Ey Gurganch,
Guvohsan sirlarga,
Sodiqlik, xiyonat ko'rgansan.
Bilaman, xohlamay janglarni
Qilichlar sopini ochgansan...
O'tmishdan yog'ilar nidolar:
''Ey sulton, qalbga g'am qistirma.
O'zingga ehtiyot bo'lgin-a
Nisoda kutadi pistirma...''
O'ttiz uch bahorning guvohi,
Har bahor chechagin berdimi?
Mo'g'ullar umrini yedi-ku,
Jaloliddin Manguberdini...
Vujudi olovga aylangan,
Vatanchun yuragi ming kesim...
Haqiqiy mardlarning gapidir,
''Boshingni yesa-da, mard yesin...''*
Samani ot emas, kuch-qudrat,
Yolini mo'jiza taraydi.
Qanoti Boychibor egizi,
To'riqlar havas-la qaraydi.
O'n bir yil....
Qon yutib, jon berib
o'tilgan umr.
Cho'llarda, suvlarda
kechilgan hayot...
Eslatmish Vatanga muhabbatini
Shundaykan, bitilgay
nomiga bayot.
Ey o'g'lon,
o'zing dovon oshding
sobit qadam-la,
Endi noming oshgay asrlar!
Haqiqiy farzandin
unutmaydi xalq,
Unutilib ketmas asllar!
* Shahriyor Shavkat so'zi
✍Ogahiy ijod maktabining 9-"А" sinf oʻquvchisi Matqurbonova Nargiza
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
...
Xorazm...
Tuproqqa to'kilgan
qadamlar....
Sabolar esganda olisdan
Eslatar suronli yillarni....
To'xtanglar, tinglanglar odamlar...
Ey Gurganch... Ey Gurganch,
Guvohsan sirlarga,
Sodiqlik, xiyonat ko'rgansan.
Bilaman, xohlamay janglarni
Qilichlar sopini ochgansan...
O'tmishdan yog'ilar nidolar:
''Ey sulton, qalbga g'am qistirma.
O'zingga ehtiyot bo'lgin-a
Nisoda kutadi pistirma...''
O'ttiz uch bahorning guvohi,
Har bahor chechagin berdimi?
Mo'g'ullar umrini yedi-ku,
Jaloliddin Manguberdini...
Vujudi olovga aylangan,
Vatanchun yuragi ming kesim...
Haqiqiy mardlarning gapidir,
''Boshingni yesa-da, mard yesin...''*
Samani ot emas, kuch-qudrat,
Yolini mo'jiza taraydi.
Qanoti Boychibor egizi,
To'riqlar havas-la qaraydi.
O'n bir yil....
Qon yutib, jon berib
o'tilgan umr.
Cho'llarda, suvlarda
kechilgan hayot...
Eslatmish Vatanga muhabbatini
Shundaykan, bitilgay
nomiga bayot.
Ey o'g'lon,
o'zing dovon oshding
sobit qadam-la,
Endi noming oshgay asrlar!
Haqiqiy farzandin
unutmaydi xalq,
Unutilib ketmas asllar!
* Shahriyor Shavkat so'zi
✍Ogahiy ijod maktabining 9-"А" sinf oʻquvchisi Matqurbonova Nargiza
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
#Jaloliddin_Manguberdi
#Davra_suhbati
🔰 Joriy yilning 22-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da “Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyati Xorazmshohlar sulolasining o‘zbek davlatchiligidagi o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
➡️ Davra suhbatida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi,Turon yozuvchilar uyushmasi a'zosi Yangibozorlik shoir Xudaybergan Shomurodov Jaloliddin Manguberdi hayotiga bag‘ishlangan kitobining yaratilish tarixi haqida to‘xtalib o‘tdi.
🔻 Suhbat davomida maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi Madina Matyoqubova Xorazmshohlar sulolasining buyuk siymosi haqida ma'lumotlar berib o‘tdi.
🔹 Davra suhbati o‘zgacha va qiziqarli tarzda o‘tdi. Mehmonimiz Xudaybergan Shomurodov o‘zining mualliflik kitoblarini maktab kutubxonasiga sovg‘a qildi.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|

🔰 Joriy yilning 22-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da “Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyati. Xorazmshohlar sulolasining o‘zbek davlatchiligidagi o‘rni” mavzusidagi davra suhbatidan foto lavhalar.

🔰 Joriy yilning 22-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da “Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyati. Xorazmshohlar sulolasining o‘zbek davlatchiligidagi o‘rni” mavzusida davra suhbatidan foto lavhalar.