Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.53K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Ogahiy ijod maktabi
#LIVE Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 🏬 Buxoro, Samarqand…
#LIVE

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

🌐 Yig‘ilishda globallashuv sharoitida yoshlar tarbiyasi va ongiga tahdidlar tobora kuchayib borayotgani qayd etildi.

🕸 Misol uchun, o‘tgan yili huquq-tartibot idoralari tomonidan 86 ta noqonuniy “virtual hujralar” aniqlangan. Bular faqat mamlakatimiz hududida tashkil etilganlari.

🏠 Oliygohlar rektorlari talabalari darsdan keyin nima bilan shug‘ullanishi bilan qiziqmayotgani, ijodiy kechalar, sport o‘yinlari, madaniy tadbirlar bilan talabalarning bo‘sh vaqtini boyitmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

🏬 Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati ham tubdan o‘zgarishi shartligi ta’kidlandi. Markazning birorta internet platformasi yoki ijtimoiy tarmoqlarda loyihasi yo‘qligi, yoshlar qiziqishlarini inobatga olmay, qamrovi va ta’sirchanligi past bo‘lgan turli-tuman anjuman va davra suhbatlari o‘tkazish bilan ovora bo‘lib qolgani tanqid qilindi.

📊 Shu bilan birga, byudjet hisobidan yaratiladigan badiiy asarlar, multfilm, serial va kinolar, sahna asarlari xususiy sektor va xorijiy kontentlar bilan raqobat qila olishi zarur.

👤 Mutasaddilarga yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, ularga sog‘lom fikr va motivasiya berishga qaratilgan kontentlarni ko‘paytirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ixtisoslashgan alohida teleko‘rsatuvlar tashkil qilish, xorijdagi yoshlarimizga ko‘mak berish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish topshirildi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Ogahiy ijod maktabi
#LIVE Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 🌐 Yig‘ilishda globallashuv…
#LIVE

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

👥 Yig‘ilishda aytilgan taklif va tashabbuslar bo‘yicha yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etishga qaratilgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari” dasturi ishlab chiqiladi.

🖋 Dasturda yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bandligini ta’minlash, ularni IT, xorijiy til, zamonaviy kasblarga o‘qitish, sportga jalb qilish, xorijdagi yoshlar bilan ishlash, milliy va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari nazarda tutiladi.

📌 Dasturda sohada erishiladigan aniq maqsadli indikatorlar belgilanadi.

📌 Yoshlar bilan ishlash barcha rahbarlarning, keng jamoatchilikning, butun jamiyatimizning eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi, - dedi davlatimiz rahbari.

💬 Prezident bu borada parlament vakillari, mahalliy Kengashlar deputatlari, siyosiy partiyalar, ziyolilar, nuroniylar, mahalla faollarini ham qattiq bel bog‘lab, yoshlar tarbiyasi, ularning muammolarini hal qilish bilan astoydil shug‘ullanishga chaqirdi.

Yig‘ilish davomida hudud va soha rahbarlarining axboroti tinglandi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
🔰 Joriy yilning 11-aprel sanasida Ogahiy ijod maktabining ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi Yo‘ldashev Jumanazar boshchiligida o‘quvchilar "Xiva tongi" tahririyatiga sayohat uyushtirildi.

📰 Bosh muharrir Sherjon Masharipov o‘quvchi yoshlarga tahrir san'ati, jurnalistlik mashaqqati hamda "Xiva tongi" gazetasi tarixi haqida so‘zlab berdilar,  gazetaning oxirgi chiqqan soni va undagi maqolalar haqida qiziqarli ma'lumotlar ulashdilar. Sherjon ustoz gazetadan namunalar berib, o‘quvchilarning kelgusi o‘qish va ishlarida omad tiladi. 

❇️ Sayohat davomida o‘quvchilar Xiva shahar Axborot kutubxonasiga tashrif buyurishdi.

🔻Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlangan "Beruniy - ulug‘ o‘zbek mutafakkiri" mavzusidagi madaniy-ma'rifiy tadbirda ishtirok etishdi. Tadbirda o‘quvchilarimiz o‘zlarini ulug‘ alloma Beruniy haqidagi bilimlarini baham ko‘rishdi.

🔶Tadbirda o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlaridan o‘qib berishdi. Kutubxona xodimlari ijodkorlarning iste'dodini e'tirof etib, kelgusi ijodiy ishlarida omad va zafarlar tilab qoldilar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
UZB-34688 BOLALAR UCHUN 07.04.23 16-30
#RADIO_FM
#Bizning_yoshlar

📻 Respublika "Bolalar uchun" nomli 🎧Radio eshittirishida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi

🎙Bunyodova Parizoda ishtirok qilib maktab faoliyati haqida o‘zining qisqacha fikrlarini bildirdib o‘tgan.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
#Psixologik_trening
#Jarayon

🔰Joriy yilning 12-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi amaliyotchi psixologi Atajonova Maqsuda tomonidan 7-sinf o'quvchilaridan kasbiy moyillik va qiziqishlarini aniqlash bo‘yicha 107 so‘rovnomadan iborat metodika olindi.

💡Bundan ko‘zlangan maqsad: Kasb tanlashda kasbiy xohishlarini individual-tipologik xususiyatlarga mos kelishini aniqlashdan iborat.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
#Tanlov_natijalari

⚡️Xabaringiz bor, Abdulla Qodiriy tavalludining 129 yilligi munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tomonidan uch yo‘nalishda tanlov e’lon qilingan edi. Kelib tushgan ijodiy ishlar tanlov hay’ati tomonidan o‘rganib chiqildi va g‘oliblar aniqlandi.

🖌 “Mening sevimli qahramonim” (Abdulla Qodiriy asarlari misolida) mavzusida ijodiy ishlar tanlovi ( she’r, hikoya, esse, badia, taqriz va boshqalar) yo‘nalishida:

🥇1-o’rin. Ogahiy ijod maktabi 9-sinf o’quvchisi Begmatova Dilnura

🥈2-o’rin Ogahiy ijod maktabi 11-sinf o’quvchisi Ravshanbekova Gulmira

🥉3-o’rin. A. Qodiriy ijod maktabi 10-sinf o’quvchisi Omonova Gulasal

📹 “Abdulla Qodiriy hamda uning asarlaridagi qahramonlar mening tasavvurimda” mavzusida videolar tanlovi (epizod ishtirokchi tomonidan ijro etilishi lozim, video davomiyligi 3 daqiqa) yo‘nalishida:
🥇1-o‘rin Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi tomonidan tayyorlangan "Mehrobdan chayon" asari asosidagi videorolik.

🥈2-o‘rin Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati òquvchilari aka-uka Ròziqulovlar tayyorlagan Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon " asari asosidagi videorolik.

🎨 Abdulla Qodiriy asarlari asosida illustratsiya ishlash (rang-tasvir yoki grafik dasturlar yordamida) yo‘nalishida:
🏆1-o'rin Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi 9-b sinf o‘quvchisi Qidirbergenov Armanning Abdulla Qodiriyning "Uloqda" asari asosida chizgan rasmi rang-tasvir yo‘nalishida

🏆1-o’rin Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-A sinf o'quvchisi Ahmedova Aziza grafik dasturlar yordamida ishlangan surat yo‘nalishida

G‘olib o‘quvchilarni yutuqlari bilan muborakbod etamiz. Tez kunlarda tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini o‘z egalariga yetkazamiz.
Марказий банк “Умумжаҳон пул хафталиги” (Global Money Week 2023) доирасида ёшлар ўртасида “Пулингизни режалаштиринг. Келажагингизни режалаштиринг” мавзусида видеороликлар танловини эълон қилади

🔸Марказий банк аҳолининг 14 ёшдан 18 ёшгача бўлган ёшлар ўртасида видеороликлар танловини ўтказмоқда. Ушбу танловда молиявий саводхонлик мавзусида – молиявий режалаштириш, молиявий мақсадлар, рақамли молиявий саводхонлик ва жамғариш маданияти йўналишларида ижодий информацион видеоролик яратиш ва юбориш кўзда тутилган.

Танловда иштирок этиш тартиби:⬇️

▪️2023 йил 30 апрелгача “Пулингизни режалаштиринг. Келажагингизни режалаштиринг” мавзусида 2 дақиқагача бўлган информатив видеоролик суратга олиш.
▪️Ушбу ҳавола орқали танловда иштирок этиш учун ариза шаклини юклаб олиш ҳамда тўлдириш.
▪️Ариза ва видеороликни [email protected] электрон манзилига юбориш (электрон почта мавзусида “Global Money Week 2023 видеороликлар танлови” деб кўрсатиб ўтиш шарт) ёки почта манзилига (100001, Тошкент ш., Ислом Каримов кўчаси, 6), ҳудудий Бош бошқармалари орқали юбориши ёки шахсан электрон хотирада Марказий банк биносига олиб келишлари мумкин.
▪️Finlit.uz ижтимоий саҳифаларида анонсларни кузатиб бориш зарур.

Энг яхши ижодий ишлар Марказий банкнинг қимматбаҳо совғаларини қўлга киритадилар:⬇️
🥇1 ўрин – ноутбук
🥈2 ўрин – смартфон
🥉3 ўрин – smart соат

🔸“Умумжаҳон пул ҳафталиги” (Global Money Week 2023) доирасида ёшлар ўртасида “Пулингизни режалаштиринг. Келажагингизни режалаштиринг” мавзусида видеороликлар танлови қоидалари

🔸Танлов ҳақида қўшимча маълумот олиш учун (71) 212-73-58 рақами орқали мурожаат қилишингиз мумкин.

Сиздан ижодий ишларни кутиб қоламиз❗️

Web | Telegram | Facebook | Instagram | Odnoklassniki | Youtube | Twitter | Linkedin