Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.55K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Amir_Temur_bilimdoni
#Tanlov
#Jarayon

🔸Joriy yilning 7-aprel sanasida Ogahiy ijod maktabining "Iste'dodlar markazi"da 7-8-9-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan "Amir Temur bilimdoni" ko‘rik-tanlovidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabini borib ko‘rdi. Shu bilan davlatimiz rahbarining Sirdaryo viloyatiga tashrifi yakuniga yetdi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил школу творчества имени Халимы Худойбердиевой в городе Гулистане. На этом поездка главы государства в Сырдарьинскую область завершилась.

#Mirziyoyev #safar #Sirdaryo #maktab

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga tashrifi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#AmirTemur687yil

⚡️Bugun 9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

🌟 Buyuk davlat arbobi, o‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, bobokalonimiz Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ta'lim mislsiz darajada yuksalgan.

🌟 «Kuch — adolatdadir» shiori sohibqiron davlati hududida axloqiy va ma'naviy mezonga aylangan. Ulkan va bepoyon mamlakatning poytaxti rutbasini olgan Samarqand kurrai zaminda eng go‘zal shahar sifatida chiroy ochgan. O‘rta Sharq va Markaziy Osiyoning eng yaxshi me’morlari to‘plangan ushbu kentda jahon me’morchiligida yangi yo‘nalish – Sharqona uslub paydo bo‘lgan.

🌟 Amir Temur, shuningdek, mamlakatda ma’naviyatning qo‘llab-quvvatlanishi, yuksalishi va o‘tmish davrlarning oliy an’analari tiklanishi uchun shart-sharoit yaratgan.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
#Amir_Temur_687

Amir Temur haqida faktlar


🔹 Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan O‘rta Osiyolik turkiy hukmdor, sarkarda.

🔹Poytaxti Samarqand bo‘lgan Temuriylar saltanati (1370 yil) asoschisi.

🔹 Amir Temur 1336-yil 9-aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (hozirgi Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan. 

🔹 Amir Temur tarix sahifalarida Aleksandr Makedonskiy, Doro I, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar bilan bir qatorda turadi.

🔹 Amir Temur — insoniyat tarixidagi eng qat’iyatli shaxslardan biridir. Turli manbalarga tayangan holda, u haqidagi bilimlarimizda ham hukmdor, zobit, sarkarda, ham jangchi sifatida gavdalanadi.

🔹 1405-yil O‘tror shahrida vafot etgan. Samarqanda dafn qilingan.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Amir_Temur_687

🎬 Ushbu video rolik Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Audiovizual asarlar yaratish va qayta ishlash" to‘garaki a'zosi 8-"B" sinf o‘quvchisi Qadamova Bashorat tomonidan buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan tayyorlangan.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
Amir Temur saltanati
⚡️ Bugun oʻzbek milliy romanchiligining asoschisi, publitist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.

1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrining Eskijoʻva mahallasida tavallud topgan. Adibning otasi Qodirbobo (1820-1924y) xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida Toshkent mudofaasida qatnashgan.
1904-1906 yillarda boʻlajak adib musulmon maktabida taʼlim oladi.
1908-1912 yillarda rus tuzem maktabida, 1916-1917 yilda Abulqosim shayx madrarasida arab va fors tillaridan saboq oladi,
1924-1925 yillarda V.YA Bryusov nomidagi Moskva adabiy kurslarida oʻqiydi.
1918 yil- eski shahar oziqa qoʻmitasining sarkotibi, 1919 yil - “Oziq ishlari” gazetasi bosh muharriri, 1920 yil- Kasabalar shoʻrosining sarkotibi, 1923-1926 yillarda “Mushtum” jurnali tashkilotchilaridan biri va tahrir hayʼati aʼzosi sifatida faoliyat yuritgan.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Abdulla_Qodiriy_tavalludining_129_yilligi

📌Abdulla Qodiriy adib va shoir sifatida 1912 yillarda faoliyatini boshlagan. “Toʻy” “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “Fikr aylagil” kabi sheʼrlari “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz” hikoyasi uning ilk asarlaridir. Qodiriy shunday xotirlaydi: “1913 yilda chiqqan "Padarkush" taʼsirida "Baxtsiz kuyov" degan teatr kitobini yozib yuborgʻanimni oʻzim ham payqamay qoldim (1915 yilda). Yana shu yilda teatrlarda chiqib turgʻon hikoya va roʻmonlarga taqlidan "Juvonboz" otliq hikoyachani yozib noshir topilmagʻonidan, oʻzim nashr qilib yubordim. Nikolay taxtdan yiqilgʻondan keyin oddiy xalq militsiyasiga koʻngilli boʻlib yozildim...”.
🎯Abdulla Qodiriy “Ahvolimiz” sheʼrini 21 yoshida yozgan. Sheʼrda koʻtarilgan muammo oʻzbek xalqi uchun hamon dolzarb. Adibning bu kabi sheʼrlari millatparvarlik, maʼrifatparvarlik ruhida yozilgan boʻlib jadidchilik gʻoyalari bilan sugʻorilgan. Muallif unda millatning zabun holatidan kuyunib soʻzlaydi, uygʻonishga daʼvat etadi, fikrlashga undaydi.
AHVOLIMIZ
Koʻr bizning ahvolimiz, gʻaflatda qanday yotamiz,
Joyi kelgan chogʻida vijdonni pulgʻa sotamiz.
Oʻgʻlimizgʻa na adab, na fan, na yaxshi soʻylamak,
Na xudoni buyrugʻi bulgan ulum oʻrgotamiz.
Korimiz shundan iborat boʻldi ushbu vaqtda,
Oʻntadin bedona boqib yozu qish sayrotamiz.
Hamda har kun takyalarda nasha koʻknori chekib,
Bachchagʻa kokil solib, oh-voh ila oʻynotamiz.
Qarimiz, boyonimiz, balki bu vaqt oqvondamiz,
Nogahon koʻrsak agar bir besoqolni qotamiz.
Oʻrtadan chiqsa agar millatni yaxshi suyguchi,
Biz ani dahriy sanab, toʻfangcha birla otamiz.
Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun gʻayrat qiling,
Uxlaganlarni agar qodir esak uygʻotamiz.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#VATAN_MANZUMASI
#XORAZM_VILOYATI

 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2023-yil 20-yanvardagi yig'ilish bayoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Oripov topshirig'iga asosan mamlakatimiz miqyosida "Vatan manzumasi" mavzusidagi adabiy -ma'rifiy konsert dasturlari bo'lib o'tmoqda.

🔶 Joriy yilning 10-mart sanasida Xorazm musiqali drama teatrida o'tkazilgan adabiy-ma'rifiy konsert dasturida taniqli madaniyat namoyandalari,san'atkorlar,estrada xonandalari, taetr, kino va ijodiy jamoalar ishtirok qilishdi.

🔻Kechada Vatanni madh qiluvchi ijod namunalari yangradi. Adabiy-ma'rifiy konsert dasturi ko'tarinki tarzda o'tkazildi.

🔷Unda bizning Ogahiy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari ham ishtirok qilishib xalq sevgan ijodkor shoirlar va san'atkorlar bilan birgalikda diydorlashish baxtiga muyassar bo‘ldilar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|