Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.56K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#tanlovga
#shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

NAZM
20-ISHTIROKCHI


Madhiyam yangrayver yangrayver mangu,
Faxrisan sen buyuk O‘zbekistonning.
Sen biz uchun bitta muqaddas tuyg‘u,
Qalbidan sen buyuk O‘zbekistonning.

Hur vatan ishonchi arkoni o‘zing,
Har bir misrangda bor ma'noli so‘zing.
Eshitgan odamda hayrat uyg‘otar,
Bu esa sening shuhrating anglatar.

Madhiyam yangrayver yangrayver mangu,
Sen biz uchun bitta muqaddas tuyg‘u.

: Sa'dullayeva Sevinchoy,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor

RASM CHIZISH
20-ISHTIROKCHI


🌅Muallif: Egamova Shabnam,
Ogahiy ijod maktabining 8-"A"sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

NASR
7-ISHTIROKCHI


Hurlik madhi
(Hikoya)

Yana bir kun kecha qovushdi. Tun roʻmolini oʻradi. Oy qishloqni oʻzining nurli yoʻrgagiga oʻray boshladi. Noila esa xira sham yorugʻida, derazadan atrofga nazar soladi. Vaqt daryosi oqib boryapti.
- Noila, qizalogʻim. Kech boʻldi. Yur, uxlaymiz endi.
- Yoʻq oyijon. Uyqum kelmayapti, axir.
- Ertaga vaqtli uygʻonishing kerak, qizim.
- Mm. Unda menga ertak aytib berasiz. Kecha ham aytib bermadingiz-ku. Yoʻq demang, iltimos...
Onasi noiloj rozi boʻldi. Qizini xonasi tomon asta yetakladi. Noila esa tinmasdan nimalarnidir gapirayotgandi. Onasini kun boʻyi uyda oʻtirib, juda sogʻingani koʻrinib turardi. Qizini bagʻriga bosgancha , ertakni ayta boshladi:
" - Qadim zamonlarda bir changalzor boʻlgan ekan. U changalzorda yovvoyi hayvonlar va ferma hayvonlari birga "ahil" yashasharkan. "
- Iye, oyi ular qanday qilib birga yashashi mumkin axir ?! Yovvoyi hayvonlar uy hayvonlarini yeb qoʻyishadiku...
- Qizim, sabr bilan eshitsang hammasini bilib olasan.
" - Oʻrmon yaqinida bir jannatmakon bogʻ boʻlardi. U yerda hamma uy hayvonlari ahil-inoq yashashardi. Ferma egasi ularni juda yaxshi koʻrardi. Hayvonlar uni juda yaxshi koʻrishardi. Shaharga yem-xashak olib kelish uchun tushsa, kelguniga qadar hayvonlar uni intizorlik bilan kutib oʻtirishardi. Bogʻning tomorqasida ham bir- biridan mazali, shirali noz- neʼmatlar pishib yotardi. Hayvonlarning hech biri tomorqaga oralamasdi ham. Fermer ularni hech birini bogʻlab boqmasdi. Oʻzlarini emin-erkin qoʻyib qoʻyardi. Fermer hayvonlari bilan vaqtini chogʻ oʻtkazardi. Ularga ashulalar xirgoyi qilib berar, dildan suhbat qurardi. Har xil oʻyinlar oʻylab topib, ular bilan birga oʻynardi...
Bir kuni oʻrmondan bir qancha qonxoʻr boʻri, vaxshiy ayiq va koʻzi och chiqarish kelib, fermerni nobud qilishdi. Bogʻni changalzorga aylantirib, hamma yoqni vayrona qilishdi. 2-3 ta qoʻy-qoʻzini shu kunning oʻzida yostigʻini quritishdi..."
- Voy , qanday vaxshiylik oyijon- dedi, eti seskanib ketgan Noila.
"- Fermadagi hayvonlarning hammasi in-iniga kirib ketishdi. 1-2 kun qoralarini koʻrsatishmadi. Hammasining ichiga iztirob sizdi. Yuragiga gʻulgʻula tushdi. Hamma hayvonlar madordan qolgan, ochlik va qoʻrquv sillasini quritgan edi."
- Oyijon, ular birgalikda Susambilga borishsa boʻlmasmidi?
- Qizalogʻim, ularga qolsa borishardi, lekin ixtiyor oʻzlarida emas edi. Ixtiyor oʻzlarida boʻlsa ham, bu ishga jur'atlari yetmas edi.
- Ammo negaaa?
"- Ayrim fermadagi hayvonlar bunday azob- uqubatga bardosh berolmay, dushman tarafga oʻtgan edi. Qonxoʻr beklarning ham, qoʻrquvdan dir-dir titrayotgan hayvonlarning ham sabr-toqati tugab boʻlgandi. Ular bogʻni vayron qilishdi. Hamma narsalar yeb bitirishdi. Ular oʻzlarining qingʻir maqsadlarini bayon qilishdi. Boʻlmasa ularni bir chekkadan ypq qilishini aytishdi. Irodasi zaif, qoʻrqoq hayvonlar bunga darrov rozi boʻlishdi. Ayrim hayvonlar ularga xizmat qilish evaziga oʻzlarining hayotlarini kafolatlab olishdi. Ammo quyonlar oilasi va bitta kuchukcha ularga qarshi bosh koʻtarib turaverdi. Qanday azobga duchor etmasa ham ular qarshilik qilib turaverdilar.
Kuchukcha quyon oilasini bor jahdi bilan himoya qilishga kirishgandi. Qanday xavf-hatar himoya qilishga urinardi.
Hamma holdan toygan, madordan qolgandi. Ochlik suyak-suyaklaridan ham oʻtib ketgandi. Vahshiylar bu hayvonlarni yesa ham avvalgidek lazzat ololmayotgandilar. Chunki ular ham och , bular ham och. Bularni qoʻyib , yangi manzil qidirishga kirishishgani hamonoq, ularga " oʻrmonning narigi chetida qoʻy-qoʻzilar ikki kundan beri oʻtlab yuribdi, choʻpon ham qoʻlidagi tayogʻi singari ozib-toʻzib ketganini, yoshi ham bir joyga borib qolgani" eshitib , bu vayronani tark etishni oʻylashardi. Lekin ular bu hayvonlarning ochlikdan qiynalayotganini koʻrib, rohatlanishardi. Ularni koʻrib zavq olishardi .
Bir kuni quyonlar makon qilgan joydan jarangdor, huzurbaxsh nimadir yangray boshladi. Ularga ochlikdan tinkasi quriyotgan doʻstlari ham beixtiyor joʻr boʻlishdi. Ular buni oʻz xoʻjayinidan oʻrganishgandi. Oʻrmondan baralla aks-sado qayta boshladi. Bu ular uchun hurlik madhiyasi edi..."
- Oyijon, oyijon. Ferma egalari gʻalaba qozondimi?
- Xoʻsh, oʻzing nima deb oʻylaysan?
- Albatta , ha. Qiz oʻrnidan sapchib turib, yotogʻi ustida adolat gʻalaba qilgani uchun ,quvonganida sakray boshladi.
- Oyi, oyijon . Mard quyon bor-ku, oʻsha meni quyonchamga oʻxsharkan. Kechasi nimadandir qoʻrqsam, u meni qorovullab yotadi. Jasur kuchukcha xuddi meni kuchugimni oʻzi. Har doim uyimizni qoʻriqlaydi-ku. Oyijon, bu ertakni sizga kim aytib bergan oʻzi?
- Endi balki uxlarsan qizim. Qaragin kech boʻlib ketdi. Bu ertaknimi... Bu ertakni menga hayot aytib bergan qizalogʻim, hayot...

: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

NAZM
21-ISHTIROKCHI


Nomingni osmonga eltayin...

Qalblarda, yurakda jaranglab,
Ko'nglimga kuy bo'lib singansan.
Sevgimga qo'shilib, qorishib,
Abdulla Orifdan qolgansan.

Burxonov musiqiy kalomin,
O'zingda jo etib yastanib.
Vatanga sarlavha kabi sen,
She'r bo'lib, kuy bo'lib to‘lg‘onib.

She'r kuyning taftida yo'qolib,
Qo'shiqqa aylangan chog‘ida.
Jahonga yuz tutib yulduzlar,
Gul unar o'zbekning bog'ida.

Madhiyam,madhingni madh etib,
Mangulik satrlar bitayin.
Dunyoga ko'rsatib vasfingni,
Nomingni osmonga eltayin.

Qo‘ziboyev Dadaxon,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
📣#Diqqat_tanlov

“TONG NAFASI ILHOMLARI” an’anaviy respublika tanlovi

✍️ Tanlov O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 86 yilligi munosabati bilan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida quyidagi yo’nalishlarda o’tkaziladi:

Nazm – Erkin Vohidovga bag’ishlov she’r
Nasr – Erkin Vohidovga bag’ishlangan hikoya yoki esse
Badiiy tarjima – Erkin Vohidov she’rining xorijiy tillarga o'girmasi
Badiiy-publitsistika – Erkin Vohidov hayoti va ijodiga oid ilmiy yoki ijodiy maqola
Drama – Erkin Vohidov asarlari asosida sahna asari (videotasvirga olgan holda)
Qo’shiq – Erkin Vohidov she’riga bastalangan qo'shiq ( formati mp3 , mp4)
Videorolik – Erkin Vohidov she’rini ifodali o’qish va ijodiy yondashgan rolik.

📆 Ijodiy ishlar 20-dekabrga qadar t.iss.one/MahmudxonKuchkarov telegram manzilida qabul qilinadi.

📄 Qo’shimcha ma’lumotlar bilan tanlov nizomi orqali tanishishingiz mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiyamiz_faxrimiz
#Bayram_tadbiri
#Jarayon

KONSTITUTSIYANING 30-YILLIGI NISHONLANDI


🔰 Dekabr oyining 7-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Xiva shahrining tantanali bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Xiva shahrining barcha sektor rahbarlari tashrif buyurdilar.

🟣 Tadbirni Xiva shahar hokimi Temur Davletov ochib berdi. Ogahiy ijod maktabining o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini jonli ijroda kuyladilar, o‘z ijodidan chiqish qildilar. Tadbirda Xiva shahar hokimi bir necha mutasaddi xodimlarni ko‘krak nishoni va tashakkurnomalar bilan taqdirladilar. Jumladan, Ogahiy ijod maktabi direktori Rasulbek Raximov tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🟤 Ogahiy ijod maktabining o‘z ijodidan davlat ramzlariga bag‘ishlangan she'rlarini o‘qib berdilar.


🟡 5-Tashabbus bo‘yicha sport musobaqasi g‘oliblari, kitobxon bellashuvi g‘oliblari, san'at yo‘nalishi g‘oliblari taqdirlandi. Shu o‘rinda, kitobxonlik yo‘nalishi bo‘yicha Ogahiy ijod maktabining o‘quvchisi Sapayeva Anabibi qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.

🔻Tadbirda so‘ngida madaniyat xodimlari chiqishi barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Konstitutsiyamiz_faxrimiz
#Bayram_tadbiri
#Jarayon

➡️ Ogahiy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirdan 📸 foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Konstitutsiyamiz_faxrimiz
#Bayram_tadbiri
#Jarayon

➡️ Ogahiy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirdan 📸 foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|