Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Tanlovga #Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

NAZM
11-ISHTIROKCHI


Madhiyam
Baralla yangrasin ulug‘ madhiyam ,
Qalblarim quvonchga to‘lig‘ madhiyam,
So‘zlar ma'noli buyuk madhiyam,
Doimo g‘ururga to‘lig‘ madhiyam.

Kuylarman qalbimda ajib his bilan,
O‘ylayman yurtimning dalalarini.
So‘zlaydi xalqimning kulgularini,
Kelajak avlodning so‘zlari bilan.

Vatanim. Kuylaydi madhiya seni,
So‘zlaydi dala-yu bug‘doylaringni,
Musaffo osmon-u zilol suvingni,
Har o‘zbek g‘ururla kuylaydi seni.

Boshimdagi tojsan ulug‘ madhiyam,
Tinchlikning ramzisan buyuk madhiyam,
Ozod xalqning senga tashakkuri bu,
Yurtim go‘zalligin ta'rifidir bu.

: Romanova Gulbonu,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7 - "A" sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

NAZM
12-ISHTIROKCHI


Naqadar jarangdor,serjilo so'zlar
Abdulla bobomga qoyil qolaman.
Ta'rif bermoq oson emas Vatanga
So'z sandig'idan sarasin olaman.

Ta'rifing bitmakka so'zlar yetmaydi
Madhiya bu-buyuk san'at asari.
O'zbegim xalqining yuragidir u
Vatanim boradi boqiylik sari!

Madhiya yangraydi,jimjitlik,sokin
Aytyapti tillari burro bolakay
Vatan askarlari qator tizilib
Sadoqat uchun qasamyod aytgay!

: Aminboyeva Nafisa
Ogahiy ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

NAZM
13-ISHTIROKCHI


So'zlaring tenglashga arzimas oltin,
Qiymatsiz men uchun qimmatbaho dur.
Sen bizning erkimiz ramzisan,
Senla biz yashaymiz ozod, xur.

Jahonda yangrading uyg'ondi bashar,
Sen borsan Vatanim g'ururla yashar.
Madh etish Vatanni g'urur iftixor,
Senga yangrab turish mudom yarashar.

: Reyimberdiyev Umidbek,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

NAZM
14-ISHTIROKCHI


Yangrasa etlarim ketar junjikib
Qalbimda boshlanar so'ngsiz bir titroq
Sevgimga aralash bu qo'shiq uchun
Yuragim uradi odatdan ko'proq
Qalbimga tug'yonlar otgan bu sado.

Abdulla Orifning dilidan doston
Burxonov kuyi-la rang olgan qo'shiq
Yurtim jamoliga bo'lolgan ko'zgu
Sen uchun hislarim to'liq va toshqin
Qalbimga tug'yonlar otgan bu sado
Hamisha yangrayver yangra doimo

: Muhammadjonov Jo'shqin,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

NAZM
15-ISHTIROKCHI


🇺🇿
Qalbimiz to'ridagi so'nmas olovdir,
Unda mujassamdir ozodligimiz.
Bu buyuk ajdodlar mehnati hamdir,
Uni doim e'zozlar butun xalqimiz.

Mustaqillik madhin kuylovchi sen,
Insonlar qalbiga ulashib quvonch.
Ozodlik ruhini ulashguvchi sen,
Kishilar qalbiga ulashib quvonch

: Yaqubov Sardorbek,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Ogahiy_ijod_maktabi_3_yoshda
#Qutlovlar
#Abdulla_Qodiriy_ijod_maktabi

Qadam aylabon ilm yo‘lida bosh,
Hunar kasbida aylar erdim talosh.
        Ne tunlar manga hab-u rohat,
        Ne kunlar zamoni farog‘at edi.

Salom chobukdor va turkiylikning sasi bo‘lmish ahli Xorazm!


Meni ijodkor va olima bo‘lib shakllanishimda asosiy shaxs – Muhammadrizo Ogahiydir!
Mashhurligiga ko‘ra, uch toifa shoirlar bor. Birinchisi hayot davrida mashhur bo‘lib, keyin unutilgan. Ikkinchisi hayotligida nomi chiqmasa-da, vafotidan so‘ng dovrug‘ qozongan. Uchinchisi foniy hayotidayoq boqiy nom qozongan. Muhammadrizo Ogahiy so‘nggi toifaga mansub shoirdir.
Shuning uchun bo‘lsa kerak, Ogahiy nomidagi ijod maktabi ochilganda, Sarvar akaga (o‘sha paytdagi direktor) o‘quvchilarga hazrat Ogahiyning tarixchi sifatidagi faoliyati haqida mahorat darsi o‘tib beray, deb murojaat qilgandim. O‘quvchilar bilan bo‘lgan o‘sha suhbat hamon esimda…
Shu dargoh 3 yoshga to‘lgani munosabati bilan tabriknoma yozayotib, bir narsani o‘quvchilar shuuriga yetkazmoqchiman: Xiva xonligi davrida turkiy tilda bitilgan nazmiy va nasriy asarlarning muallifi, turkiy til tarjimonlik maktabining “eng ko‘b va eng xo‘b” ijodkori va peshqadami Ogahiy edi. Uning rahnamosi, maslakdoshi, shogirdining – davr hukmdorlari bo‘lgani, ularga so‘z qadrini bildira olgani, turkiy nazmni davlat siyosati darajasiga ko‘targani sohibiqalamning katta yutug‘idir. Ana shu yutuqning izdoshlari borligi meni quvontiradi.

Ogahiyning pusht-u kamari bo‘lmasa-da, bir necha yuz yillardirki, ijodlarining sadoqatli izdoshlari bor. “Ogahiy Feruz shohni ijodga rag‘batlantirganini, natijada “ko‘ngliga quvvat va tab’iga jur’at” bilan ko‘pdan-ko‘p she’rlar yozganini so‘zlaydi. Endi shu so‘zlarni Siz aziz jamoa aytishingiz kerak.
   Maktab jamoasiga kelgusi ishlarida omad va so‘z mulkida sohibqironlikni tilab qolaman.

✍️: Hilola Nazirova,Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori,
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_ijod_maktabi_3_yoshda
#Happy_3_years

🔰 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi tashkil topganiga ham mana 3 yil to‘libdi. Maktabimiz rasman 2019-yil 4-dekabr sanasida ochilgan.

📌 Ilohim maktabimiz ustoz pedagoglar jamoasiga ko'z tegmasin. Bilimdon, ijodkor o‘quvchi o‘g'il-qizlarimizning safi yanada ko'payaversin.

💡Ushbu havola orqali kanalimizdagi 3 yil oldingi postni o‘qishingiz mumkin.
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi/549


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
2019-yil 4-dekabr - Ogahiy ijod maktabi ochilgan kun!

QUTLUGʻ BOʻLSIN UCH YOSHING!

Yurtboshim kalomi-la ochding sen chiroy,
Ezgu niyatlar ila qoʻydik biz qadam.
Roʻparangda sochar nur ulugʻ bir saroy,
Chorlab turar ziyoga, intil sen ildam!

Bagʻring toʻlsin chamanga - rayhon, sumanga,
Quchogʻingda unsinlar toza nihollar.
Kunlar kelib choʻzarlar qaddin samoga,
Koʻrib koʻzlar quvnagay, shodlangay dillar.

Xiva - bu azim diyor, koʻhna bir zamin,
Ne-ne buyuk daholar, donolar yurti.
Ajabmas, shuhratingga qoʻshib shavkatin,
Boʻy choʻzsa ijod ahlin yana bir shohi.

Uch dovon oshding mana nurli yoʻl tomon,
Bosgan har bir qadamda unsin chechaklar.
Qoʻllar Ogahiy bobom, boʻl doim omon,
Ijod bogʻing yashnasin - qilsin parvozlar!

🌷BUGUNGI BAYRAM - IJOD MAKTABIMIZ OCHILGANINING 3 YILLIGI BARCHAMIZGA MUBORAK BOʻLSIN!!!

Muhabbat Jumaniyazova

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hammasi_shunday_boshlangan_edi

🔰2019-yil 4-dekabrda yangi binoda faoliyat boshlagan Ogahiy nomidagi ijod maktabining tantanali ochilishiga bag'ishlangan O'zbekiston 24 kanali tomonidan tayyorlangan reportaj.

📌Eslatma: bugun Ogahiy nomidagi ijod maktabi 3 yoshga to'ldi.

🌐
@piima_xorazm
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi_3_yoshda
#Qutlovlar
#Abdulla_Qodiriy_ijod_maktabi

📩 NOMALAR

Ey, keldi fununu ilm taslim sanga,
Qilmoq manga lozim o'ldi ta‘zim sanga.
Garchi yo‘q edi quvvat ayoqimda, vale
Keldim bosh ila alg‘oli ta‘lim sanga.

Bu quyma satrlar ilmni sharaflab yozilgan bitiklar. Bu o‘chmas bitiklar sohibi esa Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiydir. Uning nazmidan hamma yoqqa o‘t sachraydi, qalamining siyohidan dur-u gavharlar to‘kiladi.
Biz esa ana shunday buyuk ajdodlarga ega avlodmiz va bundan o‘zimizda yuksak faxrni his qilamiz. Ul kishilarning ijod qudrati butun dunyoni larzaga solgan, undagi har bir o‘qiguvchi qalbiga kuchli hayajonlanish, anglab bo‘lmas hayrat hislarini olib kirgan.Bugungi kunda ularning xotiroti yodimizda mangu yashamoqda.
Shular qatorida, Ogahiy nomidagi ijod maktabi ham ijodkorlar gulshanidagi muattar bo‘y taratuvchi bir chechak kabidir. Va bu chechakda ko‘plab g‘unchalar ulg‘ayib kelmoqda...
Ogahiy nomidagi ijod maktabi va unda tahsil olayotgan qadrli tengdoshlarim! Bugungi tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin. Martabangiz bundan-da ulug‘, navnihollaringiz bundan-da yuksak cho‘qqilarni zabt etsin, nomingizni balandlarga ko‘tarsin.

💬 Biz, Abdulla Qodiriy maktabining ijodiy jamoasi qalbimizdagi barcha ezgu niyatlar va issiq tabriklar majmuasini sizga yo‘llaymiz. Qadringiz kundan kunga yuqori bo‘lsin!


: Muxlisa Rajabova,
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_ijod_maktabi_3_yoshda
#Qutlovlar
#Nazm

JONAJON MAKTABIM UCH YOSHDA


Xorazm-buyuklar tugʻilgan zamin,
Daholar poyini oʻpgan bu tuproq.
"Al-Jabr", "Al-Kashshof", "Saydana"-
Ahli bashar olgan ilk saboq.

"Kanzul haqoyiq"dan "Ul Ushshoq"gacha,
"Taviz ul-oshiqin" koʻzga toʻtiyo.
Ilm-u fan va ijod quyoshi,
Xorazmdan taratgan ziyo.

Uch yil burun Xiva Qiyotda,
Maʼrifatning nurlari balqdi.
Ogahiy maktabim chaldi qoʻngʻiroq,
Daholarning ruhlari qalqdi.

Tomirida ziyolar oqqan,
Nurli avlod oʻqiydi bunda.
Prezidentim mehridan qongan,
Baxtli avlod oʻqiydi bunda.

Maktabim uch yoshing muborak,
Nihollaring bogʻ boʻlib unsin.
Vatan nomin jo etib dilga,
"Tumor" boʻlar satrlar bitsin.

Fozil-u fuzalo avlodlar,
Ming yillik toʻyingni toʻylasin.
Ogahiy maktabim shavkating,
Shuhrating jahonni boʻylasin.

: Yusupova Barno Nazarovna,
Ogahiy ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tarix_tilga_kirganda
#Ogahiy_ijod_maktabi_arxividan

Ogahiy ijod maktabining bir yoshga toʻlishi munosabati bilan tayyorlangan maxsus 
                
           💎TAQDIMOT💎

Ushu videorolikda Siz Ogahiy ijod maktabiga dastlabki gʻishtning qoʻyilishidan boshlab, birinchi oʻquv yilidagi faoliyati bilan qisqacha tanishasiz.

Taqdimotda atoqli shoir Muhammad Ismoilning "Ijod maktabi bolalariga" sheʼridan foydalanildi.

Sheʼrni Sarvar Abdullayev oʻqidi.

Marhamat, tomosha qiling.

🌐
@piima_xorazm
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM