Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.8K photos
2.46K videos
311 files
7.65K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Yashil_makon
#Jarayon

"YASHIL MAKON" UMUMMILLIY HARAKATI O‘TKAZILDI


🌳 Yurtimiz bo'ylab "Yashil makon" umummilliy harakati yuqori kayfiyatda davom etmoqda.

🌿 Mazkur milliy loyiha doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi ham faol ishtirok etib, jamoa tomonidan maktab hududiga mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.

🌴 Kelajak bugundan boshlanadi. “Yashil makon” milliy dasturi bo‘yicha maqsadli ishlar hali davom qiladi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_uy_muzeyiga_sayohat
#Jarayon

OGAHIY UY-MUZEYIGA SAYOHAT


📆 Noyabr oyining 11-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Ogahiy uy-muzeyiga maktabning tarbiyachi-pedagogi Samiya To‘qsonova, ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi Jumanazar Yo‘ldashev boshchiligida sayohat uyushtirildi.

🔻Uy-muzeyda "Ogahiy asarlarida tarixiylik" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat mobaynida o‘quvchilar Ogahiy hayoti va ijodi haqida o‘z bilimlarini o‘rtoqlashishdi.

🏛 Muzey xodimlari tomonidan ulug‘ shoir hayotiga doir eksponatlar bilan tanishtirildi, Ogahiy hayoti haqida yangi ma'lumotlar ulashildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Renessans_siymolari
#Davra_suhbati
#Live

"RENESSANS SIYMOLARI" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI


🔰Noyabr oyining 11-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi"da Xiva shahar Ma'mun akademiyasi ilmiy xodimi, yozuvchi, tarixshunos, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Umid Bekmuhammad bilan "Renessans siymolari" tarixiy mavzuda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔻Suhbat davomida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi Renessans allomlarining hayoti va ijodiga doir yangi ma'lumotlar berildi. Olim tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar yuzasidan so‘z yuritildi.

🔹Tadbir yakunida olim Umid Bekmuhammad o‘zining yangi nashr ettirgan tarixiy risolalaridan maktab kutubxonasiga sovg‘a qildi, o‘quvchilarning kelajakda Renessans allomlari kabi yetuk shaxs bo‘lib yetishishida omad va zafarlar tiladi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jonli_musiqiy_konsert
#Jarayon

🎼 MILLIY OHANGLAR MUSIQIY KONSERTI O‘TKAZILDI


🔰 Joriy yilning 11-noyabr kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida maktabning musiqa to‘garagi rahbarlari va Xiva shahar 12-son BMSM tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda "Milliy ohanglar" nomli musiqiy konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

🎻Konsert davomida o‘quvchilar cholg‘u asboblari borasida o‘z mahoratini namoyish etishdi. Musiqa to‘garagi rahbarlari tomonidan har bir cholg‘u asbobi, har bir chalingan kuy haqida ma'lumot berishdi.

🪕Musiqiy tadbir yakunida maktabimiz o‘quvchilari musiqa to‘garaklarida o‘rgangan musiqalarini chalib berib, tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishlashdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|