Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#MOTIVATSION_TRENING
#JARAYON

G'OLIBLIK SARI YO‘L


📆 May oyining 11-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi Xorun Muso tomonidan o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida 9-"B" sinf o‘quvchilariga "G'oliblik sari yo‘l" mavzusida trening o‘tkazildi.

📈 Qahramonimiz o‘z hayoti davomidagi ko'plab tanlovlarda g'oliblikka erishguncha bo‘lgan jarayonlar, muvaffaqiyatga erishish sirlari haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi.

💡"Ertaga men kimdir bo‘lishim uchun, bugun nimadir qilishim lozim" degan naqlni o‘ziga shior qilib olgan tarbiyachi-pedagogimiz o‘quvchilarga o‘z maqsadlari yo‘lida doim muhimi natijaga qarab intilish lozimligini uqtirdi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#MOTIVATSION_TRENING
#JARAYON

BIZ O‘ZIMIZNI KASHF ETISHIMIZ KERAK


📆 Sentabr oyining 29-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi Xorun Muso o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida "Ruhiyat immunitetini oshirish" mavzusida trening o‘tkazdi.

🔹Hayotiy misollar bilan o‘tkazilgan trening jarayonida "Sizning missiyangiz nima?", "Nuqtayi nazarni o‘zgartirish", "Nolimasdan shukur qilib yashash" mavzulariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

💡Ruhiyat sog'lom bo‘lishi uchun, avvalo, insonning nuqtayi nazari,dunyoqarashi yaxshi o‘y-fikrlar bilan band bo‘lishi, atrof-muhitga toza nigoh bilan boqishi kerakligi to‘g'risida tavsiyalar berib o‘tildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabini kuzatib borishingiz mumkin
👉
|Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|