Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Usmon_Nosir_tavalludining_110_yilligi
#Tadbir

USMON NOSIR TAVALLUDINING 110 YILLIGIGA BAG'ISHLANGAN TADBIR

📄 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-fevraldagi PQ-125-qaroriga muvofiq “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori imzolangan edi.

🔰 Sentabr oyining 8-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazida" Ogahiyshunos olima, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Madina Matyoqubova tomonidan shoir hayoti va ijod bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

🔹Maktab o‘quvchilari tomonidan shoirning she'rlari o‘qib berildi. Tadbir davomida maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Sa'dullayev yil yakunigacha Usmon Nosir tavalludi bo‘yicha Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda shoirlar bilan uchrashuvlar va turli tanlovlar o‘tkazilishi bo‘yicha ma'lumotlar berib o‘tdi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#ertalabki_jarayon
#bizning_oʻquvchilarimiz

🔰Sentabr oyining 9-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida 10-11-sinf oʻquvchilariga "Men mustaqil O‘zbekiston farzandiman" mavzusida mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Darsni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshladilar. Bunday tarzda darslarni boshlash oʻquvchilarimizning vatanga boʻlgan muhabbatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#jarayon
#live

"Men mustaqil O‘zbekiston farzandiman" mavzusidagi mustaqillik darslaridan foto lavhalar

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_ijodidan
#nazm

Kuzak


Kurtak yozib gulladi, tugdi,
Ikki fasl boʻlib jonsarak.
Bolga toʻldi oxir savatlar,
Xush kelibsan, bogʻbonim-Kuzak

Poying yopgan olov poyandoz,
Garchi oftob qilmas jizgʻanak.
Barcha otash dildami pinhon,
Xush kelibsan, dildohim-Kuzak.

Qiyomdadir egilgan boshing,
Har lahza bir qulluq, ibodat.
Sen ham muslim erursan beshak.
Xush kelibsan dindoshim-Kuzak

Chalib soʻnggi chapaklarini,
Ohista qoʻnishar tuproqqa.
Koʻnglim goʻyo sargʻaygan yaproq.
Toʻkilmoqda, tengdoshim-Kuzak

Boshing uzra qargʻalar xandon,
Sokin xayol surasan loqayd.
Sabotingdan ulashgin picha,
Ba'zan tugar bardoshim, Kuzak.

Sen donishmand, sen-da faylasuf,
Senda oʻgit, sendadir ibrat.
Har bargingda pand-u nasihat.
Xush kelibsan, sirdoshim-Kuzak!

: Barno Yusupova,
Ogahiy ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi


https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Barimta" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"


Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook