Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#bahor_ilhomlari
#ijod_zavqi

***

Qu
yosh, sening nurlaring erka,
Bahor, sening taftingni sezdim.
Kuy uyg'onar – egizdir senga,
Vujudimda iliqlik kezdi.

Odamlarning shodligi ortiq,
Bahor, sening mehringdandir bu.
Go‘zal gullar qilding-ku tortiq,
Sening ajib sehringdandir bu.

Gulday qizlar charx urar xandon,
Yigitlarning ko'zlari quvnar.
Bu go'zallik qilar aql lol,
Toza baxtlar qalblarni chulg'ar.

Kamol topar ezgu niyatlar,
Ezgu so'zlar, ezgu amallar.
Bu qadim yurt bahorday totlig'
Uni sevar qutlug‘ odamlar.

: Jumanazar Yo‘ldosh,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining "Nasr" to‘garagi rahbari

Bi
zning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#IJOD_ZAVQI

HAQIQATIM

Kulsam kulibman-da bir o'zim uchun,
Armonga ko'may, deb bo'lma hech halak.
Buncha parishonsan, bunchalik nechun?
Aytgin, nima kerak g'amimdan bo'lak?

Tabassum shunchaki bir qiziqishim,
Jiddiy olmoq mushkul balki hayotni.
Ortsin, ortaversin bisyor tashvishim,
Xotirda saqlayman abad bayotni.

Endi beparvoman, ha, sal bexotir,
Ko'ksimga botmaydi endi nafrating.
Balki tark etgancha dilni xavotir
Erish tuyiladi menga hasrating.

Bo'ldi, bas! Sabrimni sinama hayot!
Tutqazay qo'lingga hayot tilsimin.
Endi tortaverar bu daydi xayol
Dilga o'yib yozib bu dardning ismin...

29.03.2022

!:Ro'zmatova Mohinur,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi

Ogahiy nomidagi
ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#IJOD_ZAVQI

AYT DENGIZ

Ayt Dengiz,
Buncha ko'p g'amni so'ylaysan,
Oromtalab qalbing topmas halovat.
Ne uchundir yonib, jo'shqin kuylaysan,
Viqoring beradi dilga harorat.

Ayt Dengiz,
Buzdi kim osoyish qalbing,
Qirg'oqqa bosh urib ovunmoqdasan.
Mana men tinglayman, sen so'zla darding,
Nega orzulardan sovumoqdasan.

Ayt Dengiz,
Taqdirga sochmayin g'azab,
G'am, tashvish, o'ylaring barini butkul.
Eski xotirlarni bitta-bittalab
Nahot unutmoqlik shunchalar mushkul.

Ayt Dengiz,
Yomg'irli kunlardan keyin,
Quyosh nurlariga ko'z qamashmas-mu?
Oyning o'n beshi ham yorug' kun sayin,
Shunda baxt sen bilan yuz ko'rishmas-mu?

Ayt Dengiz,
Dunyoda betashvish yurgan,
Inson bor ekanmi, bo'lsa gar qani?
Har kim o'zi uchun baxt qasrin qurgan,
Ko'rimsiz kulbada yashaydi asli.

Ayt Dengiz,
Sabr-la yashamoqlikka,
Ko'nika olmas-mu, bu unsiz yurak.
Yo xatoni yo'yib shoshqaloqlikka,
Hayotni yangitdan boshlamoq kerak...


:Ro'zmatova Mohinur,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi

Ogahiy nomidagi
ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#IJOD_ZAVQI

MEN O‘ZGA DUNYOMAN

Men oʻzga dunyoman, yerga begona,
Samolardan baland mening maskanim.
Koʻnglim undan baland bitta pogʻona,
Baxtlarga madhiya boʻlar aytganim.

Xazonlarni erkalayman bahor guliday,
Koʻzimga surtaman alvon barglarin.
Xazon boʻlishsa gar ularda ne ayb?
Mayli-da, iforsiz boʻlsa-da boʻlsin!

Tonggi shamollarga chiqaman peshvoz,
Yuzimga urilar umid uchquni.
Orzudan oʻzimga yasayman qanot,
Ne qilay, bu koʻngil tusaydi shuni!

Sevaman qorongʻi nursiz tunni ham,
Kundan koʻra yorugʻ koʻrinar menga.
Yulduzlarga uzoqligim qiladi alam
"Oyga eltgin",- deya aytaman yelga!

Tushlar ham oʻngimdan azizroq menga,
Unda istaklarning barisi vojib.
Imkonsiz baxtlarni menga tush bergan,
Oʻngim-chi bir zumda bo‘ladi gʻoyib!

Men oʻzga dunyoman, yerga begona...



: Hilola Jumanazarova,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi


O'quvchilarimizning eng yangi
ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda: 👇
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#IJOD_ZAVQI
#NAZM

* * * * * * *

Hech kimga o'xshagim kelmaydi,
Har doim telbadek yuraman.
Mehrdan iymanib, to'lg'onib
Ba'zida "she'r" yozib turaman.

Daliga mengzaydi hayotim,
Hayotim bir marom ketmaydi.
Men shunday yashashni xohlayman,
Hech kimga o'xshagim kelmaydi.


: Baxtiyorov Jahongir,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi


O'quvchilarimizning eng yangi
ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#IJOD_ZAVQI
#NAZM

BADIIYLIK INTIHOSI


Bir qo‘shiq yodlasam, kuylatadigan,
Ezgin ko‘ngillarga qilsam xirgoyi.
Sovisa ko'ngilning mungli ovozi,
Jim qolsa suvlarning tushovsiz loyi.

Birda aktyor bo‘lsam, kuldiradigan,
Ko‘rganlar kulgidan to‘xtay olmasin.
Baxtiyor orzular kaliti bo‘lib,
Meni ko‘rganlarda qayg‘u qolmasin.

Bir doston o‘qisam, ochilib dillar,
Ruhiyatlar oziq olsa to‘yinib.
Dunyoda "ochlik"da hech kim qolmasa,
Insonlar yursalar g‘amsiz, suyunib.

Bunday badiiyatning qudratini gar,
Ko‘tara olmasam, kechir, volidam!
Qizing-ku eng buyuk san'atkor bo‘ldi,
U butkul ajraldi halovatidan.

: Mohichehra Qadamova,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi



O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda: 👇
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi