Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.51K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from “Yosh kitobxon” INFO
#tanlov_haqida

❗️Aprelning dastlabki 10 kunligida tanlovning respublika bosqichi bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergandik
.

FINALDA G‘OLIBLARNI QANDAY SOVG‘ALAR KUTMOQDA?


Mazkur bosqichda, uchta yosh toifasida:

🥇1-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biri “Prezident sovg‘asi” yengil avtomobil
va diplom
bilan;

🥈uchta yosh toifasida 2-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biri 50 (ellik)
million so‘m pul mukofoti va diplom
bilan;

🥉uchta yosh toifasida 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biri 30 (o‘ttiz)
million so‘m pul mukofoti va diplom
bilan;

🏆Respublika bosqichining qolgan barcha ishtirokchilari 10 (o‘n) million
so‘mdan pul mukofoti va sertifikat
bilan taqdirlanadi.


TelegramInstagramFacebookYoutube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️«Bilim uchun 100 million» loyihasiga start berildi

Bugun, 1-aprel kuni «Bilim uchun 100 million» loyihasining 1-bosqichiga @bilimtestbot Telegram botida start berdik. Loyiha yuzasidan oʻtkazilgan soʻrovnomada 15 444 nafar foydalanuvchi qatnashdi.

Soʻrovnomada qatnashganlarning 33 foizi (5 068 nafar) olimpiadada ishtirok etib, testlarni yechishni boshlaganini bildirgan. Demak, testlarni yechib boʻlgan ishtirokchilar endi @bilimtestbot’da 11-aprel kuni boshlanadigan 2-turda qatnashadilar.

49 foiz ovoz bergan (7 553 nafar) foydalanuvchi ishtirok etayotganini, lekin hali testlarni ishlashni boshlamaganini bildirgan. Demak, roʻyxatdan oʻtib, hali test ishlamagan boʻlsangiz, bugun start berilgan 1-tur sinovida 11-aprelgacha qatnashish imkoniyati bor.

18 foiz ovoz bergan (2 823 nafar) foydalanuvchi hali roʻyxatdan oʻtmaganini bildirgan. Demak, hali roʻyxatdan oʻtmaganlar boʻlsa, istagan paytda roʻyxatdan oʻtib, olimpiadada ishtirok etishlari mumkin. Olimpiada bugun boshlandi, bugun tugab qolmaydi. Hali vaqt bor.

Eslatib oʻtamiz, olimpiadada ishtirok etish uchun @bilimtestbot Telegram botida roʻyxatdan oʻtiladi. Soʻngra “Test ishlash” tugmasi bosiladi. Test ishlashni boshlagan vaqtda 40 ta testni ishlash uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. Har bir ishtirokchi bitta turda faqat bir marta ishtirok eta oladi.

Bugun ham mazkur loyiha yuzasidan koʻproq maʼlumot olishingiz va savollaringizga javob topishingiz uchun ovozli suhbat oʻtkazaylikmi?

@alisher_sadullaev
Forwarded from Alisher Sadullaev
«Bilim uchun 100 million» loyihasi yuzasidan ovozli muloqotimiz boshlandi. Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KITOB_TAQDIMOTI
#JARAYON

"DILLARDAN-DILLARGA KO'CHGAN NURAFSHON SO'Z"LAR

🔴1-aprel sanasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining
9-"B" sinf o'quvchisi Sunnatulla Rajabovning
📗"Nurafshon so'z" nomli ilk she'rlar va g'azallardan tashkil topgan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🎉Kitob taqdimotida Maktab direktori S. Abdullayev so'zga chiqib qahramonimizini ilk debocha hisoblanmish kitob bilan samimiy qutlab o'tdi.

🔆Shundan so'ng o‘quvchilar tomonidan muallifning kitobidan joy olgan she'r va g'azallar davradagi tinglovchilarga o‘qib berishdi.

🔻Taqdimotda aziz mehmonlarimiz hisoblanmish Sunnatilloning oila a'zolari ham so'zga chiqib, ustozlarga o‘zlarining minnatdorliklarini isxor qildilar.

👍Kitobsevar va ijodni qadrlovchilar davrasida kechgan taqdimot unutlimas lahzalarga boy tarzda o‘tdi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SUBHIDAM_XUSHXABARI
#BIZ_VA_OAV

📌Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10- sinf o'quvchisi Ziyoda Saparboyevaning " YO'L TARIXI" ruknidan turkum she'rlari O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda nashr qilinadigan "SABOQ" jurnalining 2022-yil birinchi sonida bosilib chiqdi.

Marhamat, siz ham o'qing.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
Forwarded from Sharof Ubaydullayev
«Saboq»jurnali 2022-yil 1-soni (2).pdf
50.3 MB
«Saboq» jurnalining 2022-yil 1-sonida:

👉 Markaziy Osiyoning to'rt adibi;

👉 Mohiyatga bir nazar;

👉 Paxelbel "Kanon"i va pomidorli sho'rva;

👉 Bolangizning yuziga urmang;

👉 Ko'ngil bilan so'zlashish;

👉 Qamchilash uchun maxsus bolalar;

👉 Vahima ortidagi mo'jiza;

👉 «... Maromni buzib bo'lmaydi, u buzilsa, qiyomat ko'padi...»

👉 Dardga chuvalashgan orzu

👉 Xatolaring kerak ularga!

❇️Shuningdek bir qator yosh ijodkorlarning hikoya, maqola va she'rlari bilan tanishishingiz mumkin.

Jurnaldagi maqolalarni elektron ko'rinishini https://t.iss.one/Saboq_uzijodiy_uchrashuvlarr kanali sahifalari orqali ham bilib olishingiz mumkin.

❗️Ushbu pdf fayl jurnal tahririyati tomonidan taqdim etildi.

Kanalga ulanish👇
👇👇
https://t.iss.one/gazetalar_sharhi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#USTOZDAN_OCHIQ_DARS

1 - aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-sinfida adabiyot fanidan "Abdulla Oripov lirikasi" mavzusida tajribali ustoz, f.f.n Madina Matyaqubova tomonidan ochiq dars o'tkazildi. Darsda Abdulla Oripov hayoti va ijodiga oid hujjatli fil'm, "Munojot" kuyidan foydalanildi. O'quvchilarga mavzuga oid topshiriqlar berildi. Ular guruhlarda, juftlik va individual shaklda ishladilar va baholandi. Darsda o'qituvchi "Sirli maktub", " Fikrlar himoyasi", "Nazm chorrahasi", "O'yla, izla, top" Test, "Ozgina fikrlasang, o'zing bilib olasan" kabi usullaridan unumli foydalandi. O'quvchilar darsda juda faol qatnashdilar. Darsda slaydlar namoyishi asosida "Munojot" ni tinglab, "Yurtim shamoli" she'rlari tahlilga tortildi. Shoirning badiiy so'zni tanlash, so'zning ma'no qirralarini tovlantirish mahorati mohirlik bilan ochib berildi. Dars juda qiziqarli va mazmundorligi, ustozning pedagogik mahorati bilan tahlilga kirgan ustozlarda katta taassurot qoldirdi.

👇👇👇👇
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi