Ogahiy ijod maktabi
1.35K subscribers
31.8K photos
2.55K videos
313 files
8.03K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
🌷ASSALOM, NAVRO'Z

Bahor ayyomi, assalom, Navro'z,
Qalbimiz qo'ri sengadir, Navro'z!
Tinch, obod elim qarshilar dildan,
Poyi qadaming muborak, Navro'z!

Quyosh yer bag'rin uyg'otdi yana,
Bahor chechaging qarshi ol, Navro'z!
Qozonlar to'la qaynar sumalak,
Aziz taoming ulashgin, Navro'z!

Bobolar ruhin shod ayla bugun,
Yuraging mehrin taratgin, Navro'z!
Dilni dillarga etib payvasta,
Butun xalqimga kuch bergin, Navro'z!

To'y-u tantanang yoysin keng quloch,
Qalblar gʻubori butkul yoʻqolsin.
Har bir yurakda, har bir burchakda,
Bulbul kuyini, sozini chalsin!

Chamanlar ichra yashnasin diyor,
Ertang bugundan bo'lsin ulug'vor.
Ildam qadam-la kelaver, Navro'z,
Bugun har bir dil sendan umidvor!

Muhabbat Jumaniyazova, Ogahiy nomidagi ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

BARCHAMIZGA XALQIMIZNING MILLIY BAYRAMI NAVRO'ZI OLAM MUBORAK BO'LSIN, AZIZ YURTDOSHLAR, QADRLI JAMOADOSHLAR, DOʻST-U YORONLAR!!!🌷🌷🌷🌿🌱

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
​​QАDRLI Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi!

🔰O‘lkamizga kirib kelayotgan Navro‘z ayyomi munosabati bilan Siz azizlarga kelgusi ishlaringizda hamisha omad yor bo‘lishiga tilakdoshmiz! Sizlarga bugun, ertaga va kelgusida ham yaqin insonlaringizning mehr-oqibatlaridan bahramand bo‘lish baxti nasib etsin.

💐Mana, yana bir bahorga omon yetdik, xalqimiz bu dorilamon kunlarga shukrona aytib har dam duoda. Mehr-oqibat, umrboqiy qadriyatlar ayyomi bo‘lmish Navro‘zi olam eshik qoqib turgan shunday fayziyob kunda Sizlarni va yaqinlaringizni bahor bayrami bilan muborakbod etishdan behad mamnunmiz!

💐Bizni birlashtirgan ulug‘ maqsad—yurt kelajagi vorislarining taʼlim-tarbiyasi yo‘lida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, Prezidentimiz tashabbuslari bilan yaratilayotgan shart-sharoitlardan qalbimiz faxr-iftixor va ko‘klamdek yashovchan umidga to‘la!

🌷Mana shu ulug‘vor yo‘lda bizga hamroh bo‘layotgan Sizdek jonkuyar va g‘amxo‘r insonlarimizni butun jamoa, jamiyatimiz navro‘zgullari – o‘quvchilarimiz, farzandlarimiz nomidan samimiy muborakbod etamiz!

🤲Yaratgandan sog‘lik va oilaviy ro‘shnolik, mustahkam iroda va matonat, hamisha el eʼzozida bo‘lishdek yuksak rutbani tilab qolamiz.

💐Yangi bahor, Yangi kun muborak bo‘lsin!

Ne baxt, dunyolarga ko‘rk buyuk yurtim,
Taʼrifing aytmoqqa topmam loyiq so‘z.
Аrmonlari sening dardingday qadim,
Yashashni eslatding qadrdon, Navro‘z.

Bu hurlik, ozodlik muzofotida,
Yurtim shavkatinga tegmasin hech ko‘z.
Yuraklarga haqning mukofotiday
Elimdan ketmagin to abad, Navro‘z!

💐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YANGI KUN

Barg ustiga tushgan shabnam o'ynar bog'lar qo'ynida,
Sokin qo'shiqlarni kuylab, oq bulut kezib yurar.
Qizg'aldoqning iforiday uchib ketar dildan g'am,
Omonlik tilab elga momolar duo qilar.

Bizga salom berib bu dam bosh ko’targan maysalar,
Tinglar yurtga qaytayotgan turnalarning nolishin.
Ko’z olguvchi yashillikda samoga qo’l cho’zsalar,
Quyosh zarrin nurga bezar apiqlarning bolishin.

Bu kunlarga kimlar yetdi, kimlar esa yetmadi,
Bahor bilan ko’ngillarga to’laverar baxt so’zi.
Ota-ona duosidan kamol topib shod-xurram,
Toleyimiz osmonida porlar yoshlik yulduzi.

Yana ko’klam,yangi kunda unuting ginalarni,
Doshqozonda sumalakdek sof bo'lsin niyatlar ham.
Ko’kda uchgan varrak gashti quvsin dildan g’amlarni,
Ulashaylik mehr gulin do’stlarga bo'lib hamdam.

Xush kelding o’lkamga Bahor!Yurtimga berding chiroy,
O'n oltinchi marta senga yuzlanyapman ushbu kun.
Yana qancha uchrashgaymiz, bilmam, ammo qalbimda
Farishtalar bir abadiy qasr qurdi sen uchun!

Gulmira Ravshanbekova, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Bayram_shukuhi

Baxtiyorova Jasmina

💎"Navro'z keldi o'lkamga"

🎙Baxtiyorova Jasmina,
Ogahiy ijod maktabi 8-"A" sinf o'quvchisi



Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ogahiy ijod maktabining 7-"A" sinf oʻquvchisi Boltayeva Sarvinozning Navroʻz bayramiga bagʻishlab tuzgan videoroligi

Assalom, Navroʻz.
Muhabbat Jumaniyazova

🎤 Sarvinoz Boltayeva

BAYRAMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN, AZIZ YURTDOSHLAR, QADRLI USTOZLAR!!!🌷🌷🌷




Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌷21-mart - O'zbekiston Qahramoni, Oʻzbekuston xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud topgan kun!

🔹OZBEKNING ABDULLASI

Surxon o'lkasiga qardosh azaldan,
Tog'lari osmonga tutash vohada.
Bir shoir qo'liga oldi qalamni,
Bayoti taraldi butun olamda.

Tiz cho'kdi poyiga dunyo so'zlari,
Yurtini madh etib baxshidan ko'proq.
Qanotga qo'ndirib go'zal baytlarin,
Ularning she'rlari "uchdi ko'p yiroq".

Yurmadilar sira "behishtni izlab",
Vatan tuprog'ini surtdi yuziga.
Ezgu amallarning sarboni bo'ldi,
Har ishdan bir saboq olib o'ziga.

Ko'zlarida chaqnab o'tli uchqunlar,
Yurakni qizdirdi she'riy o'q ila.
Xalqqa yor bo'ldilar chinakam dilkash,
G'uborsiz bu qalbda ezgulik to'la.

Adolat, haqlikning kuychisi bo'ldi,
Uchmadi osmonning zar tillosiga.
Dunyoda shoir ko'p, lek teng kelolmas,
O'zbekning soddadil Abdullosiga.


Ogahiy ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi Matqurbonova Nargiza


Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌷21-mart - Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud topgan kun!

🔹Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi Ogahiy ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludi kuni munosabati bilan "Jannatga yo'l" dramatik dostonining 3-ko'rinishidan tayyorlangan sahna ko'rinishi.(2021-yil)


Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌷21-mart - Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tugʻilgan sana.

🔹Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi Ogahiy ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludi kuni munosabati bilan "Hangoma" she'ri asosida tayyorlangan sahna koʻrinishi.(2021-yil)


Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi