#BAYRAM_SHUKUHI
ONA MONOLOGI.
Buyuklarning nigohi,
Titratgan togʻ toshini.
Ular yolgʻiz Onaga,
Egar ekan boshini.
Gʻanim uzgan kamon oʻq,
Boʻlmas oʻlim shamoli.
Ona qilgan duosi,
Boʻlar hayot tumori.
Moʻrt boʻlsa gar qaysi qalb,
Dardga toʻla kemtikdir.
Onasi bor har mardning,
Qaddi raso tetikdir.
Ona hayot mayoqi...
Tonglar unda uygʻonar.
Qizgʻaldoqlar gul ochgan,
Togʻlar unda uygʻonar.
Ona moʻjiza, xilqat,
Jam qilgan bor iffatni.
Ikki olam to abad...
Makon qilgan Jannatni.
Bahorda bergan ifor,
Qishda gullar unmaydi.
Ona mehri to tirik,
Ona mehri oʻlmaydi.
Bilsin keyingi avlod,
Olsin shunday saboqni,
Fanga kiritmoq kerak,
Ona degan kitobni...
®Xorun Muso - shoir, Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagog-tarbiyachisi
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
Ustozlarning eng yangi ijodiy namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
ONA MONOLOGI.
Buyuklarning nigohi,
Titratgan togʻ toshini.
Ular yolgʻiz Onaga,
Egar ekan boshini.
Gʻanim uzgan kamon oʻq,
Boʻlmas oʻlim shamoli.
Ona qilgan duosi,
Boʻlar hayot tumori.
Moʻrt boʻlsa gar qaysi qalb,
Dardga toʻla kemtikdir.
Onasi bor har mardning,
Qaddi raso tetikdir.
Ona hayot mayoqi...
Tonglar unda uygʻonar.
Qizgʻaldoqlar gul ochgan,
Togʻlar unda uygʻonar.
Ona moʻjiza, xilqat,
Jam qilgan bor iffatni.
Ikki olam to abad...
Makon qilgan Jannatni.
Bahorda bergan ifor,
Qishda gullar unmaydi.
Ona mehri to tirik,
Ona mehri oʻlmaydi.
Bilsin keyingi avlod,
Olsin shunday saboqni,
Fanga kiritmoq kerak,
Ona degan kitobni...
®Xorun Muso - shoir, Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagog-tarbiyachisi
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
Ustozlarning eng yangi ijodiy namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#BAYRAM_SHUKUHI
TABRIK
Ey, sokin tun, tingla qalbim imdodin,
Qara qalamimla yolg‘izman yana.
Bu kun dardim emas, quvonchim sochay,
Zuhro ham sevinchdan porlaydi ana.
Munis ayollar-chun bitaman ash‘or,
O‘tli qalamimga siyoh bo‘lgin tun.
Deraza ortidan mo‘ralagan oy
Menga qog‘oz bo‘lar sen bilan uyg‘un.
Go‘zallikda tanho atalmish oy ham
Ayol nafosati oldida ojiz.
Ayollar shundayin buyuk xilqatdir,
Ularga ehtirom, muhabbat cheksiz.
O‘zbegim ayoli tengsiz shunda ham
Ibo-hayo mudom sodiq yo‘ldoshi.
Dunyolar tan olgan, mo‘jiza bo‘lgan
O‘zbek ayollari xalqim quyoshi.
Qandoq ta‘riflashga qalamim ojiz,
Yulduzlardan ko‘pdir hurmatim sizga.
Bugun shodiyona bo‘lsin muborak
Olamning gavhari har ayol qizga!
23:47 7.03.22.
✍: Boynazarova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#BAYRAM_SHUKUHI
TABRIK
Ey, sokin tun, tingla qalbim imdodin,
Qara qalamimla yolg‘izman yana.
Bu kun dardim emas, quvonchim sochay,
Zuhro ham sevinchdan porlaydi ana.
Munis ayollar-chun bitaman ash‘or,
O‘tli qalamimga siyoh bo‘lgin tun.
Deraza ortidan mo‘ralagan oy
Menga qog‘oz bo‘lar sen bilan uyg‘un.
Go‘zallikda tanho atalmish oy ham
Ayol nafosati oldida ojiz.
Ayollar shundayin buyuk xilqatdir,
Ularga ehtirom, muhabbat cheksiz.
O‘zbegim ayoli tengsiz shunda ham
Ibo-hayo mudom sodiq yo‘ldoshi.
Dunyolar tan olgan, mo‘jiza bo‘lgan
O‘zbek ayollari xalqim quyoshi.
Qandoq ta‘riflashga qalamim ojiz,
Yulduzlardan ko‘pdir hurmatim sizga.
Bugun shodiyona bo‘lsin muborak
Olamning gavhari har ayol qizga!
23:47 7.03.22.
✍: Boynazarova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Audio
#BIZNING_IJOD
#8_MART_BAYRAMIGA_TABRIK
✍ Bahodir Otayev
💎 " Qirolichasi "
🎙 Bahodir Otayev,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi elektromontyor ustasi
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#8_MART_BAYRAMIGA_TABRIK
✍ Bahodir Otayev
💎 " Qirolichasi "
🎙 Bahodir Otayev,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi elektromontyor ustasi
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_MART_XALQARO_XOTIN_QIZLAR_KUNI
✅ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi 7-"A" sinf o‘quvchisi Rahmanova Zahro tomonidan ijod maktabimiz ayol pedagoglari va o'quvchi qizlariga atab tayyorlagan bayram videoroligi.
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
✅ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi 7-"A" sinf o‘quvchisi Rahmanova Zahro tomonidan ijod maktabimiz ayol pedagoglari va o'quvchi qizlariga atab tayyorlagan bayram videoroligi.
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#BAYRAM_SHUKUHI
8-MART
Bahorda ochilgan nafis gul misol,
Ko'nglingiz doimo bo‘lsin beg'ubor.
Mehringiz borliqqa aylangan timsol,
8-mart bayram muborak bo'lsin!
Oftobdek chehrangiz yayrasin, kulsin,
Tabassum hamisha hamroh, yor bo'lsin.
Bog'ingiz turfa xil gullarga to'lsin,
8-mart bayram muborak bo'lsin!
Eng nekbin tilaklar bo'lsin armug'on,
Siz hammadan shodon, baxtli begumon.
Qutlayman men sizni bo‘lib shodumon,
8-mart bayram muborak bo'lsin!
✍:Rahmanova Zahro
Ogahiy ijod maktabining 7-"A" sinf o'quvchisi
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijodiy namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#BAYRAM_SHUKUHI
8-MART
Bahorda ochilgan nafis gul misol,
Ko'nglingiz doimo bo‘lsin beg'ubor.
Mehringiz borliqqa aylangan timsol,
8-mart bayram muborak bo'lsin!
Oftobdek chehrangiz yayrasin, kulsin,
Tabassum hamisha hamroh, yor bo'lsin.
Bog'ingiz turfa xil gullarga to'lsin,
8-mart bayram muborak bo'lsin!
Eng nekbin tilaklar bo'lsin armug'on,
Siz hammadan shodon, baxtli begumon.
Qutlayman men sizni bo‘lib shodumon,
8-mart bayram muborak bo'lsin!
✍:Rahmanova Zahro
Ogahiy ijod maktabining 7-"A" sinf o'quvchisi
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijodiy namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#BAYRAM_SHUKUHI
🌷O'ZBEK AYOLI
Ko'z tegmasin, gard yuqmasin origa,
Oy botinmas boqishga ruxsoriga.
"Shukur" deya ko'nib yashar boriga,
Basti uzra muqim qirqta kokila,
O'zbekning ayoli mudom oqila.
So'zlagan so'zlari shirin, muloyim,
Chehrasidan nur yog'ar kulsa doim.
Joning nisor etgulik o'zbekoyim.
Mehri go'yo oqib turgan shalola,
O'zbekning ayoli chunon oqila.
Tun-u kunduz lol qolar chiroyiga,
Qora qoshin kamoniga, yoyiga,
Hatto osmon alishtirar oyiga,
Uying yashnab turar uning bori-la,
O'zbekning ayoli shunday oqila.
✍ Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi Matqurbonova Nargiza
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#BAYRAM_SHUKUHI
🌷O'ZBEK AYOLI
Ko'z tegmasin, gard yuqmasin origa,
Oy botinmas boqishga ruxsoriga.
"Shukur" deya ko'nib yashar boriga,
Basti uzra muqim qirqta kokila,
O'zbekning ayoli mudom oqila.
So'zlagan so'zlari shirin, muloyim,
Chehrasidan nur yog'ar kulsa doim.
Joning nisor etgulik o'zbekoyim.
Mehri go'yo oqib turgan shalola,
O'zbekning ayoli chunon oqila.
Tun-u kunduz lol qolar chiroyiga,
Qora qoshin kamoniga, yoyiga,
Hatto osmon alishtirar oyiga,
Uying yashnab turar uning bori-la,
O'zbekning ayoli shunday oqila.
✍ Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi Matqurbonova Nargiza
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#BUGUN_ONAJONLAR_BAYRAMI
***
Hammada ham ona bor, ammo
Hamma bilmas qadrini uning.
Bilib qo'ygin shafqatsiz samo,
Uni olar kutmagan kuning.
Shundan keyin qolib noiloj,
Qabriga ko'p tutasan gullar.
Ammo endi ular foydasiz—
Onangni shod qilmaydi ular.
Undan ko'ra tirik paytida
Gilam bo'lgin, yurgan yo'liga.
Qabriga gul qo'ygandan ko'ra,
O'sha gulni bergil qo'liga.
✍ Sunnatulla Jaloliy,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o'quvchisi
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
***
Hammada ham ona bor, ammo
Hamma bilmas qadrini uning.
Bilib qo'ygin shafqatsiz samo,
Uni olar kutmagan kuning.
Shundan keyin qolib noiloj,
Qabriga ko'p tutasan gullar.
Ammo endi ular foydasiz—
Onangni shod qilmaydi ular.
Undan ko'ra tirik paytida
Gilam bo'lgin, yurgan yo'liga.
Qabriga gul qo'ygandan ko'ra,
O'sha gulni bergil qo'liga.
✍ Sunnatulla Jaloliy,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o'quvchisi
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi