#IJODIY_UCHRASHUV
Joriy yilning 30-noyabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabiga bir guruh ustoz jurnalistlar tashrif buyurdilar. O'zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Xorazm viloyati bo'limi va "Xiva tongi" gazetasi muharriri Sherjon aka Masharipov tashabbusi bilan otaxon jurnalist, shoir, 1968-94 yillarda “Xiva tongi” gazetasi boʻlimi mudiri vazifasida ishlagan, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi aʼzosi Hayitboy aka Salayevning hayotiga bag'ishlangan "Yonimizdagi tirik qahramonlar" mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda qahramonimiz Hayitboy aka o‘zining kechirgan umr yo'li, jurnalistik faoliyati davomidagi esda qolarli voqealar, kasb mashaqqatlar haqida, 86 yoshga kirgan bo'lsalarda bugungi tetiklik, jo'shqinlik sabablari haqida o‘quvchilarimizga so'zlab, yangi ijod namunalaridan o'qib berdi. Uchrashuv yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga munosib javoblarni olishdi. Uchrashuv Xorazm televideniyesi tomonidan tasvirga olindi.
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi