Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida " Ajdodlarimiz jasorati - mangu barhayot " mavzusida 9- may - Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan G'alabaning 75 yilligiga bag'ishlab ijodiy ishlar tanloviga

#Hikoya_yònalishi
#Hikoya
*****
O'tmagan bahona
Qo'ng'iroq chalindi. - Ona tili darsidan besh baho oldim. Endi navbat geografiyaga, uf-f-f, dedi Anvar. Deyarli sinfning barcha o'quvchilari shu fanni uncha yoqtirishmaydi, albatta geografiyani sevuvchi Dostondan boshqa. Ko'zlariga ikki keladigan ko'zoynagini taqib, qo'llarida sinf jurnali hamda ikki-uch kitobni ko'tarib geografiyachi Erkin ustoz sinfga kirib keldi. Anvarning uyga vazifa tayyorlamagani ko'zlaridan ham bilinib turar edi. Oyoq-qo'li esa hamon qaltirar, boshi esa stol tagiga kiray deydi. Erkin ustoz kim uyga vazifa tayyorlaganini so'radi. Sinf esa jim-jit. Hayriyat, geografiyani sevuvchi Doston yana sinfdoshlarini qutqardi, ayniqsa Anvarni. Chunki u jurnalda uchinchi turadi. Doston birinchi bo'lib uyga vazifani topshirgani va besh bahoga munosib javob berganligi uchun ustozi unga a'lo baho qo'ydi. Ko'z ochib yumguncha navbat Anvarga keldi. U qanday bahona izlash bilan band. Ustozi Anvarni bir necha marotaba chaqirdi, lekin u eshitmadi, aniqrog'i o'zini eshitmaganga soldi. So'ng ustozi uning yoniga kelib: -Tuzukmisan Anvar?-degandan so'ng : -Voy qornim, voy. Hozir meni qornim tars yoriladi, voy-voy-ey-y - deb bahonani ham qoyillatdi. Sinfdoshlari yugurib kelgandan so'ng bahonani o'xshatish uchun ko'zlarini chirt yumib oldi. Birozdan so'ng ko'zini ochib qarasa, maktab tibbiyot xonasida hamshira unga ukol qilmoqchi bo'lib turgan ekan. Buni ko'rib qo'rqib ketgan Anvar: -Yo'q-yo'q. Men yaxshiman. Qornimni og'rig'i ham yo'qoldi - deb qochib chiqib ketdi. "Ustoz sinfdan allaqachon chiqib ketdi, hozir boshqa dars boshlangandir"- deb o'ylab sinf eshigini tutqichidan tutib , xursand holda ocharkan Erkin ustoz va sinf o'quvchilari unga qarashdi. Birov ikki olib yig'layotgan, boshqalar esa besh olib shod bo'lib o'tirgan edi. Anvar: "Ustoz hammadan so'radi , hozir ketmoqchi bo'lib turibdi, shekilli" -deb o'ylab, partasiga o'tirdi va hamma kitob daftarini yigi'ishtirayotgan payt, ustozi: -Anvar yaxshimisan ?- deb so'radi. U esa ustoz menga achinib, uyga vazifamni so'ramaydi deb:
- Ha, ustoz yaxshiman - deb javob berdi, ko'tarinki kayfiyatda. Ustozi esa: -Ha, unda yaxshi. Qo'ng'iroq chalinishiga o'n daqiqa qoldi. Demak, sendan so'rashga ulguramiz .
Qani , doskaga chiq - dedi...

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Ravshanbekova Gulmira.
***** #Hikoya
Kitob qadri

Bahorning ilk kunlarida dugonalarim bilan togʻ bagʻriga sayohatga chiqdik. Togʻdagi lolalarni aytmaysizmi?! Juda goʻzal manzara edi oʻziyam. Lola terdik, guldasta va gulchambar yasadik. Umida lolalardan rosa chiroyli gulchambar yasadi. Men bilan Sarvinoz ham undan qolishmasdik. Musobaqalar oʻtkazdik. Nilufar, men va yana boshqa shinfdoshlarim ham she'r yozishdi. Soʻng ketadigan boʻldik. Men gulchambarimni yoʻqotib qoʻyib, dugonalarimga ortlaridan tez yetib borishimni aytdim. Keyin gulchambarim topildi. Lekin men dugonalarimdan ancha orqada qolganman, shekilli, ularni topolmadim. Kechagina bir sarguzasht romanni oʻqib tugatgandim. Romandagi voqealar esimga tushib asta qoʻlimni peshonamga soyabon qilib, yoʻl qidira boshladim. Axiyri yoʻlni topdim. Oldimdan hasharotlar ham chiqdi. Oldiniga bu hasharotlarni zaharli deb oʻyladim. Lekin men oʻqigan kitobda bunday hasharotlarning ziyoni yoʻqligi yozilgandi. Dugonalarim mendan xavotir olib meni yoʻlimni poylab turishgan ekan. Shunda men bildimki, qiyin vaziyatga tushib qolsangiz kitob yoningizda boʻlmasada, undagi voqealarni yodga solib bu qiyin vaziyatdan chiqib ketish oson ekan. Koʻp kitob oʻqiganning foydasi albatta tegadi. Agar men ana shunday ertaklarni oʻqimaganimda, balki, yoʻlni toʻpolmasmidim. Shunday ekan, kitobning bir xil janri bilan toʻxtab qolmang. Bugun qissa oʻqisangiz, ertaga roman oʻqing. Zero, kitob bebaho ne&mat, chinakam dilkash do'stdir.
O'qiganim bor, Abdurahmon Jomiy hazratlari shunday yozganlar:
Kitobdan yaxshiroq do'st yo'q jahonda,
G'amxo‘ring bo'lg‘ay u g‘amli zamonda.
U bilan qol tanho hech bo'lmas ozor,
Joningga yuz rohat beradi takror.
Shunday hayollar bilan chalg‘ib, dugonalarim oldiga qanday borganimni ham bilmay qolibman. Dugonalarimga shular haqida aytib berdim. Ular ham kitob o'qishga shu bugundan kirishishlarini aytdilar.

Ogahiy ijod maktabining 6-sinf o'quvchisi Karimova Sarvara
#Hikoya

KITOBGA MEHR

Ismim Foziljon. Ertaga tug'ilgan kunim. Nima sovg'a berishar ekan deb qiziqyapman...
Ertalab uyg'onsam, stol usti bezalgan, sal chetida katta bir quti-ochsam, men yaxshi ko'rgan adib - O'tkir Hoshimovning bir necha asarlari. Eng ustida ,, Dunyoning ishlari". O'zimda yoq xursandman. Darrov oyim yoniga borib, ''rahmat" aytdim. Oyijonim o'zlarining iliq tilaklarini bildirdilar. Xonamga kirib, kitoblarni varaqlay boshladim. Kitob o'qish eng yaxshi ko'rgan mashg'ulotim. O'sha kuni tug'ilgan kunimni nishonladik. Ertasiga dadamni ishlari chiqib, meni maktabga mashinasida tashlab qo'yolmadilar. Maktab uzoq, avtobusda borishga qaror qildim. Bekatda turganimda avtobus kelib to'xtadi. Chiqsam, bir necha sinfdoshlarim: Mehriddin, Shamsiddin va Fazliddin. Uchalasini qo'lida ham telefon. Men sekin sumkamdam tug'ilgan kunimdagi kitoblardan birini olib o'qiyotgan edim, Shamsiddin gap boshladi:
-''Iya, bizni bilimdonimizku. Qo'lidagi kitobmi? Nahotki, shuni bilmasang, transport vositalarida kitob o'qisang, ko'zing o'ynoqi bo'lib qoladiku, yana davolay olmay o'tirma", dedi qo'lidagi telefonida o'yin o'ynayotib. Birdan boshqa bolalar kulib yubordi, boshlarini telefondan ko'tarmay. O'zi Shamsiddin juda dimog'i baland bola. O'zini osmonda sezadi.
'' Bilsang, bu kitobni menga dadajonim sovg'a qilganlar. Avvalo, meni qayg'urayotganing uchun rahmat, lekin o'zingni qayg'ursang bo'lardi. Senga juda rahmim kelyapti.
Biz kitob o'qib ko'zimiz o'ynoqi bo'ladi-yu, senga telefon o'ynab hech nima bo'lmaydimi? Men mana shu kitob orqali bilim olyapman, oqni qoradan ajratadigan bo'ldim. Hozir sizlarga qo'shilib o'yin o'ynashim ham mumkinku! Lekin bundan nima naf? To'g'ri, telefondan to'g'ri foydalanilsa yaxshi tomonlari ham bor, lekin buyog'i sendakalarga qorong'u",- dedimda tushib ketdim.
Shu kundan boshlab, Shamsiddinning o'qishlari yaxshi tomonga o'zgardi, u kitobga mehr qo'ydi. Biz yaqin do'st bo'ldik. (O'sha kuni men dadamdan maktabga o'zlari tashlamaganlari uchun xafa bo'lgandim. Hamma narsaning yaxshi tomoni, kitobning hikmati bor ekan! Endi tushundim.) Men ikki narsadan xursandman.......

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Baxtiyorova Dilmira