#1_iyun
#Shèriyat_yònalishi
#Ishtirokchi_3
✍Ravshanbekova Gulmira
🏢Ogahiy ijod maktabi 9-sinf oʻquvchisi
BOLALIGIM
Kapalakning chiroyiga maftun bo’lib yurganlarim,
Uni tutib olish uchun yugurganim -yelganlarim.
Kapalakning shirin jonin goh azobga qo’yganlarim,
Senga to’yib olay shoshma, hayot nuri-bolaligim!
Qo’g’irchog’im sochin tarab, pardoz-andoz qilganlarim,
Goh devorga qalam tutib musavvirlik qilganlarim.
Goh yashirib, goh yashirmay muzqaymoqqa to’yganlarim,
Senga to’yib olay shoshma, dengiz duri- bolaligim!
Majnuntolning kokilidan, qirq o’rimlar o’rganlarim,
Oyoq yalang yer qo’ynida taftin sezib yurganlarim.
Ko’zga uyqu ilinmasdan multfilmlar ko’rganlarim,
Senga to’yib olay shoshma, baxt sururi- bolaligim!
Daraxtlarga ozor berib, barglarini uzganlarim,
Barglaridan kema yasab orzularda suzganlarim,
Loydan turli ovqat qilib, qayta - qayta buzganlarim,
Senga to’yib olay shoshma, qalbim qo’ri- bolaligim.
Opamga goh hasad qilib ko’zmunchog’in uzar edim,
Ramazonda qo’shiq aytib xo’rozqandlar yig’ar edim,
Ahvoli voy, qorboboning saqolini yular edim,
Senga to’yib olay shoshma dil shuuri- bolaligim!
Qo’limdan tut bolaligim, sayr etamiz bog’-rog’lami,
Qirmiz lola, atirgullar teray sen -la etak -etak.
Ayt, sen uchun nima qilay? Bir umrga qol yonimda,
Qolsang, buvim so’zlab berar bizga yana yangi ertak.
Bizning kanal:Https://t.iss.one/serqirra_yoshlar_kanali