Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.57K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Беш_ташаббус_амалда
#Ўзаро_ҳамкорлик

Огаҳий номидаги ижод мактабининг янги ташкил қилинган "Беш ташаббус" хонасида бугун январь ойининг 27 санасида дарс жараёнларидан сўнг Хива шаҳар маданият бўлими билан ҳамкорликда ташкил қилинган "Рақс" тўгарагининг навбатдаги машғулоти бўлиб ўтди. Айтиш жоизки, тўгарак раҳбари Гулой Абдуллаева ўқувчиларимизга миллий рақсларнинг ўзига хос жиҳатларини маҳорат билан ўргатмоқда. Ўқувчи қизларимиз хушкайфият билан рақс сир-асрорларини ўзлаштириб олмоқдалар.
(Қуйидаги видеолавҳани томоша қилинг)

Дарвоқе, Огаҳий ижод мактабида ташкил қилинган "Беш ташаббус" хонасида яратилган шароит ва имкониятлар, мавжуд жиҳоз ва воситалар, унда ўтказиладиган касбга тайёрлаш тўгараклари тўғрисида яқин кунларда тўлиқроқ маълумот берамиз.

#Бизни_кузатишда_давом_этинг
#Огаҳий_ижод_мактаби
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus_amalda

Prezidentimizning 5ta muhim tashabbusi beshinchi yo'nalishi doirasida qizlarni hayotga, oilaga tayyorlash, kechki payt ularning bo'sh vaqtlarini unumli va mazmunli o'tkazish maqsadida tarbiyachi Zaripova Chinnigul tomonidan "Tikuvchilik" to'garagi tashkil qilingan bo'lib, quyida siz bugun "Quromish tikish" mavzusida bo'lgan Ogahiy ijod maktabi 6-sinf o'quvchilari bilan o'tkazilgan to'garak jarayoni lavhalarini tomosha qilishingiz mumkin.

#Ogahiy_ijod_maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹KIMYO-MO'JIZALAR MAYDONI

Kimyo fani fanlar ichra,
Mo'jizaviy bir maydondir.
Uning sirin anglaganga,
Yumush, ish ancha osondir.


Mendeleyev jadvalidan,
O'rin olgan elementlar.
G'aroyibdir bir-biridan,
Moddalar-u reagentlar.


Farovon, to'kis hayotni,
Yaratish uchun dunyoda.
O'qing, uqing siz qunt bilan
Kelajak bordir kimyoda!


Ogahiy ijod maktabining 8-sinf oʻquvchisi Yoʻldosheva Ruxshona.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
***
Yur, yoshligim, toqqa chiqamiz,
Men sen uchun teraman lola,
Vaqtni esa ortga buramiz,
Bo'lib qolay qaytadan bola.

She'r dardini birga tuyamiz,
Sen-la ayro bo'lib netamiz,
Dala-dashtda rosa kezamiz,
Kel yoshligim, zavqqa to'lamiz.

Sensiz qalblar bo'shab qoladi,
"Ketma" deya, ko'z yoshlarim sel,
Sensiz shoir she'ri so'ladi,
Bir lahzangga umrim beray, kel.


Ogahiy ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Nilufar Ravshanbekova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi davrning o'z qahramonlari bo'lishi kerak. Yangi iqtidorlar, yangicha yutuqlar, yangicha ta'lim kerak!

Iqtidorli yoshlarni aniqlash, o'qitish va tarbiyalash, har bir sohada professional bo'lishlari uchun ta'limning yangi fanlararo yondashuvini joriy qilish Prezident, ijod va iqtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va uning tasarrufidagi maktablarning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Agentlik qoshidagi maktab o'quvchilarining zamonaviy ta'lim shakllari va chuqurlashtirilgan tizim orqali ilm-fan, san'at va boshqa sohalarga qiziqishlari ortib bormoqda hamda ular qisqa vaqt ichida ko'plab yutuqlarga erishib kelmoqdalar!
______
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining buyrug‘i asosida agenlik tasarrufidagi ijod maktablari o'quvchilarining 2020-2021 o'quv yilining 1-yarim yilligi yakunlari bo‘yicha ona tili va adabiyot, ingliz tili, tarix fanlari bo‘yicha ta’lim sifati monitoringi o'tkazildi.
Shu maqsadda kecha, 28-yanvar kuni Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabiga agentlik mutaxassislari Erkabayev Xusniddin va Sobirjonov Oybeklar tashrif buyurdilar va monitoring jarayonini xolisona, shaffoflikni ta'minlagan holda va o'z vaqtida o'tkazilishiga erishildi.

#Ogahiy_ijod_maktabi