Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.8K photos
2.46K videos
311 files
7.65K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Yangi_yilda_yangi_ijod
#tanlovga

1-Ishtirokchi
Na
zm

***
Aslida, yurakning har amri inʼom,
Goʻzal bir yaratiq urgan har kuni.
Men esa his qilib ulgʻayganim rost,
Kitoblar ichida qolgan kulguni.

Har gal qulogʻimga shivirlab ketar,
Yozgi kechalarning mezon yellari.
Ishqiy ertaklarni eslatib turar,
Muhabbat shahrining jasmin gullari.

Tafakkur qatiga yashiringan ishq –
Sehrli tushlardan yaralgan roʻyo.
Koʻngilda istalgan tasodiflarga
Bir chetda hayratda qoladi dunyo.

Aslida, yurakning har amri inʼom...

: Nigina Rustamboyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-A sinf o'quvchisi
#Yangi_yilda_yangi_ijod
#tanlovga

2-Ishtirokchi
Nasr


Soʻnggi xat
(Hikoya)

Tun yarmidan oshgan. Oyning yuzini qop-qora bulutlar berkitib olgan. Hamma yer qorongʻu.Hech bir uyda yoniq chiroq koʻzga chalinmaydi. Atrof jimjit, ahyon ahyonda nimalarnidir shitir-shitiri eshitiladi, xolos. Butun olamni zulmat egallab olgandek, goʻyo. Oy ham qancha urunmasin bu zulmat ortidan chiqa olmayotgandek, aksincha, qora bulutlar uni yerdagi insonlarga ko'rsatishni xohlamayotgandek. Faqat bitta sochlari jingalak, koʻzlari tun qorongʻusidek, oʻzi esa sut kabi oppoq hali oʻn sakkizga kirmagan Zulayho ismli qizgina derazaga termulgancha yosh toʻla koʻzlarini osmondan uzolmay oʻtirardi. Qizning xayollari chalkashgan. Uning ichida qandaydir olov yonayotgandek tuyulardi. Buni Zulayhoning koʻzlaridan payqash mumkin edi.
- Ey hayot, sinovlaring buncha koʻp boʻlmasa. Nahot menga atalgan bir parchagina baxt boʻlmasa? Shu yoshligimning gullagan chogʻini alam, dard, figʻon bilan oʻtkazayotirman. Balki yetar, sinovlaringdan sabrim kosasi toʻlmoqda yetar endi. Ehh, tavba insonning koʻz yoshi ham shu qadar issiq boʻladimi?
Bu savollar Zulayhoning ich-etini kemirar, unga uyqu bermas edi. Balki bu issiq koʻzyoshlar uning ichida yonayotgan olovning kullaridir. Zulayho qoʻliga oppoq qogʻoz,qalam oldi va yoza boshladi. Odatda, u nimadandir siqilsa yoki quvonsa shunday qilar edi. "Inson dunyoga sinov uchun kelishiga yana bir bor ishonch hosil qildim. Har bir insonning oʻz hayot hikoyasi bor. Bu hikoyani yozish esa insonning oʻz qoʻlida ekan. Hayot hikoyamizda yaxshi-yomon insonlarni uchratamiz. Mening hikoyamning bosh qahramonlari faqatgina yomon insonlar boʻldi. Yuzlariga farishtaning niqobini taqib olgan ikkiyuzlamachilar. Xuddi men kabi odamlar nima desa ishonib ketaveradigan, sodda insonlar esa butun umri davomida kimningdir yoki kimlarningdir yolgʻonlariga ishonib yashar ekan. Balki bu ham yaratgan tomonidan yaxshi insonlar uchun berilgan bir sinovdir. Aslida sodda, qalbi oddiy narsalardan ham goʻzallik qidiradigan insonlarning qalblarini mehr nimaligini bilmaydigan odamlar chilparchin qiladi. Yoshligimni juda sogʻindim. Oʻsha begʻubor onlarimni ota-onamning bagʻriga talpinadigan, oʻyinchoqlarim koʻp boʻlgan, osmonlarcha orzularim boʻlgan bolaligimni sogʻindim". Zulayho bir muddat  yozishdan toʻxtadi va chuqur oyga choʻmdi. Bu gaplarni yozishiga sababchi boʻlgan insonlarni birma-bir esladi. Zulayhoning bu alamli soʻzlarni yozishiga bir kimsa sabab boʻlgamdi. Bu kimsa Zulayhoning ishonchiga kirib olib hayotini batamom barbod qilib yuborgan edi. Zulayho chindan ham oʻzining ishonuvchanligi tufayli koʻp marota pand yegan. Ammo uning bir odati bor edi. Insonlar unga chidab boʻlmas darajadagi yomonliklarni qilsa ham hammani kechirib yuborardi. Biroq "Sabrning ham kosasi bor", -  deb bejiz aytishmagan ekan. Bu kimsa tomonidan qilingan yovuzlikni u kechira olmadi.
Oradan yarim soatcha oʻtgandan soʻng u qogʻozni gʻijimlagancha uxlab qoldi... Afsuski, ertasi kuni Zulayho koʻzlarini ochmadi.

✍️: Odilbekova Marjona,
Ogahiy ijod maktabi 9- "B" sinf o'quvchisi
#Yangi_yilda_yangi_ijod
#tanlovga

2-Ishtirokchi
Na
zm

HAYOT FORMULASI

Mening hamrohimdir ushbu qoida,
Musbat itarishar, manfiy tortishar.
Sen va mening oram shunchalar uzoq,
Balki koʻrishmasmiz boʻlib parallel.

Siniq shishani eslatar qaddim,
Yuragim xuddi bir teshik aylana.
Sen deb yegandekman hayotdan pandim,
Oʻzingni qavsga olmasdan qara.

Sevgiga tushuntir yovuz ayniyat,
Oʻq radiusga toʻgʻri kelmadi faqat.
Men undan voz kechdim
butkul, toabad,
Eh, meni kechirgin, sirli muhabbat!

Menda boʻlgan edi teoremalar,
Menda boʻlgan edi sevgimga isbot.
Qani endi ishonsa go'zal,
U deb oʻtgan umrim qilardim hisob.

Bildim: taqdirimga bitgan yolgʻizlik,
Bildim: sen va menga bitgan tengsizlik.

Jonibekova Ruxsora, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-A sinf o'quvchisi
#Yangi_yilda_yangi_ijod
#tanlovga

3-Ishtirokchi
Nasr



BEKAT QORAVULI
(hikoya)

… Osmonning bag’ri qon. U moviy ko’ylagini alishtirmoqda edi. Bekatda bir chiroq yoniq. Odatda, chiroqlar  farishtalar  bor joyda bo’lardi.Sakkizinchi intizorlik bilan kimnidir  kutardi. Shu payt uzoqdan shu’la  ko’rina boshladi. Sakkizinchi buni  hayotiga nur , iliqlik olib keladigan “quyosh” deb o’yladi.  U yaqinlashgani sayin  quyosh emas, oddiy chiroq ekanligi oydinlashdi. U o’n yettinchi ekan.
- Sakkizinchi ?! Ajablanarli holat emas . Shu o’z ishingni tashlab  tashlab , qorovulchilikka  o’tasanmi deyman yaqinda.
- Rosa charchagandirsan. Uyingga borib dam olaqol.
- E , qayoqda. Men charchabmanmi?! Sen yo’qlikni kutib charchagan bo’lma yana. Sen o’z sohibingni o’ylayasanmi hech? Uning xalovati senga muhimmasmi?
Sakkizinchi sukut bilan javob qildi.
O’n yettinchi gapirish  befoydaligini anglagach  yo’lida davom etdi.
Shaharni tun o’z ko’rpasiga o’ragandi. Bekatdagi chiroq o’chdi.

A’zam har doimgiday  dard ko’rpasiga o’ranib olgandi. Kitob o’qib , kipriklari yana diydor ko’rishganini sezmay qoldi. Onasi  har doimgiday yotishdan oldin o’g’lidan xabar olgani  xonasiga mo’ralagandi.  O’g’lini  uyqu og’ushiga olganini ko’rib, tunggi chiroqni  o’chirib  xonani tark etdi…

Batafsil:
Bekat qorovuli – Telegraph
https://telegra.ph/Bekat-qorovuli-01-30

✍️:Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi 11-"A" sinf o‘quvchisi
#Yangi_yilda_yangi_ijod
#tanlovga

3-Ishtirokchi
Nazm


YETMADI …

Dengiz dardlarimni
olib ket uzoq,
Yomg'ir yaralarga
ta'sir etmadi.
Hamma yomonlarga
kuchim yetdi-yu,
Ammo bittasiga
kuchim yetmadi.
Qara azoblarning
oxiri tuzoq,
Alamlar dilimdan
o'chib ketmadi.
Sevganim olisda
manzillar uzoq,
Bitta yomoningga
kuchim yetmadi.
Hijron kuylarini
qalbimga joylab,
Dilim yaralari
hamon bitmadi.
Vadalar berasan
ayt necha oylab,
Faqat sengagina
kuchim yetmadi.
O'yladim, izladim
choralar bunda,
Ammo olislarga
qo'lim yetmadi.
Seni sog'inaman
har kuni tunda,
Bugun o'z-o'zimga
Kuchim yetmadi.

✍️Farangiz Qurbonova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi 11-"A" sinf o‘quvchisi
#Yangi_yilda_yangi_ijod
#tanlovga

4-Ishtirokchi
Nazm


***
(Biologik she'r)

Kasalmand yurakka dorisan o'zing,
Qon bosimim oshirgan oppoq "impuls"lar.
Yugurdak qalbimda dormondir so'zing
Va bizni birlashtirar daydi qadamlar.

"Appendiks" bo'lgan bu telba hislar,
"Davleniya" yurakdan o'tinchi katta.
Gar o'ta olmasam imtihoningdan,
"Fagot", "pinot" bo'laman shartta.

Oh, meni azoblar oqsil tarkibi,
Seni ko'rib "Bazedov" bo'lsam arziydi.
Sevgirang quyoshing so'ngani kabi,
Meni ham so'ndirma, men osmon qizi.

O'qiyverib "artereoskleroz" bo'lgan bu qalbim,
Nefrit tugunlari xayolim olar,
O'qigan mavzularim "skleroz" kabi,
Murg'ak yuragimga g'avg'olar solar.

:Olimboyeva Nasiba,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi 9-"A" sinf o'quvchisi
#Yangi_yilda_yangi_ijod
#tanlovga

5-Ishtirokchi
Nazm


Oftobjon

Tongda turib qarasam,
Derazadan nur yog'di.
Jilolanib, tovlanib,
Oftobjon kulib boqdi.

Tush payti yaqinlashib,
Harorati oshadi.
Dehqon bobo dam ol deb,
Dala tomon shoshadi.

Kun botgach asta-sekin,
Uyi tomon ketadi,
Hordiq olmoqlik uchun,
Tog' ortiga o'tadi.

Rustamova Asaloy,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-B sinf o'quvchisi
#Yangi_yilda_yangi_ijod
#tanlovga

4-Ishtirokchi
Nasr


Quruq tuhmat
(Hikoya)

Abbos Aliyev “Tong” gazetasida bosh muharrir bo’lib ishlardi. Uning chop etgan gazetalari-yu kitoblari juda katta e’tibor tutardi. Uni ish boshqaruvchisi Asror Ibodullayev bir kuni xonasiga chaqirdi. Uning yozgan asarlarini hukumat qoralab uning bo’yniga og’ir ayblarni qo’yishgan edi. Ibodullayev dedi:
- Sizni Xiva shahar boshqarmasidan Kenjayev so’rab keldi.
- Men nima ayb qilibmanki meni so’rab kelishdi, men faqat insonlarning manfaati uchun bularni yozdim, aybim nima mening?
Shu gapdan so’ng Kenjayev kirib keldi. Kenjayev 25-30 yosh oralig’ida uzun bo’yli, yuzlari silliq, ozg’in va ovozi yo’g’on edi. Kenjayev dedi:
- Siz men bilan shahar bosh boshqarmasiga borishingiz kerak. Ular bir soat o’tar o’tmay boshqarmaga yetib borishdi. Uni kech tushgungacha so’roq qilishdi. Aliyev dedi:
- Menga bir kun ruxsat berishigizni so’rayman, o’rtoq boshliq.
- Kenjayev muloyimlik bilan sizga bir kecha-yu bir kunduz ruxsat beraman, faqat bitta shart bilan siz askarlarning nazoratida bo’lasiz.
- Aliyev, xo’p …
Kun yorishdi. Quyosh ufqdan osmonga xuddi bir cho’g’dek ko’tarildi.
Aliyev o’g’li Boburni olib daraxt ekishga, futbol o’yiniga va buvisinikiga olib bordi.
Aliyevning ko’zi so’ngan hattoki bir og’iz o’g’liga gap aytishga tili ojizlik qildi.
- Dada, nega meni buvimnikiga olib keldingiz dedi? - Aliyev javob bera olmadi, tepada aytib o’tganimdek u bir og’iz so’z so’zlay olmadi va Boburni Oysha buvinikiga tashlab ketdi.
Bir ozdan so’ng Kenjayev bilan ikkita leytinant Abdullayev va Baxtiyorovalar kirib keldi.
Uni qo’llarini qayirib qo’liga kishan taqishdi va qamoqqa olib borishdi. Ertaga Aliyevning sudi bo’lishini aytishdi.
Tong yorishdi soat 9 lar atrofida edi, bosh sudya Amonbayev Yo’ldosh kirib keldi. Barcha o’rnidan turib sudga hurmat qilgan holda salom berishdi va o’tirishdi. Aliyevni bo’yniga qoralovchi juda-juda ko’p ayblar qo’yishdi, ammo Aliyev o’ziga ishongan holda hech bir aybni o’z bo’yniga olmadi.
Sud o’rnidan turdi va gap boshladi Aliyev hech bir ayblarni o’z bo’yniga olmagan holda mardonovor kurashgani uchun uning sudini 1 oyga cho’zamiz va uy qamoqiga tiqamiz, dedi. Kenjayev, Abdullayev va Baxtiyorovalarga sud sizlar 1 oy davomida Aliyevga qo’ygan ayblarimgizni isbot va dalilar keltirasizlar dedi:
Ular “Xo’p bo’ladi, bosh sudya”, deyishdi.
1 oy o’tdi ikkinchi sud jarayoni boshlandi. Kenjayev va uning leytenantlari hech bir ma’lumot topa olmadilar uning yozgan asarlarini qoralashgan edi, ammo ular 1 oy ichida Abbosning barcha gazetalarini kitoblarini yoqib yuborishgan edi. Aliyev oqlandi. Kenjayev Abdullayev va Baxtiyorovalarga sudni aldagani uchun 1 yil, yo’q joydan Aliyevni ayblashgani uchun 2 yil sudni cho’zgani dalilar keltira olmagani va kitoblarda gazetalarda buzuqlik bor deb quruq tuhmat qilishganlari uchun yana 4 yil qamoq jazosi ularga tayinlandi. Aliyev qamoqdan ozod qilinib o’z ishini “Tong” gazetasida yana bosh muharrir bolib yana tayinlandi. Qamoqdan chiqqanidan so’ng birinchi bo’lib Oysha buvinikiga o’g’li Boburning yoniga ketdi. Bobur o’zida yo’q quvonch bilan dadasini kutib oldi. Aliyevning ko’zida ham yosh Boburning ko’zi ham ko’zi yoshga to’la edi.bobur aliyeevni mahkam quchoqlab oldi va uyiga ketishdi. Ularning oilasi yana o’z obro’yini tikladi. Oradan 12 yil o’tdi. Bobur maktabni bitirdi va o’z otasining ishini muharrirchilikni davom ettirib otasini bag’oyatda shod etdi.


Ollayorov Abdullajon,
Ogahiy ijod maktabi 7- "B" sinf o'quvchisi
#Yangi_yilda_yangi_ijod
#tanlovga

6-Ishtirokchi
Nazm


G'alayon

Yana uyg'onadi qalbda g'alayon,
Borliqqa o't qo'yib, yoqib ayovsiz.
Hislarim qocharlar har tomon giryon,
Qo'lga tushganlari osilgan dorsiz.

Har tarafdan kelar o'qlar, nayzalar,
Rahm-shafqat kutmay borayapman jim.
Qaniydi ular tez jimsa, tinsalar,
Qaniydi o'lmasa yurakda hech kim.

Qalbim qabrlarga to'lib toshadi,
Ba'zilari balki olmoqda nafas.
Ko'zlarimni zulmat yuki bosadi,
Yoshdan to'lib ketar bu ko'krak qafas.

Alanglab har yoqqa, izlayman najot,
Kelsa-yu qutqarsa baridan meni.
Charchadim ishoning, charchadim hayhot,
Faqat kutayapman kelishin uni.

U esa kelmoqni ko'rmas o'zga ep,
Qadam ranjidasin qizg'onarmi yo?
Men esa izlayman qaylardasan deb,
U esa na kelar, na der alvido.

Yana axtarmoqdan zerikib chunon,
O'tirib olaman haykal misoli.
Va o'zligim izlab ketarman sarson,
Hayolda go'yoki kuzak shamoli.

O'yim-fikrlarim ketar qalashib,
Ko'nglimda urushlar bo'larmi tamom?
Balki olarman ham qalbla yarashib,
So'ngra janglar tugar, balki batamom.

Va yana ketaman bo'lib darbadar,
Uni topmoq uchun sargardon daydib.
Qaytmayman to uni topgunga qadar,
Topmaguncha sira kelmayman qaytib.

Yo'ldosheva Dilrabo,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-B sinf o'quvchisi
#Yangi_yilda_yangi_ijod
#tanlovga

7-Ishtirokchi
Nazm


#φυσικός
           v
           a
           y
           s
           a
        l     r
         ma (n)

              

Yoʻq .
Hali Idishlar bor yuvilmagan
Toʻqilmagan sharf
Latta suvga chimgan,
pichoq oʻrnida sanchishni istagan perom
sihoy sachratgan qoʻlimga
yuvindiga qorishib sihoy oqadi
quvurlardan (tomirimga singishiga ancha bor)
Xira,lekin koʻzimdan tiniq oynaklar
doimiy javrashlariga qoʻshilib
oyogʻimga botadi va.. mum
tishlayman poldagi gilamdan oynaga qarab.
televizor oʻzindan bilib pasayadi
(yoki men shunday tuyuladi )
ular sasidan.
koʻnalkamga yuk boʻlgan jasad– menlik
oyogʻidan oldin qoʻli qotadi
gar pechkaga yopishtirsa ham
qorsiz oq qoʻlqop -da daqiqalarlik
Tutun qamab olar egiz oʻpkasin
soʻng "xush kelibsiz"-deyishib
kirgizar va yoʻl koʻrgazar ...lar
jinnixona ... oʻz xonasiga.
ming olti yuz yil yigirganlari
pastdamas , shift tomon sollanar sekin...
Nihoyat qaytadi boshpanasiga

Sabrina Omonboyeva,
Ogahiy ijod maktabi 10-"A" sinf o‘quvchisi
#Yangi_yilda_yangi_ijod
#tanlovga

8-Ishtirokchi
Nazm


A Quiet Happiness


My smile has gone, but I'm just fine,
Once an extrovert, full of shine.
As a kid, I laughed and played all day,
Now I find peace in my own way.

In silence, I’ve learned to see,
That being alone can set me free.
Though laughter fades, it's okay,
In the quiet, I find my way.

I used to dance in crowds so bright,
Now I walk alone, but that feels right.
My smile may be small, but joy stays near,
In this calm world, I hold it dear.


Ro'zmatova Mohinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-B sinf o'quvchisi
#Yangi_yilda_yangi_ijod
#tanlovga

5-Ishtirokchi
Nasr



Doʻst
(Hikoya)

Mana maktabni bitirganimizga ham xudo xohlasa 5 yil boʻlibdi. Bu vaqt oraligʻida men Sardorni ham Fozilni ham koʻrmadim . Oʻqish va oila tashvishlari bilan boʻlib sinfdoshlardan uzoqlashib ketibman . Buni faqat hozir qadrdon koʻchamizdan o'tar ekanman har bir qadamda bolalik xotiralari kino kabi koʻz oldimdan birma-bir oʻtyapti. Xuddi bolalikdagi kabi oyoq yalang yugurishni , anhorlarda choʻmilishni juda xohlab ketyapman . " Mana , Sardorning uyiga ham yaqinlashib qoldim " , - deb tomogʻim toʻlib ketib yugurib darvoza oldiga keldim . Bolalikdagi kabi baqirib hushtak chalib chaqirgim keldi . Lekin , afsus ulgʻaydik . Darvoza oldida kirolmay turibman . Ichkaridan chiqayotgan shovqin ovozlari meni toʻxtatdi. Ayol kishining ovozi edi bu . Orasida Sardorning ovozi ham chiqardi . Bularni eshitib , doʻstim xijolat boʻlmasin deb yana yoʻlimda davom etdim . Mahallamizni oralab ketar ekanman, faqat Sardorni o'ylab ketardim.

Batafsil:
https://telegra.ph/Do%CA%BBst-01-31

Yaqubova Sayyora,
Ogahiy ijod maktabi 8-"A" sinfi o'quvchisi
#Yangi_yilda_yangi_ijod
#tanlovga

6-Ishtirokchi
Nasr


Rassom
(Hikoya)


Bugun ishdan juda charchab chiqdim , sohil bo'yiga borishni juda xohlayotgandim charchagan bo'lsam ham sekin sohilga yo'l oldim. Bahor fasli ammo quyosh kulish o'rniga nuqul yuziga qora parda tutganicha, vaqti vaqti bilan yig'lab turardi. Meni negadir shu kun moviy dengiz o'ziga chorlayotganday tuyulardi. Sohil bo'yidagi o'rindiqda bir yoshi 35 larda sochlari o'sib oldiga tartibsiz tushib turishi o'ziga juda yarashgandi. Uni jim chetdan kuzatib turardim u rassom shekilli qo'lidagi palitrada ranglarni bir-biriga aralashtirganicha chizgan rasmini bo'yardi. Chizgan rasmini ko'rib juda hayron bo'ldim, u shunday tasvirlangandi. Rasmda bir qiz yig'lardi, u yig'layverib ko'zyoshlari daryo bo'lgan edi, daryoning narigi tomonida bir qora rang bilan tasvirlangan inson turardi. Rasmga yaqinroq borib aniq ma'nosini tushunish uchun yaqinlashgandim, kimdir menga zarb bilan urilib ketdi, qo'limdagi issiq qahvani suratga turtilib, surat ustiga to'kib yubordim, bo'yoqlar hali qurimagani uchun ranglar tezda bir-biriga aralashib ketdi. Rasm juda yaroqsiz ahvolga kelib qolgandi. Men rassom yigitga qarab:
- Uzr, men bilmadim, ming bor uzr so'rayman.
- Jim, - dedi-yu rasmni dengizga g'ijimlab uloqtirdi va hamma narsalarini yig'ishtirib ketayotganida.
- To'xtang, aytyapman-ku men ataylab qilmadim turtilib ketdim...

Batafsil:
https://telegra.ph/Rassom-01-31

Sapayazova Asaloy,
Ogahiy ijod maktabi 7-"A" sinf o'quvchisi