#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga
7-ISHTIROKCHI
NAZM
KUZ, SEN NEDURSAN?
Kuz,
sen nedursan?
Bir ajib malak,
Bag'ringa hasratlar
ko'mib qo'yasan.
Seni unutolmay
ko'z yoshim halak,
Hazonlaring bilan
bag'rim o'yasan.
Kuz,
sen nedursan?
Sirli bir jumboq,
Kelasan sezdirmay
ohista, asta.
Qara, sen oshiqning
ahvoliga boq,
Seni kuzatolmay
dillari hasta.
Kuz,
sen nedursan?
Saxiylik bog'i,
Berasan boringni
ayamay netmay.
Sen mening hasta bir
yuragim dog'i,
Kel endi yomg'irni
sarsona etmay.
Kuz,
sen nedursan?
Ayriliq fasli,
Balki muhabbatga
to'la olamsan.
Bilmasman ajib bir
tuyg'usan asli,
Balki, aytilmagan
qalbdagi nolam.
Kuz,
sen nedursan?
Bir ajib malak...
✍️Farangiz Qurbonova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram

8-ISHTIROKCHI
NASR
So‘nggi kuz
(Hikoya)
Nazarimda, bu yil kuz juda erta keldi. Dengiz tubiga tosh qanchalik tez cho‘ksa, vaqt ham xuddi shunday tezlikda, balki, undanda tezroq cho‘kib ketadi. Shunday ekan, qaysi daqiqa, qaysi soat, qaysi kun, qaysi fasl biz uchun oxirgisi bo‘lishini bilmaymiz. Shuning uchun har bir onimizni qadriga yetishimiz zarur. Inson umri xuddi kuz xazonlaridek chiroyli, lekin tez to‘kiladi, jonsarak. Qizilrang barglar ko‘rkam daraxtlardan uzilib tusharkan xuddi o‘sha soniyada, balki, dunyoning qaysidir burchagida bir insonning joni uzilar. Mana, yana bitta chiroyli bo‘lib sarg‘aygan yaproq uzilib, asta yerga uchib tushdi. Ma'suma yerdagi xazonlarni tomosha qilib o‘tirarkan, ularning barchasi bir-xil emasligiga e'tibor qaratdi. "Xuddi insonlardek", – asta pichirladi. Bittasi juda yaxshi qurigan, boshqasi hali qurishgayam ulgurmagan, yozning yashilligi hamon bargni qo‘yib yuborgisi kelmayotgandek. Uning nazarida, daraxtlar, barglar pichirlashyotganday tuyilardi. Bitta chiroyli qizilrang yaproq boshqasiga o‘z umri davomida boshqa barglar soyasida bo‘lgani sabab shamolga uzoqroq dosh berolgani haqida faxr bilan maqtansa, boshqasi hali juda erta uzildim, deya dardini dasturxon qilardi. Ma'sumaning qo‘liga chiroyli, qizilrang yaproq sokinlik va xotirjamlik bilan uchib tushdi. Ma'suma bargga tikilib turarkan, ukasi Murodjonning dardli nolasi uning hayollarini haydadi.
– Opa, buvim vafot etdi... – yiglardi u.
Ma'suma esa hamon hozirgina qo‘liga uzilib tushgan chiroyli bargga qarab turardi. Bu barg boshqalaridan farqli edi, hayotida ko‘p qiyinchiliklar ko‘rgan bo‘lsa ham yuzlarida tabassum aks etardi. Ma'suma yana eshtilar eshitilmas pichirladi:
"Yaproq uzildi, buvim vafot etdi..."
Uning marjondek bir tomchi ko‘zyoshi ohista yuzini silab, ungayam toqat qilmasdan yerga yugurgilab ketdi. Bu yil kuz juda erta keldi, juda erta!..
✍: Matyoqubova Xolida, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi

Kuz ilhomlari
Qarang kuzning jamolin,
Ko'rib ko'zingiz quvnar.
Egnida zarrin ko'ylak,
Oltin rangda tovlanar.
Dala-dashtda qizg'in ish,
Kech yotib erta turish.
Dehqon boboda tashvish,
Qish kelmay hosil yig'ish.
Birdan soviydi havo,
Xazonrezgi boshlanar.
Qorni kutyapman ammo,
Kuz deb dilim g'ashlanar.
✍: Rustamova Asaloy, Ogahiy nomidagi ijod maktabining
7-"B" sinf o'quvchisi

9-ISHTIROKCHI
NASR
Kutilmagan hadya
(Hikoya)
Yana oʻsha kuz fasliga yuzlandim. Bugundan kuz faslini Shohida oʻzi uchun hamma narsaning tugashi yoki boshlanishi deb hisoblay boshlagan edi. Tillarang yaproqlar - oradagi sevgini yuzaga chiqaruvchi vositalar. Ishq, rashk, ibo-hayo, muhabbat. Yoki aksincha bu yaproqlar oradagi ishq rishtalarining uzilishi. Nafrat, alam, qalb ogʻrigʻi, koʻngil sovishi kabi. Sovuq shamol-oradagi ishonch. Oshiq qadamini qay tomonga bosishni xohlasa, shamol uni oʻsha tomonga boshlaydi. Bu xiyonat boʻlishi ham mumkin. Oshiq qanchalik yoridan uzoqlashishni xohlasa Shamol ham shunchalik sovuqlasha boradi. Oh, bu daraxtlar, bechora daraxtlar qanchadan qancha yaproqsiz qolgan daraxtlar. Hissiz, rangsiz, sevgini tan olmay qoʻygan yuraklar bu. Yoki aksincha qanchadan qancha insonlarning dardiga malham boʻlgan yuraklardir balki. Osmon uzra tarqalgan qop-qora bulut va olmos kabi yerga tovlanib tushayotgan yomgʻir tomchilari - sevinch yoki alam koʻzyoshlari...
Qora bulut esa oradagi qahr yoki bir shodlik tufayli oʻrtadagi hamma gina-kuduratni unutib yuborish unchun bir sabab.
Shohida ta'sirchan, insonlarga tez oʻrganib qoluvchi, ishonuvchan bir qiz. U deraza tirqishlaridan olmos kabi tirqirab oqib tushayotgan yomgʻir tomchilarini kuzatar ekan, xayollari parishon bir holatda xotiralarni biroz esga oldi. Tashqaridan esa koʻzlari tun qorongʻusi kabi qop-qora, kipriklari uzun, lablari qip-qizil, jingalak sochlari bosh kiyimidan chiqib yotgan, olovrang plash va qora soyabonini qoʻlida ushlab, eshikni g‘ichirlatgancha ochib kimdir kirib keldi va mayin ohangda:
- Shohida, - dedi. Bu qiz Shohidaning yaqin dugonasi Shabnam edi. Biroq ayni damda Shohidaning xayollari chalkashgan. Shuning uchun u xayol bilan boʻlib kelgan odamni payqamadi. Shabnam juda kamgap, uni bir qarashdayoq tushunib boʻlmaydigandek, ammo oʻz dunyosiga ega qiz edi. Shabnam uning yoniga sekin yaqinlashdi, ammo deraza oldida oʻyga choʻmgancha oʻtirgan Shohida yana uni payqamadi. Shabnam uning yelkasiga yomgʻirda hoʻl boʻlgan qoʻllarini qoʻydi va:
- Shohida, - dedi. Shohida choʻchib ketdi va uning oʻylari bir zumda atrofga tarqaldi, biroq Shohida dugonasiga e'tibor bermasdan yana deraza tashqarisiga koʻz tikkancha barmogʻi bilan derazaga bir soʻz yozdi: "JIM". Endi bu gal uning koʻzlaridan marjonday koʻzyoshlar oqib tusha boshladi. Shabnam nima boʻlgani bir oz payqaganday boʻldi va uning yelkasidan qoʻlini olib, deraza oldiga stol olib kelib oʻtirdi. Shohida kuzni juda yaxshi koʻrar va kuz yomgʻiri yogʻganda uning ostida soatlab sayr qilardi. Goh oʻsha xazon boʻlgan yaproqlarni terar, goh quruq qolgan daraxtlarga rahmi kelar, goh shamolga nafrat koʻzlari bilan qarab bir joyda uzoq turib qolardi. Ammo bu safar unday boʻlmadi. Yomgʻir qanchalik goʻzal boʻlib yogʻmasin, bugun unda sayr uchun xohish yoʻq edi. Buni deraza tashqarisiga qahr bilan boqayotgan koʻzlaridan payqash qiyin emas edi. Tashqaridagi shamol tillarang yaproqlarni u yoqdan bu yoqqa olib oʻtar, yaproqlar esa noiloj shamol ortidan ergashardi. Shabnam esa u bilan birga yomgʻirda sayr qilish uchun kelgandi. Shohidaning ahvoli yaxshi emasligini sezdi. Bu kuzning birinchi yomgʻiri edi. Har gal kuzda ilk bor yomgʻir yogʻganda ular shodlanar, qalbi huzurga toʻlar, yomgʻir tomchilaridan rohatlanishar edi. Xuddi kuz ularga nimadir hadya qilgandek goʻyo:
- Shohida, balki yomgʻirda biroz...
- Jim... jim... xohlamayman, - dedi Shohida.
- Shohida, oʻsha bechora daraxtlar seni qoʻmsayapti, - dedi Shabnam achinish ohangida.
- Yovuz shamolni qaragin barglarni tinch qoʻymayapti, - dedi ovozini biroz balandlatib Shabnam.
- Oh, bechora daraxtlar, bechora daraxtlar...
Shabnamning oxirgi bu gapi unga kuchliroq ta'sir qildi chogʻi u yugurib tashqariga chiqdi. Osmon ostida toʻyib-toʻyib yigʻladi. Shiddat bilan uning yuziga urilayotgan yomgʻir tomchilari goʻyo unga hamma narsaning tugashini anglatayotgandek. Uning oʻzi ham osmonga qoʻshilib toʻyib yigʻladi.

10-ISHTIROKCHI
NASR
Xazonrezgi
( Hikoya )
Kuz faslining o'rtalari.
Maktabdan kelsam uyimiz oldi to'p-to'p, sap-sariq yaproqlar uyimi to‘lib ketibdi. Oyim pishirgan ovqatni yeb, bir oz dam oldim, so'ngra hovliga chiqib atrofni kuzatdim.
Kuz faslining ikkinchi oyi. Obi havo goh iliq, goh sovuq. Birdan ko'zim shudgordagi qora, ola qarg'alar qag'-qag'lashib uchib yurganiga ko'zim tushdi. Baland ovoz bilan ukamni ko'chadan chaqirgan edim, birdan qarg'alar cho'chib, turli tarafga uchib ketishdi. Ovozimni eshitib Rustamjon ukam yugurib keldi. Ukamga oyim uy-yumushlari bilan band bo'lib charchab qolishini va biz oyimga uy-ishlarida ko'maklashishimiz, hovlimizni xazonlardan tozalab, oyimizni xursand qilishimizni tushuntirdim. Kuz xazonlarini tozalash mobaynida, ukamga oltin kuz haqida hikoya aytib berdim. Hikoyani aytib, ish tugaganini ham sezmay qolibmiz. Ichkaridan oyim chiqib goh bizga, goh hovliga qarab xursand bo'lib, mening mehribonlarim, deb bizni rosa erkalab maqtadi, ukam maqtovlardan o'zini qo'yarga joy topa olmadi. Oyim bizga qarab mehr bilan: "Qani, ichkariga choyga, mening jajji mehnatkashlarim", - deya ishi bilan ovora bo'lib ketdi. Ichkariga kirishdan oldin Rustamjon orqasiga o'grildi-yu: "Oltin kuz seni yaxshi ko'raman", - deb hayqirib xursandligicha yugurib ichkariga kirib ketdi.
✍🏻:Yaqubova Sevinchoy,
Ogahiy ijod maktabining 7-A sinf o‘quvchisi