Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jadidlar_izidan
#Respublika_tanlovi
✔️ “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichlari o‘tadigan sanalar maʼlum bo‘ldi!
🟢 Ilk marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda 364 906 nafar o‘quvchilar ishtirok etish istagini bildirdi. Sektor, tuman-shahar bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 416 nafar ishtirokchi hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
✅ 12-noyabr Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida;
✅ 14-noyabr Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabi hamda Farg‘ona viloyatidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktablarida;
✅ 16-noyabr Andijon viloyatidagi Muhammad Yusuf hamda Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablarida;
✅ 18-noyabr Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Samarqand shahridagi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy muzeyida;
✅ 19-noyabr Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabi hamda Sirdaryo viloyatidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida;
✅ 20-noyabr Buxoro viloyatidagi Fayzulla Xo‘jayev uy muzeyida;
✅ 21-noyabr kuni Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida;
✅ 22-noyabr Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazida hamda Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida;
✅ 23-noyabr Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida hududiy bosqichlar bo‘lib o‘tadi.
❗️ Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.
Batafsil ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida berib boriladi.
#Respublika_tanlovi
Batafsil ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida berib boriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga
7-ISHTIROKCHI
NAZM
KUZ, SEN NEDURSAN?
Kuz,
sen nedursan?
Bir ajib malak,
Bag'ringa hasratlar
ko'mib qo'yasan.
Seni unutolmay
ko'z yoshim halak,
Hazonlaring bilan
bag'rim o'yasan.
Kuz,
sen nedursan?
Sirli bir jumboq,
Kelasan sezdirmay
ohista, asta.
Qara, sen oshiqning
ahvoliga boq,
Seni kuzatolmay
dillari hasta.
Kuz,
sen nedursan?
Saxiylik bog'i,
Berasan boringni
ayamay netmay.
Sen mening hasta bir
yuragim dog'i,
Kel endi yomg'irni
sarsona etmay.
Kuz,
sen nedursan?
Ayriliq fasli,
Balki muhabbatga
to'la olamsan.
Bilmasman ajib bir
tuyg'usan asli,
Balki, aytilmagan
qalbdagi nolam.
Kuz,
sen nedursan?
Bir ajib malak...
✍️Farangiz Qurbonova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram

Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#ishchi_guruh
#Qashqadaryo
AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida boʻlib turibdi.
Bugun Agentlikning Qashqadaryo viloyayida joylashgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari kuzatildi.
O‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda Agentlik direktori yoshlarning orzu va maqsadlari, taʼlim maskanidagi oʻquv jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqib, kuchli bilim olish, zamonaviy fanlarni puxta egallash doim yuqori samara berishini taʼkidladi.
Shundan soʻng, Qarshi shahridagi Prezident maktabida Agentlikning viloyatdagi taʼlim maskanlari direktorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha mas'ullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.
Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube