#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga
1-ISHTIROKCHI
NASR
Kuzning sehrli nafasi
(hikoya)
Kuz qishloqqa asta-sekinlik bilan kirib keldi. Dastlab, tog‘larning cho‘qqilarida turgan qalin, yashil daraxtlar oltin tusga kira boshladi. Yomg‘irdan keyin paydo bo‘lgan yangi, toza havo shabadasi xuddi yangi qog‘ozni ochgandek his qildirardi.
Quyoshning iliq nurlari, endi so‘nggi kuchini ishlatgandek, osmonning kamalak ranglariga sochilib, qishloqning tor ko‘chalarini yoritar, shafaq esa tongning xushbo‘y nafasini eslatardi.
Bolalar bog‘da chopqillab, havoda uchayotgan barglar bilan o‘ynar, ularni ushlashga harakat qilar edi. Ulardan biri, kichkina Zafar, katta chinor daraxtining ostida bir oltin rangdagi yaproqni ushlab oldi va uni yuqoriga ko‘tarib, o‘zicha quvongancha, "Mana, kuzning xazinasi!" – deb qichqirdi. Uning kulgusi atrofga taraldi va daraxtlarning shoxlari orasidan o‘tib, uzoqlarga ketdi.
Yomg‘ir tomchilari yerga sekin tushgan paytda, qishloqdagi har bir uyda choy qaynay boshlardi. Oshxonadan kelayotgan issiq, xushbo‘y choy hidi va nonushta uchun tayyorlanayotgan yangi nonning isi kuzning salqinligi bilan uyg‘unlashib, xonalarni iliqlik bilan to‘ldirardi.
Kuzning har bir kuni yangi bir xotirani yaratardi – yog‘ayotgan yomg‘ir, sarg‘aygan barglar va shabada olib kelgan yangi boshlanish umidlari bilan. Tabiat esa o‘z sokin ohangida, go‘yo barcha sirlarini aytmoqchi bo‘lganday tovlanardi, faqat quloq solishni bilganlar uchun...
✍: Rustamova Sabrina,
Ogahiy ijod maktabining 10-B sinf oʻquvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram

#ota_onalar_yigʻilishi
#1_chorak_yakuni
📍Joriy yilning 7-noyabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida 7-sinf o‘quvchilarning ota-onalari bilan yig'ilish bo‘lib o‘tdi.
🔶 Yig'ilishda maktab direktori vvb N.Abdullayev 1-choraklik sarhisobi, erishilgan yutuqlar haqida ma'lumot berdi va 2-choraklik rejalari o'rtoqlashildi. Chorak yakuni bo‘yicha olingan ChSB imtihon natijalari tahlili bo‘lib o‘tdi.
➡️ Shundan so‘ng o‘quvchilarning tarbiyaviy-axloqiy jihatlari bo‘yicha maktabning MMIBDO' B.Sadullayev so'zga chiqib, bevosita tarbiyaning ham muhimligiga oid tahliliy misollarga to'xtalib o‘tdi.
🔻Yig'ilish davomida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.