Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.53K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣📣📣📣📣

❗️O‘Z SOHASIDA YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN PEDAGOG KADRLAR DIQQATIGA!

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 5–15-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Hurmatli rahbar va pedagog kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂Talab etiladigan hujjatlar:
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
• bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
• malaka toifa sertifikati;
• til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikati.

Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoada ishlay olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
xorijiy tillarni bilgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

👨‍🏫 Talabgor o‘qituvchilar eng kamida 2-malaka toifasiga ega bo‘lishlari shart, til bilish va mutaxassislik fani bo‘yicha sertifikat tanlovda ustuvorlik beradi.

📆Hujjatlarni 5–15-avgust (shu kuni ham) kunlari job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#21_oktabr
#tanlov

📍21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Jumaniyozova Shohista tomonidan "Ona tilim-mening faxrim" nomli insholar tanlovi o‘tkazildi.

O‘quvchilar bizning aloqa vositamizga aylangan til haqida o‘zlarining fikrlarini ijodiy bayon qildilar.

Ushbu tanlov yakuniga ko‘ra:
🥇-o'rin 8-A sinf o‘quvchisi Otamurotova Feruza,
🥈-o'rin: 8-A sinf o‘quvchisi Yaqubova Sayyora,
🥉-o'rin 7-A sinf o‘quvchisi Sultonova Muxlisalar g‘oliblar qatorida e'tirof etildi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

🍁 Kuz bu eng erka fasllardan biri hisoblanadi. Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan o‘quvchilar ta'til paytini mazmunli o‘tkazish maqsadida iste'dodli ijodkorlar uchun "Kuz ilhomlari" nomli tanlov e'lon qiladi.

📝 Ijodiy ishlar quyidagi talablarga mos kelishi lozim:

1- NAZM(she’riyat):


 ✍️ - Qalamkash o‘z ijodida kuz madhi, tabiat tasviri, mavzuga doir ijod namuna tayyorlashi lozim;
✍️ - Mualliflik 📝 sheʼridan faqat bittasini jo'natishi;
✍️ - Ishtirokchidan 4 qatordan 36 qatorgacha boʻlgan sheʼr taqdim etilishi mumkin.
✍️ - Yozgan sheʼringizni yozma yoki elektron shaklda
@XorunMuso telegram manziliga taqdim etishingiz lozim.
❗️Ijodiy ishlar imloviy xatolarsiz, she'riy qonun-qoidalarga amal qilingan va plagiat (ko‘chirilgan) bo‘lmasligi kerak!


2-NASR (hikoya)

 Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan ishtirokchilar o‘z ijodiy ishida kuz tasvirini o‘zida mujassamlashtirgan ijodiy ishini tayyorlashi lozim;
Tanlangan biror qahramonning o‘y-kechinmalari aks ettirilishi lozim.
Ushbu yo'nalishda qatnashish istagidagi ijodkor ishtirokchilarimiz
ijodiy ishlarini elektron tarzda
@Yuldashev_Jumanazar telegram manziliga jo'natishlari so'raladi.
❗️Hikoyani baholashda ijodiy ishning syujetga boyligi, orginalligi, mavzuni to‘g‘ri yorita olganligi, so‘z qo‘llash mahorati alohida e'tiborga olinadi.

Tanlovga ijodiy ishlar joriy yilning 13-noyabr sanasigacha qabul qilinadi.
Tanlovda faqat Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ishtirok qilishi mumkin.

➡️ Tanlovda eng munosib deb topilgan ijodiy ishlar, hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, g‘oliblar:
1. Eng yaxshi she’r (1,2,3-o’rin)
2. Eng yaxshi hikoya (1,2,3-o‘rin)
kabi yo’nalishlarda aniqlanadi. Gʼoliblar taqdirlash marosimida e'lon qilinadi va maxsus sovg'alar topshiriladi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1_dekabr
#Tanlov_jarayoni

🧬 1-dekabr ─ OITSga qarshi kurash kuni!


📍 Ogahiy nomidagi ijod maktabida 1-dekabr - “Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan rasm va insholar tanlovi o‘tkazildi.

📝 Ushbu tanlovda o‘quvchilarga belgilangan vaqt mobaynida mavzu bo‘yicha ijodiy ishlarini taqdim qildilar.

➡️ Tanlovni tarbiyachi-pedagog Madina Saparboyeva va "Tasviriy san'at" to‘garak rahbari Ro‘zmetova Shahlolar nazorat qilib bordilar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉Facebook|
👉YouTube| 👉Instagram‌‌