Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.6K photos
2.45K videos
311 files
7.62K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Oʻquvchi_almashish_dasturi

🤩Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida o'zaro sog'lom raqobatni shakllantirish, o'quvchilarning ijodiy va ilmiy faoliyatini yanada takomillashtirish, hududlardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy an'analar, etnografik va folklor namunalari bilan yaqindan tanishish maqsadida “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yilgan.

Shu munosabat bilan Halima Xudoyberdiyeva hamda Ogahiy nomidagi ijod maktablarining 8-9-sinflaridan jami 20 nafar o'quvchi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga yetib kelishdi va jarayonlarda faol ishtirok etishmoqda.

🗣Bundan tashqari, yuqoridagi maktablardan tashrif buyurgan 2 nafar pedagog xodim jadval bo'yicha dars mashg'ulotlari olib bormoqdalar.

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Oʻquvchi_almashish_dasturi

🤩Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida bir-birlari bilan yaqindan tanishish va bilim, tajriba
almashish maqsadida “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yilgan.

Shu munosabat bilan 14-may kuni Ogahiy va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 20 nafar o'quvchilari Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga yetib kelishdi hamda o'quv jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.

🗣Dars jarayonlaridan so‘ng, o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida ijod maktabi psixologi Mahmudjon Akbarov moslashuv trening mashg'ulotini o‘tkazdi.

💬Mashg'ulotda nazariy ma’lumotlar amaliy mashqlar orqali mustahkamlandi, o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.


🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#ziyorat
#sayohat

🤩Ijod maktabi o'quvchilarini viloyatimizning ajdodlar tarixi, madaniy merosi va muzeylari bilan tanishtirish maqsadida ziyoratgoh majmualariga sayohatlar tashkil etilmoqda...

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 9-“A” sinf o‘quvchilari, Ogahiy va Halima Xudoybediyeva nomidagi ijod maktablari o‘quvchilari mashg‘ulotlardan soʻng Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati davlat oʻlkashunoslik muzeyiga va Erkin Vohidov memorial muzeyiga sayohat qilishdi.

🗣Muzeylar tariximizni oʻrganishga, kechagi va bugungi hayotni taqqoslab, jamiyatimiz taraqqiyoti haqida toʻgʻri xulosa chiqarishga xizmat qiladi.

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#Ogahiy_ijod_maktabi

🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o'rtasida yo'lga qo'yilgan “O'quvchi almashish dasturi doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida bir hafta davomida bo'lgan Marg'ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi va Namangan viloyati To'raqo'rg'on shahridagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'qituvchi va o'quvchilari bugun, 19-may kuni ijod maktabimiz mas'ullari tomonidan munosib kuzatib qo'yildi.

💫 Ular xorazmcha mehmondo'stlik uchun minnatdorchilik bildirdilar va bir olam taassurotlar bilan qaytayotganliklarini izhor etdilar.

➡️ "Dastur" sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, o'quvchilarni sifatli ta’lim olishlariga keng imkoniyatlar yaratish, hududlardagi tarixiy yodgorliklar bilan yaqindan tanishtirish, ijod maktablarining ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishga xizmat qildi. 

🔹 Ustozlar va o'quvchilarga oq yo‘l tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#muzey_boʻylab_sayohat

🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida oʻquvchilarning bilim hamda tajriba oʻrganish maqsadida “O'quvchi almashish dasturiyoʻlga qoʻyilgan.

♻️Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng Erkin Vohidov hamda Ogahiy nomidagi ijod maktablarining o‘quvchilari uchun Hamid Olimjon va Zufiya muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Sayohat chog'ida o‘quvchilar Hamid Olimjon va Zulfiyaning hayoti va ijodiga oid bo‘lgan ko‘rgazmalar bilan tanishib, ularning boy ma'naviy hayoti, tarixiy ahamiyatini aks ettirgan rasmlardan bahramand bo'ldilar.