Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.51K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
ANONS:

So'z mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlanadi.

Xorazm televideniyasi
"ADABIY MUHIT" ko'rsatuvini ertaga,
3-fevral shanba kuni soat 18:40 (4-fevral yakshanba kuni soat 16:00 takroran)
dan boshlab tomosha qiling.

Ko'rsatuv to'laligicha Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagoglari va o'quvchilari chiqishlari asosida tayyorlangan.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Davra_suhbati
#Jarayon

"YANGI AVLOD JADIDLARI" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI


🔰Fevral oyining 2-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi"da Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy xodimi, yozuvchi, tarixshunos, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Do'stlik" ordeni sohibi, tarix fani bo'yicha falsafa doktori Umid Bekmuhammad bilan "Yangi avlod jadidlari" mavzuda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔻 Suhbatni maktab direktori Sarvar Abdullayev ochib berdi va olib bordi. Muloqot davomida Jadidchilik harakati tarixi, uning namoyandalari haqida, xususan, Xorazm jadidchiligiga hissa qo‘shgan vohadoshlarimiz hayoti va faoliyati bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

➡️ Shuningdek, uchrashuvda jadidchilik harakatida alohida o‘z tarixiga ega xorazmlik Maryam Sultonmurotova taqdiri haqidagi "Matonatli Maryam" badiiy filmining sur'atga olinish jarayonlari va yaqin orada ekran yuzini ko‘rishi bo‘yicha ham aytib o‘tildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Jarayon

📍Joriy yil 2-fevral sanasida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan "Siz huquqingizni bilasizmi? " mavzusida tarbiyaviy soat o‘tildi.

🔸 Tarbiyaviy soatda har bir O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shaxs o‘z huquqlarini bilishi bu uning uchun foydali ekanligi aytib o‘tildi. Ta'limga oid o‘quvchilarning huquqlari bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

📸 Jarayondan foto lavhalar
.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌