Ogahiy ijod maktabi
1.16K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.49K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#3_kun
#Nazm

Senga...
|
Nihoyat, quyoshning chambaragini,
Aylantirmoq boʻldi, daydi hislarim.
Qodiriy qalamin soʻndirganlarning,
Siynasini hanjar bilan oʻymoq istadim.

Quturgan itlarning hirillashlari,
Ming tuban ichida moziyga yaqin.
"Oʻtgan kun"larining siniq mash'ali,
Tubanliklar aro boqiy yashasin.

||
Qaytsin...
Qaytsin asrimizning aziz onlari,
Bong ursin odamlar, bong ursin faqat.
Vodiylarni yayov kezgan Olimjonlari,
Qizgʻaldoqqa oshiq boʻlgan sodda Muhammad.
Qaytsin, dalalarda paxta tergan chin dehqonlari.
Tugʻilsin...
Vatanni ta'riflamoq-chun,
Tillaridan ayrilgan farzand.
Dunyoga nomingni yoymoqlik uchun,
Tugʻilsin Temurdek yana bitta mard...
|||
Oʻlmasin...
Oʻzligin sevadiganlar,
Qulluq qiladiganlar,
Va...
Sevgisin rangidan ilhomlar olib,
Vatanni qalamda chizadiganlar.
Oʻlmasin.
Oʻlmasin.
Oʻlmasin...

Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#3_kun
#Rassomchilik

🌠: Kuziboyeva Shohruza,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#3_kun
#Nazm

Ogahiy ijod dargohi

Qadim Xiva muqaddas makon,
Ilm-u ziyo izlab oʻtadi har on.
Olislarga tikar shoir nigohin,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.

Qancha vaqtlar o‘tdi oqib dengizday,
Dunyo shunday kenglik, shunday cheksizday.
Barchasi mukammal xuddi tengsizday,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.

Shoir va tarjimon, tarixchi, mirob.
She'riyat valiysi so‘z sehri serob.
Muridlar uchun har bir satr oftob,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.

Mas'uliyat yuki bor har birimizda,
Ishonchni oqlashga ahd dilimizda.
Kelib ko‘ring bir bor siz elimizga,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi
.

Baxtiyorova Nargiza,
Ogahiy ijod maktabi ning 8-"B" sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#4_kun
#Nazm

Vatan


Tog‘lar peshonasidan oqar ter,
Quyosh tegrasida chiqqan on.
Insonga bag‘rin ochar yer,
Yerga ta'zimdadir dehqon.

Qaysidir insonning zaif ko‘ngliga,
Ezgulik urug‘in sochib bergan sen.
Insonning tushimas asl o‘ngida,
Baxt gulzoridan chechak tergan sen.

Ezgulik-qalblarning bayrog‘i,
Doimo mag‘rurdir bu boshlar.
O‘chmasin adolat mayog‘i,
Hur zamin farzandi biz yoshlar.

Baxtiyorova Nargiza,
Ogahiy ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#4_kun
#Rassomchilik

🌠: Kuziboyeva Shohruza,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#4_kun
#Nazm

Sallamno

Adashgan yo‘llarning poyoni o‘chgan,
Kalhatlar qoshida olis manzillar.
Huuuuuv yoqda ko‘ngilning tayog‘i singan,
Nogiron ahvolda qancha ko‘ngillar.

Isyonkor ruhlarning hayqiriqlari,
Bir kun quloqlarim kar qilmasmikan.
Turnalar tortishsa kipriklarimdan,
Sochimda arg‘imchoq uchadi Vatan.

Osmonga tutashgan chinorlar bargi,
Quyoshda qizarib qon bo‘lib ketgan.
Kun bilan osmonning bor bitta farqi,
Chunki fazo yuzi qalbga yo‘g‘rilgan.

Kõzlardagi muqiim o‘lmaydigan nur,
Qalbdagi hurlikni qilar tamanno.
Qaysidir insonning qilgan duosi:
"Adashgan yo‘llarga bo‘lsin sallamno,
Adashgan qalblarga bo‘lsin sallamno".

Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


‌‌👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#5_kun
#Rassomchilik

🌠: Kuziboyeva Shohruza,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#5_kun
#Nazm

Hayqiriq
Sen bilmaysan qalbim nelar deganin,
Tushunmaysan hatto yoshli koʻzimdan.
Qalbimni toʻldirib yigʻlasam bot-bot,
Lek...
Oʻzim toʻlgʻonaman hayqirigʻimdan.

Bilmaysan kech kuzda nechun yigʻlar koʻk,
Nechun hayhot bilan gumburlar osmon.
Mana men aytaman chunki shu onda,
Men seni uchratdim, unutding oson.

Hatto yoʻlbars mendek hayqirolmaydi,
Mening ovozim ham kuchli naʼradan.
Bu sogʻinch, bu nafrat qalbimdan oʻchmas,
Hayqirganimda ham togʻlar bagʻridan.

Ichimda yuragim yigʻlaydi xasta,
"Nechun chidayapsan, darding toʻk hayhot.
Qichqir, yigʻla, hayqir ichinga yutma,
Axir shuning bilan iborat hayot".

Yigʻlasam osmon ham qiladi nola,
Bulutlar chidolmay toʻkadi koʻzyosh.
Olis-olislardan hayqirar kimdir,
Xuddi mening kabi qilolmay bardosh.

Agar dengiz oʻngida hayqirsam e-voh,
Ular ham menga joʻr boʻlar asta.
Men qolib yonimda menga joʻr boʻlgan,
Dengiz ham dardini toʻkdi bir pasta.

Dardim toʻkolmayapman qanday azob-bu,
Yigʻlasam koʻzyoshim daryo boʻlgudek.
Shamol qoʻzgʻalsa ham yordami zarra,
Sabr qilsam agar yuz yil kutgudek.

Koʻkda chaqmoq chaqsa yigʻlaydi inson,
Dod-voylay soladi qichqirar qattiq.
Ular qoʻrqinch bilan dardini toʻksa,
Men toʻkolmayapman qilsam hayqiriq.

Hozir koʻz oʻngimda oʻtiribsan sen,
Oʻsha qalbim bilan oʻynashgan inson.
Bir kuni sen mendek koʻyga tushmasang,
Odam emasdurman kulmagin, ishon.

Ammo, shunday kunlar keladi bir kun,
Boʻgʻzimdan otilar qattiq hayqiriq.
Oʻsha tamgʻangdan ham xalos boʻlaman,
Menga oshno boʻlar butun bir borliq.

Sen bilmaysan qalbim nelar deganin,
Tushunmaysan hatto yoshli koʻzimdan.
Qalbimni toʻldirib yigʻlasam bot-bot,
Lek...
Oʻzim choʻchib ketaman hayqirigʻimdan.

Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#6_kun
#Nazm

Izlam

Haybatli yoʻllarda madori qochgan,
Moziydan bugunga kelmoq istamas.
Beoʻxshov oʻylarning sirini ochgan,
Beoʻxshov oʻylarga bitta soʻz demas.

Daydi koʻchalarda daydi yurardi,
Qalblardan qidirdi oʻzga bir uchqun.
Tunda derazadan boqib turardi,
Momomning ertagin eshitmoq uchun.

Vujudi tirnalgan, yoʻllarda sayoq,
Ohhhh,
Malham boʻlolmaydi Alisherlari.
Menku yuragimni yozaman, biroq,
Hijolat tortadi yetim sheʼrlarim.

Dod,
Ayvondagi koʻrpachalarda,
Hoʻngrab yotar edi bir odam-majnun.
Derdi:"xarob boʻldim chang koʻchalarda,
Biroq suv sepgandim,
gul ekkandim bundan yurmoqlik uchun.

Manam hayrooon boqib soʻzlardim tilsiz,
Muzlab ketti hatto bugun ich-etim.
Oʻzimdan hijolat tortardim shu chogʻ,
Chunki shu yoʻllarda oʻynagan edim.

Shunda, eshik ochib kirib keldi,
Voh,
Najot istab turdi haligi odam.
Unga boqib turdi biroooz xayrxoh,
Keyin...
Vatanga doʻppisin kiygizdi, otam.

Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#6_kun
#Rassomchilik

🌠: Kuziboyeva Shohruza,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram