Ogahiy ijod maktabi
1.1K subscribers
30K photos
2.47K videos
312 files
7.69K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Musayev blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
... Oddiy odamlarsiz buyuk shaxslar boʻlmaydi.

                 Samuray hikmati

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Tarbiyachilar_faoliyatidan

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10 - "A" va 10 - "B" sinf tarbiyachi-pedagoglari Sobirova Anaposhsha hamda Xaitboyeva Tamara tomonidan o‘quvchilar uchun "Katta hayot" loyihasi doirasida "Insoniy fazilatlar" mavzusida mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

🔅 O‘quvchilar do‘stlik, oqibat, hamjihatlik, maqsad qo‘yish va unga erishish xususidagi qiziqarli savollarga javob berishdi.


➡️ Shuningdek, ushbu mavzular yuzasidan yoshlarni qiynayotgan muammolar, ularga yechim topish to‘g‘risida o‘z fikrlarini o‘rtoqlashishdi.

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rahmat_sizga_ustozim
#Tadbir_jarayoni

"RAHMAT, SIZGA USTOZIM!" NOMLI TADBIR O‘TKAZILDI


⚡️ Xabaringiz bor, kecha 22-dekabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida 7-sinf o‘quvchilarimizning oldingi maktabida o'qitgan ustozlariga bag'ishlab tadbir tashkil etildi.

🔸Yuqorida o‘zgacha tarzda tashkil etilgan ana shu tadbir haqidagi videorolikni tomosha qilishingiz mumkin.

🎬 Ushbu videorolik «Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash» to‘garak rahbari Quriyozov Murodbek tomonidan tayyorlangan.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
Kelgusi yildan milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini koʻp ming nusxalarda chop etish va barcha kutubxonalarga yetkazib berish lozimligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, har yili eng yaxshi badiiy asarlar yaratish, tarjima qilish uchun ijodiy buyurtmalar berilib, muallif va tarjimonlarga munosib qalam haqi toʻlanadi.

Allomalarimizning yoshligi haqida kitoblar yozish, yozganda ham bolalarbop qilib yozish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Bu ishlarni ragʻbatlantirish, yangi bosqichga koʻtarish uchun kelgusi yili mamlakatimizda Xalqaro bolalar adabiyoti koʻrgazmasi tashkil etiladi

Facebook|Instagram|Twitter
Nashriyot va matbaa korxonalarining moliyaviy imkoniyatlari kengaytirilishi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi zarurligi taʼkidlandi.

Shu maqsadda ushbu korxonalar 5 yilga soliqlardan ozod qilinadi. Shuningdek, ularga imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Prezidentimiz tarjimonlikdek masʼuliyatli mehnatni munosib ragʻbatlantirish uchun ulugʻ shoir va tarjimon Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni taʼsis etishni taklif etdi.

Hududlardagi bolalar kutubxonalari bosqichma-bosqich bolajonlarimizning sevimli maskaniga aylantirilishi taʼkidlandi

Facebook|Instagram|Twitter
Forwarded from XorazmTELEKANAL (Rasulbek Masharipov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
RESPUBLIKA MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT KENGASHINING KENGAYTIRILGAN YIG'ILISHI
22.12.2023

📲@XorazmTELEKANAL✔️

Telegram kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEnP4H2TABCMSDrRMA
UY


Uy juda chiroyli edi. Darvozasi, pochta qutisi-yu, tomidagi mo‘risigacha havas qilsa arzigudek edi. Ayniqsa, ko‘rinishiga mutanosib ravishda tanlangan sarg‘ish-qizg‘ish bo‘yoq, quyoshda yaltirab turgan derazalar uy jamoliga o‘zgacha fusun berib turardi. Yo‘ldan o‘tkinchi-ketkinchilar unga o‘tli suq bilan qarab qolishardi. Bu uy qo‘rg‘onga o‘zgacha zeb berib turardi. Iliq kunlarda qushlar: kabutar-u qumrilar, qaldirg‘ochlar-u zag‘izxonlar bu uyni o‘zlariga makon qilishardi. Qushlar-u odamlarga, butun mavjudotlar uchun bu uy mehrgohga, muhabbat qo‘nalg‘asiga aylangan edi. Qandaydir noma’lum kuch tufayli ular uy tomon talpinishar, o‘z olamlaridagi g‘am-u qayg‘ularga malhamni ana shu uy timsolida ko‘rar edilar.
Uy odamlar uchun muzey ekspanati singari tomoshabop joylashgani sababli ko‘p vaqt odamlar ishga ketish va ishdan qaytish mahali yig‘ilib qolishar, bir zumda atrof izdihom bo‘lib ketardi. Uy egasi bo‘lsa tarqatib yuborish o‘rniga ularni mehr ila kuzatardi.
Ularning turfa hislarga qorishib ketgan nigohlarini ko‘rib o‘tirib, uy sohibining huzur-joni qitiqlanardi. Uy egasi bu tumonat odamni uy bolaxonasi ayvonidan kuzatardi. Ular ketib qolgach esa chuqur xo‘rsinib qo‘yardi-da uy xonalarini kezinib chiqardi. Bu eng suyimli mashg‘uloti bo‘lib, bu mashg‘ulot uning hayoti mazmuniga aylanib ulgurgan edi.
Uy xonalari
Oshxona va yotoqxonada eshik yo‘q edi. Uy sohibi bu ikki xonani hisobga olmaganda, tag‘in uchta xonani o‘z sevimli va ko‘p murojaat etadigan xonalari deb bilardi.
Birinchi xonada, xushbichim televizor bor edi, ikkinchisida turli yillarda chiqqan, sarg‘ayib ketgan kitoblar yotar, uchinchisida bo‘lsa yozish va hisob-kitob amallarini bajarish maqsadida yozuv stoli o‘rnatilgan edi. Uy egasi uch xonadan ham faol foydalanar, mehmon kelgudek bo‘lsa havasini uyg‘otish uchun mana shu uchala xonani ko‘rsatmasdan kuzatmasdi. Uchala xonaga ham qalin-qora darparda osilgani bois qorong‘ulik hukmron edi. Kirgan odam uy egasi o‘ylaganday xonalarga suqlanib qaramas, aksincha, bu yerni tezda tark etmoq maqsadida bahona o‘ylab qolardi. Uy sohibi bo‘lsa gohida bu holga tishini g‘ichirlatib yoxud xunobi oshganidan mehmonni quvib solib javob qaytarardi. Quvilgan mehmonlar esa uyga qaytib qadam bosishmasdi…
Shunday qilib odamlar uy jamoliga maftun bo‘lib, egasiga havaslanib yurishar edi.
Kunlardan bir kun uy joylashgan ko‘chadan hech kim bilmaydigan, notanish-notayin kimsa o‘tib qoldi. U odamlar orasida xuddi qora sharpa kabi paydo bo‘ldi. Uyga uzoq termulib qoldi. Atrofdagi uy ishqiboziga aylangan odamlar bu shubhali kimsaga so‘nggi hukmni o‘qib eshittirmoqchiday tikilib qolishgan edi. U nihoyatda qat’iy va baland ovozda:
– Men uy timsolida go‘zallikni ko‘rmayotirman! – dedi va indamasdan yo‘lida davom etdi.
Odamlar orasida g‘ala-g‘ovur boshlandi. Kimlardir ana shu sharpasifat odam ketidan ketdi, kimdir undan nega bunday degani sababini surishtira ketdi. Qolgan bir to‘da odam allaqanday vahima va hadik bilan chuqur o‘yga toldilar-da, bir zum sassiz, sadosiz uyning jamoliga tikilib qolishdi. Bir oz fursat o‘tgach, ular birin-ketin tarqala boshlashdi.
– U haqiqatni aytdi! – dedi orada kimdir. – Biz tentakmiz!
Har yoqdan “To‘g‘ri! Juda to‘g‘ri!” deya qichqira boshladilar va har kim har yoqqa keta boshlashdi. Odamlar tovsildi. Eng oxirda esa yolg‘iz bir odam qoldi. U uy ro‘parasida maftunlangan nigohini uzmay tikilib qolgan edi.
– Esiz… – dedi o‘ksingan va siniq ohangda.
U o‘zgalar ortidan umidsiz ergashib ketdi…
Uy sohibi odamlar ketidan umid bilan tikilib qoldi. Lekin ular ortga qarashmasdi ham. Sohib pastga tushib, uyiga old tomondan nazar soldi. U uchun bu uy emas, bir duri javohir edi. Lekin odamlar bundan nega yuz burib ketishdi? Bunga sohibning aqli yetmasdi.
Ertaga ham, undan so‘ng ham uy oldiga biron zot qadam bosmadi. Kimdir o‘tib qolsa, parvosiz, o‘tkinchi nigoh bilan qarab o‘tardi. Hech kim unga ortiqcha e’tibor bermasdi. Shu bilan uy ham huvillab qoldi, hatto chirqillashib charx urib yuruvchi qushlar ham endi bu makonni qo‘nalg‘a q
ilishmay qo‘yishgandi.
Uy sohibi bolaxona ayvonida o‘tkinchi odamlarga qaragancha o‘tirar edi. Uning umid qanoti singan edi. U quvvatini odamlarni kuzatishga – behuda ishga sarflanayotganidan o‘ziga achinardi. “Uyim – men uchun javohir, boshqa odam uchun esa bunday bo‘lishi shart emas” deb o‘yladi, ammo o‘yiga o‘zi ham ishonmasdi.
Xonalar ora sayr qildi. Ajab. Endi unga uy allaqanday qo‘lansa hid anqib yotgan xarobaga o‘xshab ko‘rindi. U ilgarigi sehrli jozibasini butkul yo‘qotganday edi.
Uy sohibi majolsiz yotoqxonasiga kirdi-da karavotiga cho‘zilib pinakka ketdi.
Uyg‘onganida shuni ko‘rdiki, butun xona ayanchli ahvolga kelib qolgan edi: osma qandil uzilib tushib, chil-chil singan, devorlarining suvog‘i ko‘chgan, karavotning bir oyog‘i sinib, qiyshayib yotar edi. Sohib vahima ichida o‘zga xonalarni kezinib chiqdi, hamma xonalarda yotoqxonasidagi kabi dahshatli-ayanchli hol hukmron edi. Bular qandaydir noma’lum sabablar hosilasi edi.
Titroq aralash vahima vujud-vujudini chulg‘ab olgan edi. Ne qilish, qay tomon bosh urishga hozir uning karaxtlangan idroki ojizlik qilardi. Oxiri u xuddi zilzila ro‘y berayotgandek tashqari tomon otildi.
Ko‘cha tomon chiqishi hamonoq uyiga tikildi. Darvozasi qulagan, pochta qutisi pachoqlangan, tomdagi mo‘risining g‘ishtlari, sarg‘ish-qizg‘ish bo‘yoq berilgan devor suvoqlari ko‘chgan, deraza romlari singan uy dahshatli dushmani kabi qarshisida turardi.
U dafa’tan tirilganday qo‘rqinch ovoz chiqardi:
– Men sening g‘animingman!
Bu tovush rost eshitildimi, yo qulog‘iga chalindimi, sohib buni idrokiga keltirmadi, u qo‘rquv va dahshatning zo‘rligidan qochib ketish payiga tushgan edi…
U yugurdi, yugurdi, yuguraverdi…
Sohib o‘z uyidan olis-olislarga ketib borardi. U endi uyni o‘z uyi deb bilmasdi. Hammasi tamom bo‘lgan edi.
U uzoq yuguruvdan horib asfalt yo‘lning aylanmasidagi to‘siqqa suyanib nafasini rostlamoqchi bo‘ldi. Yo‘lning naryog‘idagi qishloq uylarining xira chiroqlari yonib-o‘chib turardi.
Dahshatdan uzoqlashgan, vahimasi xiyla bosilgan sohib olisdagi xilvatgohga kelib qolgan edi. Xilvat go‘sha hozir uning ko‘ngliga yupanch beruvchi yagona joy edi.
U cho‘kkalab yer mushtladi, to‘yib-to‘yib yig‘ladi. Yig‘lay-yig‘lay qo‘li allaqanday ko‘lmakka tekkanini his qildi. Ana shu sho‘r ko‘lmakka u o‘z aksini ko‘rmoq uchun yuzlandi.
Suv betida o‘sha afsonaga aylangan fusunkor uyining jamoli aks etardi…

J.Yo‘ldosh

: Jumanazar Yo‘ldosh - yozuvchi, shoir.
Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Navnihol" ijodiy to'garagi rahbari


@Jumanazar_Yuldash

Ogahiy ijod maktabi rasmiy axborot sahifalari

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#28_dekabr_Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun

💎 Erkin Vohidov

"Yolg'izlik istagi"

🎙 She'rni Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev o'qidi.

#oxirigacha_kòring_va_eshiting



Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Bizning_yangi_ijod
#Audio_shèr

Nigina Rustamboyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf o'quvchisi

🎙 Nigina Rustamboyeva

...Sumkasiga bir choʼrak,
Kulchalar solib qoʻygan.
Soʻnggi avlod biz edik.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Qish_ilhomlari
#Bizning_yangi_ijod

* * *

Oy suzadi osmonda,
Bilmam qayga yetaklar.
Jonlanadi tunlari,
Momom aytgan ertaklar.

Uyqusidan uygʻonib,
Koʻchaga tomon shoshgan,
Va maktabga ketar chogʻ,
Sumkasiga bir choʼrak,
Kulchalar solib qoʻygan.
Soʻnggi avlod biz edik.

Peshin payti majnuntol,
Qoʻrqar edi bizlardan.
Sochlarin yuvar edi,
Qazilgan ariqlardan.

Momom bilan oʻsmani,
Qoshga surmoq boʻlakcha.
Koʻcha farzandlariga,
Maqtanish uchun chiqar,
Qoʻshma qoshli yurakcha.

Afsus...
Koʻzlarim yoshlanadi,
Orqamdagi bir hayot,
Unda yoshlik, bolalik,
Begʻubor gullolalik,
Va oʻzimni koʻraman.
Koʻzlarimda bir yosh yoʻq,
Koʻngil yigʻlaydi bot-bot.


Nigina Rustamboyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Xushxabar
#Birinchi_kitobim

📍 Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida 25 nafar yosh ijodkorlarning kitoblari chop qilindi.

📚 Unda Ogahiy ijod maktabining  "Navnihol" ijodiy to‘garagi rahbari, yosh iste'dodli nosirimiz Jumanazar Yo‘ldoshning "Ro‘yo" nomli kitobi ham o‘rin olgan.

➡️ Ijodkor ustozimizni chin dildan qutlaymiz. Ularga ijodiy barkamollik tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌