Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.57K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Ogahiy_214_yoshda

Madrahim Saparboyev.
Adabiyotshunos,  professor

Ogahiyxonlik

Ogahiy borliq haqida

Olam va Odam aloqadorligi, oʻzaro taʼsiri va vobastaligi masalalarini hech bir oqilu fozil chetlab oʻtolmagan. Ogahiy ijodida ham ushbu masalaning oʻziga xos — shoirona talqinini koʻramiz:
    Oʻn aql, toʻqquz sipehr, sakiz jannat,
    Ham yetti munir axtaru ham olti jihat,
    Ham besh his, toʻrt unsur, uch mavlid,
    Ham ikki jahon bir sango aylar xizmat[1].
Ushbu ruboiyda olamning tuzilishi va mohiyati, unda insonning oʻrni va roli haqida gap boradi. Ruboiyning ruhiyatidan kelib chiqib, shoir antropotsentrizm (odam markaz boʻlgan olam tuzilishi haqidagi taʼlimot – M.S.) tarafdori ekanligini koʻrish mumkin. Endi ruboiyni tahlil qilib koʻraylik. “Oʻn aql”, “toʻqquz spehr”, “sakiz jannat”, “yetti munir”, “olti jihat”, “besh his”, “toʻrt unsur”, “uch mavlid”, “ikki jahon” tushunchalari ostida shoir nimalarni nazarda tutgan, nimalarga ishora qilmoqda?
“Oʻn aql” nima? Bu insonning aqliga, ijodkorligi, bunyodkorligiga ishora boʻlib, u haqda “Zubdat ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar qaymogʻi”) risolasida batafsil maʼlumot berilgan. Unda aytilishicha, “Xudo olam emas va olam Xudo emas. Xudo — olamning Xalloqi (yaratuvchisi) va olam Xudoning ijodi”[2, 6]. Bu yerda faylasuflarning panteistik (Xudo va tabiatning birligi haqidagi taʼlimot – M.S.) qarashlariga qarshi fikr bildirilmoqda va Allohning yaratuvchiligi haqidagi nuqtai nazar himoya qilinayotir. Olam predmetlarining yaratilishi haqida oʻsha risolada yana oʻqiymiz: “Ruhlar olami oʻn uch darajada yaratildi, avvalgi gavhar (substrat) bilan oʻn toʻrtta boʻldi. Ruhlar olamining oʻn uchta ekanining dalili jismlar olamining ruhlar olamiga nisbati, yaʼni u ham oʻn uchtadir. Zohir olami botin olamining unvonidir va mulk olami malakut olamining belgisidir. Ruh — javhardir (substansiya), u jismni harakatga keltiradi va takomillashtiradi. U tabiatga muvofiq oʻsimlik darajasida, harakatga muvofiq hayvon darajasida, aqlga muvofiq inson darajasida zuhur etadi”[2, 7], — deyiladi oʻsha risolada.
Shayx Najmiddin Kubro gʻoyalarini sistemalashtiruvchi va rivojlantiruvchi, kubroviya tariqatining yirik nazariyotchisi darajasiga koʻtarilgan Aziziddin Nasafiy oʻzining “Zubdat ul-haqoyiq” risolasida yozishicha, “Xudo ruhlar olamini yaratishni ixtiyor etib, oʻz nigohini javharning shaffof qiyomiga qaratgan va ul qiyom qaynab eriy boshlagan. Qaynash jarayonining oʻninchi darajasida odamlar ruhini yaratgan”[2, 8]. “Oʻn aql” tushunchasi odam ruhining vujudga kelish darajasiga va oʻninchi aql aqli foil — yaratuvchi aqlga, yaʼni insonning ijodiy qobiliyatiga ishoradir.
“Oʻn aql”ni shoir va dramaturg Komil Avaz shunday sharhlaydi: “Tafakkur toji boʻlmish aql sifatlari xirmanini barmoq bukib, oʻngacha sanash mumkin — idrok, zehn, donolik, bilimdonlik, fahm-farosat, xushyorlik, onglilik, maftunlik, mulohazalik, tajribalik. Shularning bari mujassamlashgan odamlarni yetuk, komil va soʻzning yashirin sirlarini tushunuvchi nozik taʼb insonlar sirasiga kiritib, aqli javharshunos demak mumkin”[3, 11-12].
Hadislarda aqlning darajalari va sifatlari haqida fikrlar bildirilgan. Oʻz asosini, aslini tanib olgani sababli “aql” deb atalgan. Inson oʻz aqli bilan barcha maxluqotdan ustundir va shu aqlu zakovati bois dunyoni hamda oʻzini anglaydi, bilish jarayoni sodir boʻladi. Ruboiyda aqlning insonga xizmat qilishligi aytiladi.
“Toʻqquz spehr” - bu toʻqqiz qavat osmonning yaralishi, yaratuvchi Allohning qudratiga va yana Oʻziga xizmat qilishga ishoradir. Tasavvuf ahli toʻqqiz qavat osmonni jamiyatdagi toʻqqizta ijtimoiy qatlam darajasi bilan bogʻlaydilar.
Bu haqda Aziziddin Nasafiy “Zubdat ul-haqoyiq”da shunday yozadi: “Arsh — paygʻambari Xotam ruhining maqomi; Kursi — ululazm paygʻambarlar ruhining maqomi, manzili va hujrasi; yettinchi osmon — mursal paygʻambarlar ruhining maqomi, manzili va hujrasi; oltinchi osmon – anbiyo ruhi maqomi; beshinchi osmon — avliyo ruhining maqomi; toʻrtinchi osmon — hakimlar ruhi maqomi; uchinchi osmon — zohidlar ruhi maqomi; ikkinchi osmon — taqvo ahli ruhi maqomi; birinchi osmon — imonlilar
#Ogahiy_214_yoshda
#Xushxabar
#OAV_biz_haqimizda

🧾O'zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi muassisligidagi "XORAZM HAQIQATI" gazetasining  2023-yil 16-dekabrdagi 50-sonida
Ogahiy nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari, jumladan f.f.n Madina Matyoqubovaning "BEBAHO ADABIY MEROS", Hafiza Karimovaning "YOSH ISTE'DODLAR IJODIGA RAG'BAT BO'LMOQDA" sarlavhalari ostidagi maqolalari chop etildi.

🔰Ijod maktabimiz ustozlarini ushbu mazmunli, o'qimishli maqolalari yoritilgani bilan tabriklaymiz va pedagogik, ilmiy hamda ijodiy ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌