Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.5K photos
2.44K videos
311 files
7.61K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Toʻgarak_jarayoni

📆 Mart oyining 29-sanasida "Tasviriy san'at" to‘garak rahbari Ro‘zmetova Shahlo tomonidan "3D ko‘rinishda rasm chizish" mavzusi bo‘yicha mashg'ulot o‘tkazildi.

🔻O‘quvchilar berilgan mavzu bo‘yicha to‘garak davomida o‘rgangan bilimlari bo‘yicha erkin tarzda rasm chizishni mashq qildilar.


📸 Mashg'ulotdan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
#bilasizmi 
 
⚡️Bugun 30-mart - payshanba haftaning chorshanba  kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:  

🔸Parklarda sayr qilish kuni

🔸"Yo‘qolgan taʼtil sindromi" haqida xabardorlik kuni

🔸Psixoanalizning tug'ilgan kuni

🔸Xalqaro qalam kuni

🔸Virtual mehnat ta’tili kuni

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
🔗Maktab va oliy ta'lim hamkorligi

🗒Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabi va Urganch davlat universiteti bilan hamkorligi doirasida mazkur maktabda Filologiya fakulteti professor-o'qituvchilari tomonidan muntazam ravishda mahorat darslari olib borilmoqda.

Xususan, 30-mart kuni Filologiya fakulteti “O'zbek tilshunosligi” kafedrasi o'qituvchisi Sh.Alimova "Ogahiy asarlarining til xususiyatlari" mavzusida mahorat darsi tashkil qildi.

Darsda Ogahiy ijodida, xususan, tarixiy asarlarida o'g'uz-qarluq, qipchoq elementlarining kuzatilishi haqidagi ma'lumotlarga alohida to'xtalib o'tildi. Mahorat darsi noan'anaviy tarzda yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube| |Instagram|
TAYINLOV

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari tayinlandi
Ogahiy ijod maktabi
TAYINLOV Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan:

Zaripov Qaxramon Erkinovich
— maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining maktab ta’limi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Ishchanov Ozod Atajanovich — maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Abdullayev Sarvar Xudayarovich— maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar va ixtisoslashtirilgan muassasalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Yakubova Iroda Botirovna — maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining maktabgacha ta’lim bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining rasmiy sahifalariga ulanish
👇👇👇
TelegramIYoutubeIFacebookIInstagramIWeb-sayt
Президент Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Қорақалпоғистондан Хоразм вилоятига келди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл из Каракалпакстана в Хорезмскую область с рабочей поездкой.

#Mirziyoyev #safar #Xorazm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter