Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.2K photos
2.43K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mahorat_darsi
#Tanlov

🔰 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabi va Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda reja jadvalga ko'ra Filologiya fakulteti professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari olib borilmoqda.

✔️ Dekabr oyining 9-sanasida  "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi o'qituvchisi G.Ro‘zimova mazkur maktabda  "Ogahiyning tarjima asarlari" mavzusida mahorat darsi tashkil qildi.

🔻Darsda Ogahiy fasohatli shoir, mohir tarjimon, davlat arbobi va zukko tarixchi olim ekanligi haqidagi ma'lumotlarga alohida to'xtalib o'tildi. Mahorat darsi  noan'anaviy tarzda yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#Madhiya_30_yilligi

Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
___
10-dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

Davlat madhiyasining matni muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan.

O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun muborak bo'lsin!

Madhiyamiz doimo mag’rur jaranglasin!

Hilola Umarova,
Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

🇺🇿 10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Bayram muborak, aziz yurtdoshlar!💐

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tili_va_adabiyot
#Ochiq_dars
#Jarayon

📖 Padarkush oʻgʻil taqdiri, yildizlar ilmini oʻrgangan buyuk olim Mirzo Ulugʻbekning soʻnggi kunlaridan hikoya qiluvchi tarixiy roman "Ulugʻbek xazinasi" asarini oʻrganish boʻyicha Ogahiy nomida ijod maktabining 9-"B" sinfida ochiq dars boʻlib oʻtdi.

💠 Maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Hafiza Karimova tomonidan oʻtilgan ushbu ochiq darsda oʻquvchilar ota va oʻgʻil oʻrtasidagi munosabat, avlodlarga qoldirilgan bebaho meros taqdiri yuzasidan bahs-munozaraga kirishdilar.

"Bu qaysi asardan?", "Siz nima deb oʻylaysiz?" metodlari yuzasidan berilgan mushohadaga chorlovchi savollar oʻquvchilarni darsda yanada faol boʻlishga undadi.

➡️ Ochiq darsni ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari M.Shixova, Z.Atayeva, I.Saidovalar kuzatib borishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#meningmadhiyam

🎼 O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi va Urganch shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostida #meningmadhiyam chorlovida ishtirok etdilar.

🔊Madhiyamiz doimo tantanavor va ulug'vor bo'lsin!

Bayram muborak bo‘lsin!

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_zõravonlikka_qarshimiz
#Rasmlar_tanlovi

🔘 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab- quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida "Zo'ravonlikga qarshi 16 kun" shiori ostida targʻibot tadbiri doirasida “Men uchun qadrli...” mavzusida Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablar
o‘quvchilari o‘rtasida rasmlar
tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.

🔻Ushbu tanlov doirasida maktabimiz o‘quvchilari tomonidan chizilgan rasmlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_zõravonlikka_qarshimiz
#Rasmlar_tanlovi

"Zo'ravonlikga qarshi 16 kun" shiori ostida targʻibot tadbiri doirasida “Men uchun qadrli...” mavzusidagi rasmlar tanlovi ishtirokchisi

🌅: Qadamova Mohichehra, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_zõravonlikka_qarshimiz
#Rasmlar_tanlovi

"Zo'ravonlikga qarshi 16 kun" shiori ostida targʻibot tadbiri doirasida “Men uchun qadrli...” mavzusidagi rasmlar tanlovi ishtirokchisi

🎇 Rajabova Bibinur, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM