Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.7K photos
2.45K videos
311 files
7.64K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#tanlovga
#kuz_ilhomlari

NASR
6-ISHTIROKCHI

XIYOBONDAGI QIZ

(Hikoya
)


  Quyosh ko'k yuzida qalqib turar, lekin olamni isita olmasdi. Havo ham, nigohlar ham, tuyg'ular ham sovub ulgurgandi. Daraxt yaproqlari ham umidlari singari birma-bir  to'kilib borayotgandi. Ko'zlarini daraxtlardan erinibgina to'kilayotgan yaproqlardan uzolmasdi. Yer  bag'riga tushar-tushmas shamol ularni ko'z ilg'amas olis-olislarga olib ketardi. Kuz hukmini allaqachon so'qir tabiatga o'tkazib ulgurgandi.  
   Odamlar tinmasdan o‘tib-ketishardi. Kimdir xiyobonni bir chetida o'tirib unsiz yig'laydi, yana kimdir tabiat go'zalligidan bahra olardi. Yosh bolalar bo'lsa, xiyobonni u yog'idan kirib, bu yog'idan chiqib, o'z kulgulari va sho'xliklari bilan dunyoni egallashgandi. U esa qo'lida o'qilaverib, yirtilayozgan bir varaq  qog'ozni  mahkam ushlagancha, ko'zini ro'paradagi o'rindiqdan uzmagancha, hazin ahvolda xayol surardi. Tilida nimanidir to'xtovsiz takrorlardi, butun vujudi bilan esa daraxtlarning sukunatdagi suhbatini tinglamoqchi bo'lardi.  Biroz tin olib qoldi:
   "– Bugungi havoda shamol biroz kuchli, sezdingmi? Xuddi samo azoblarim-u, jarohatlarimga ufurayotganday...  Aksiga olib , yaproqlarim bilan ham vidolashishga qo'ymayapti.  Yerga bosh qo'yar-qo'ymas , shamol  ularni uzoqlarga olib ketib, oramizdagi firoq alangasiga moy sepyapti...  Sheriklaridan sas-sado chiqmadi. U esa shamol ketgan tomonga qaragancha , ko'zidan milt-milt yosh toma boshladi.
   "U ham bejo ko'zlarini shamol ketgan tarafga qadab qolaverdi. Tilida esa boyagi kalima tinmasdan aylanardi. Shu payt unga kimdir o'zining o'yinqaroq ko'zlarini tikib turganini sezib qoldi. Kapalagi uchib ketdi.  Qarasa shu xiyobonda yuradigan har doimgi qadrdoni ekan. U har kuni uni shu yerda ovqatlantirar va u bilan suhbatlashardi. Bu kuchukchani u oldin ham ko'rgan. Chamasi bundan bir yo ikki yil oldin.  U bilan birga bu daydi kuchukchaga birgalikda uy yasashgandi, kuchukcha bilan deyarli har kuni o'ynashardi. Kuchukcha oldingidan ojiz, kichkina va daydi edi. Baxtga qarshi bugun uni ovqatlanish uchun yonida hech nima yo'q edi. Kuchukcha bu safar nimagadir u bilan qolmadi.  Shu payt uzoqroqdan tanish qadam tovushlari eshitilayotgandi. U shunaqangi ohistalik bilan yurardi, xuddi yerga ozor bermaslikka harakat qilardi. Yaproqlarni nobud qilmaslikka urinardi. Yaproqlar uning oyog'i ostiga atayin urilib, uni uyaltirishardi. U asta ro'paradagi o'rindiq yoniga bordi. Borishi hamonoq uning qarshisida to'xtab qoldi. Keyin asta o'rindiqdan joy egalladi. Kuchukcha qiz o'tirishi bilanoq uning o'rindig'i ostiga cho'kkaladi.  Qiz ham qo'rquvdan, ham hayron qolib rangi o'chib ketdi. Kuchukchani tez-tez nafas olishidan uni o'z qadrdoni ekanini darrov payqadi.  U esa tilida hamon o'sha kalimani tinmasdan takrorlardi. U qadam tovushlarini faqatgina eshitgandi. Qizni o'zini ko'rmagandi. Kutgan insoni bo'lmasligidan juda qo'rqardi. Xayolida qancha uning oldiga borib keldi. Lekin  hayotda... Bor jur'atini yig'ib ko'zlarini ochdi. U ham hayratdan, ham quvonchdan qotib qolgandi. Qanday qilib o'rnidan turgani-yu, qanday qilib o'rindiq oldiga borib qolganini o'zi ham bilmasdi. O'rindiq oldida boshqacha bir hayajon bilan qizga termulib turardi. Qiz boshida qo'rqib ketdi. Keyin xotirjam tortdi. Chunki kuchukchasi qizning oldiga begonalar kelishiga unamasdi. Qizning yuziga beixtiyor tabassum yugurdi. U ham qiz yonidan asta joy oldi.  Qiz yana o'zini oldingiday baxtiyor va xavfsiz his qila boshlagandi. Oraga sukunat cho'kdi. Ikkisi ham bir og'iz ham gapirishmadi.  Qiz dard-alamlar xam qilgan boshini asta uning yelkasiga qo'ydi va bir oz tin oldi. Ufq osmoniga tortilgan mato qip-qizil rangga bo'yaldi.  Qiz xayolidan o'tkazib qo'ydi: "   Har bir yakun aslida yangi bir boshlanishdir..."  Ular sukunatda suhbat qurishardi. Quyosh asta ufqqa lab bosib, o'z yotog'i tomon yo'l olardi.

: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi


https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlovga
#kuz_ilhomlari

NASR
7-ISHTIROKCHI


YOMG'IRLI OQSHOM
(Hikoya
)


  Bugun yana havoning azvoyi buzuq. Osmonni qora bulutlar qoplagan, yomg'ir yog'aman deb turibdi. Shamol daraxtlarni qattiq uradi. Barchinoyning dadasi Ahmad aka bugun dalada edi. U hali xirmonini yig'ib tugatmagan, hali kuzga tayyor emas edi. U xirmonni hali yig'ib tugatmagani uchun yomg'ir yog'ib qolishidan qattiq cho'chidi.
  "Yomg'ir yog'masaydi", deb o'yladi, lekin bugun chelaklab yomg'ir yog'ishiga ko'zi yetardi. U xirmonni tez yig'ib  tevarak-atrofini yaxshilab berkitdi. Ahmad aka xirmonni yog'ir yog'masidan oldin yig'ib bo'lganidan juda xursand bo'ldi. Ahmad aka xirmonni yig'ish bilan bo'lib kech tushganini ham sezmay qoldi. Oqshom  tushdi. 
   U daladan chiqib yo'l ustiga o'tdi. Yomg'ir ham dard chekkan insonning qalbiga o'xshab
maydalab yog'a boshladi. U yomg'ir ostida ketayotib yomg'irdan zavq ola boshladi. Yomg'ir yog'masligini qanchalik istagan edi, lekin undan zavq olib borayotgandi.  Yomg'ir jalaga aylandi. Ahmad akaning usti-boshi shalabbo bo'ldi. U yomg'ir ostida birinchi marotaba ketishi edi. Mashinalar birin ketin o'tar, yomg'irning shitirlashidan va mashinalarning ovozidan u juda boshqacha bo'ldi.    
   Mashinalarning chiroqida yomg'ir yog'ishi boshqacha ko'rinardi. Yomg'ir sel kabi yog'ib sel kabi to'xtadi.

: Nurullayeva Laylo,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
7-"B" sinf o'quvchisi



Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇                                              
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlovga
#kuz_ilhomlari

NASR
8-ISHTIROKCHI

XAZONLARDA KURTAK OCHGAN ORZULAR
(Hikoya)


Oktabr oyi. Rustam aka yo'l chetida ohista qadam bosib o'ychanlik bilan yurib kelyapti. U bugun na quvonishni, na yig'lashni bo'ladi. Chunki to‘rt yil... Rustam aka to‘rt yil deganda urushdan kelayabdi. U mana shu vaqt ichida oilasidan na xat xabar oldi, na o'zi xabar yubordi. Rustam aka mana shunday o'ychanlik bilan kelayotgan bir paytda uning xayolini kuning sovuq shamolimi yoki issiq o'lkalarga uchib ketayotgan turnalarning ovozimi nimadir bo'ldim. Shunda Rustam akaning hozir kuz ekanligi esiga tushdi va atrofni birinchi bor ko'rayotgan insondek har yonga nazar solib chiqdi. Rustam aka endi umuman boshqa dunyoga tushib qolgandek edi. Endi uning xayolini oilasi emas, balki jozibador kuz manzarasi oldi. Shu paytgacha oltin kuzning jozibasini sezmagani uchun, Rustam aka ich-ichidan achinardi. U tabiat manzarasi kuzatar ekan yo'l chekkasidagi dalalar, undagi paxtalar oppoq bo'lib turgan qorni eslatardi. Yo'lning bir tarafida esa dehqonlarga o'z mehnatini olqishlab bosh egib turgan sholizor.
U yo'lni kuzatib borarkan ahyon-ahyonda paxta va sholiga to'la traktor aravalari diqqatini bo'ladi . U goh-gohida
– Eh oltin kuz, oltin kuz... – deb qo'yardi.
Rustam akaga hammasidan ham yo'lida tovlanib xuddi "Meni ye" deb turgandek uzumzor-u qizarib pishib yetilgan olmalar havasini keltirardi. U o'z o'ziga
– Yurtimning mevasini yemaganimga ham to‘rt yil bo'libdi, – der edi. Rustam akaning nazarida faqatgina o'zi chet eldan kelayotgandek edi. Rustam aka bularni ko'rib og'irgina xo'rsinib qo'ydi. Rustam aka shunday xayollar og'ushida mahallasiga kelganimda sezmay qoldi. Mahallasining eski pastakkina darvozasidan kirib borar ekan, uning xayolini beixtiyor darvoza yonidagi bog' oldi. Rustam aka bog'ga qarab ketganini ham bilmay qoldi. Uning dimog'iga o'z to'niga o'ranib olgan behi hidi urildi. Behidan bittasini olganini ham bilmay qoldi. Shundan keyin bir qadamcha yurganidan keyin o'rik daraxtining barglari oltinday tovlangan sap sariq, ba'zilarniki esa hali yashilligicha turibdi. Rustam aka bog'ning torgina soqmog'idan yurib borayotir-u oyog'i ostiga gilamday to'shalgan barglari atay u uchun to'shalgandek edi. Rustam aka o'zicha vataniga kelgani uchun qutlab oyog'i ostiga yumshoq poyondoz va boshiga gullar yog'ilgandek xis qiladi.
Xazon bo'lgan barglar yerga tushishga shoshilganidan Rustam akaning boshiga ham tegib ketar edi.
– Hozir qizim Robiya bo'lsa edi buni qoyilatib chizar edi. U ham katta qiz bo'lib qolgandir, o'g'lim Abdulla bo'lganida bu manzaraga hayratlanarli darajada yoqimli kuy bastalagan bo'lar edi. Abdulla hozir uylangan bo'lsa kerak, - dedi Rustam aka o'z o'ziga.
Rustam aka bog'dan chiqar ekan hozir ko'rganlari birma-bir ko'z oldidan o'tdi. Xazon bo'layotgan barglar unga xayr deyatgandek shamolda u yoqdan bu yoqqa tebiranar edi. Rustam akaning ularga rahmi keldi. "Hayot qonuni bo'lganidek, tabiat qonunida" deb o'ziga o'zi tasking berdi. Shu o'y bilan uyiga ham yetib keldi. Uyiga kelsa qizi Robiya maktabni bitirib rassomchilik texnikumida o'qiyotgan ekan. O'g'li esa uylanibdi. Farzand ham ko'ribdi .Robiyaning Rustam akaga kuzning mussavir ekanligini aytib surat ko'rsatishi va bunga Abdulla roharbaxsh qilib kuy bastalagani Rustam akaning qachonlardir jo'sh urgan shoirlik qalbini uyg'otib yubordi

: Botirova Go'zal,
Ogahiy ijod maktabining 8 "A" sinf o'quvchisi


Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇                                              
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#kuz_ilhomlari

NASR
9-ISHTIROKCHI

34-KUZ
(Hikoya)


  Kuzning soʻngi kunlari...
Quyosh nayza misol oltin kipriklarini uyquga hozirlagan bir mahal. Shamol kuylayotgan qoʻshiqqa barglar xirom aylaydi goʻyo. Yerning har tarafida kuz darakchilari bo‘lgan sarg‘aygan yaproqlar – oltin parchalar yastanib yotadi.
   Shunday kunlarning birida Fozil uyiga behol qadamlar bilan kirib keldi. Ostonada haykalday qotib turgan otasini koʻrgan Dilbar qoʻrqqanida yigʻlab yubordi. Qizining yigʻlaganini eshitgan Ra'no yuragini hovuchlagancha, qoʻlida kapgir bilan yugurib chiqdi. Qizini ovutib Fozil bilan hovliga chiqqan Ra'noning oʻrtasida hali ham jimlik hukmron.
  – Deraza, eshiklardan shamol kirayabdi, qishning ham qadami yaqin, oʻgʻlingiz shamollab qolibdi, unga dori darmon kerak yana...
  Ra'no gapini oxiriga yetkazmagan ham ediki Fozil       
  – Nima yana?! – deya baqirib qoldi.
  Yana oʻrtaga sokinlik choʻkdi.
  – Ishdan boʻshadim, yangi ish izlashim kerak, – deya gap boshladi Fozil, ammo Ra'no eriga bu safar ham ma'nolik termulib qoʻydi, xolos. U Fozilga bir nima demoqchi boʻlib ogʻiz juftladi-yu, ammo yana gapini ichiga koʻmib qoʻyaqoldi.    
   Ertalab erta tongda Fozil ish izlab chiqib ketdi. Ra'no eshik, derazalarning tirqishlarini latta, eski kiyimlar bilan yopib qoʻydi.
   – Kuzim buncha iffatlisan-a? Iforlaring buncha shirin? Kuzjon... Sendagi bu sokinlik qalbimga sakinat boʻlib koʻchganini bilasan-a? – deya gohi jilmayib gohi sergak tortib qolardi.
  Fozil qamalib chiqganidan soʻng  yolgʻondan boʻlsa ham jilmaygan emas. Hamisha oʻy xayollari iskanjasida yolgʻiz kezadi.  Ammo Ra'no mahallaning eng xushchaqchaq ayoli. Gapirmayman deganni ham gapga solishga juda usta, ochiqkoʻngil, buning ustiga juda chiroyli ayol. Uni hamma hurmat qiladi, uning oldidan oʻtolmay Fozilga ham yaxshi momila qiladi butun mahalla ahli.
  Noyabr oyining boshida Fozil uchun juda baxtli kun boʻldi. U yaxshi joydan ish topdi. Bugun Ra'noning tugʻilgan kuni ekanligini eslab, u yoqtiradiga alvon atirgullarni ham sotib oldi.  Uyi ostonasiga kela turib atrofda toʻplanga odamlarga hayratomuz qarab qoldi. Odamlar boʻlsa Fozilga qarab turib bir-birlari bilan pichirlashishardi. Fozilning qoʻlidagi alvon gullar yerga tushib ketdi. Gulning qizil barglari kuzning shamolida osmonga koʻtarildi. Ma'lum boʻlishicha Ra'no bu olamni tark etibdi.
  "Hayotimdagi 34-kuzni, qolgan 33 ta kuzga alishmayman aslo.."
xat oldida bir necha oltin parchalar yotardi...

: Erkaboyeva Sadoqat,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
9-"B"sinf


Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇                                              
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Muqaddasdir_vatan_bayrogʻi

VIDEO ROLIK
2-ISHTIROKCHI


🎬: Vatan bayrog'i
: Reyimberdiyev Umidbek,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-,,B‘‘ sinf o'quvchisi


Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇                                              
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Muqaddasdir_vatan_bayrogʻi

VIDEO ROLIK
3-ISHTIROKCHI


🎬: Bayrog'im
: Rahmanova Zahro,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-,,A‘‘ sinf o'quvchisi


Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇                                              
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Muqaddasdir_vatan_bayrogʻi

VIDEO ROLIK
4-ISHTIROKCHI


🎬: HILPIRAYVER BAYROG'IM
: Qo'ziboyeva Gulshoda,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-,,A‘‘ sinf o'quvchisi


Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇                                              
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

🇺🇿“Vatanim bayrog‘i”

✍️Zulfiya Mo‘minova

🎙Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda vazirlik, idoralar rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari

💐O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Sizni muborakbod etadi!

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Muqaddasdir_vatan_bayrogʻi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 31 yilligi munosabati bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan o‘tkazilayotgan

🇺🇿 "Muqaddasdir vatan bayrog'i" nomli tanlov bo‘yicha maktabning 10-"B" sinf o'quvchisi, Otaboyeva Asaloy tomonidan video taqdimot yo‘nalishidan tayyorlagan ijodiy ishi.

Marhamat, tomosha qiling.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇                                              
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|