#ustozlar_ijodidan
#nazm
Kuzak
Kurtak yozib gulladi, tugdi,
Ikki fasl boʻlib jonsarak.
Bolga toʻldi oxir savatlar,
Xush kelibsan, bogʻbonim-Kuzak
Poying yopgan olov poyandoz,
Garchi oftob qilmas jizgʻanak.
Barcha otash dildami pinhon,
Xush kelibsan, dildohim-Kuzak.
Qiyomdadir egilgan boshing,
Har lahza bir qulluq, ibodat.
Sen ham muslim erursan beshak.
Xush kelibsan dindoshim-Kuzak
Chalib soʻnggi chapaklarini,
Ohista qoʻnishar tuproqqa.
Koʻnglim goʻyo sargʻaygan yaproq.
Toʻkilmoqda, tengdoshim-Kuzak
Boshing uzra qargʻalar xandon,
Sokin xayol surasan loqayd.
Sabotingdan ulashgin picha,
Ba'zan tugar bardoshim, Kuzak.
Sen donishmand, sen-da faylasuf,
Senda oʻgit, sendadir ibrat.
Har bargingda pand-u nasihat.
Xush kelibsan, sirdoshim-Kuzak!
✍: Barno Yusupova,
Ogahiy ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

Forwarded from DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling
🔰"Barimta" so‘zining maʼnosini bilasizmi?
📺 "Bir so‘z taʼrifi"
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🔰"Barimta" so‘zining maʼnosini bilasizmi?
📺 "Bir so‘z taʼrifi"
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#munosiblar_eʻtirof_etildi
#jarayon
BIZNING O‘QUVCHILAR DOIMO HARAKATDA
🔰 Sentabr oyining 9-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida o‘quv yili boshida kutilmagan yangiliklar bilan barchani xushnud qilgan, e'tirofga loyiq o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
📊 Marosimda maktabning 11-sinf IELTS va CEFR sertifikatlariga ega bo‘lgan
✔️Xasanova Zarnigor- 7,5
✔️Hayitboyeva Kumushoy-C1
✔️Hakimova Sarvinoz-6
yangi o‘quvchilarga tom ma'noda namuna sifatida ta'kidlab o‘tildi.
📚Marosim yangiliklarga boy tarzda o‘tdi. Yaqindagina Turkiyada chop qilingan ijodkor tarbiyachi-pedagog Xorun Muso, 10-"A" sinf o‘quvchisi Boynazarova Muxlisa va 10-"B" sinf o‘quvchisi Ozodbekova Marjonalarning kitob taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

#VATAN_BÒYLAB_SAYOHAT
#JARAYON
TARIXI QADIM,KELAJAKI PORLOQ O‘ZBEKISTON
📆 Sentabr oyining 9-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari ko'hna va hamisha navqiron Xiva shahrida joylashgan "Ichan qal'a" majmuasiga sayohat qilishdi.
📷 Sayohat jarayonida Chet eldan tashrif buyurgan mehmonlar bilan suhbatlashib, esdalikka suratga ham tushib olishdi.
✅ Maktabning bosh tarbiyachisi M.Bobojonova va S.To‘qsonova sayohat chog'ida o‘quvchilarga tarixiy ma'lumotlarni berib o‘tdi.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktab