Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.56K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from XORAZM YOSHLARI
13. Xorazm viloyati.pdf
111.9 KB
Xorazm viloyatida "Yosh kitobxon" tanlovining saralash bosqichlari o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati bilan tanishing.

Yosh kitobxon tanlovining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari👇
TelegramInstagramFacebookYoutube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_yilga_yangi_orzular_bilan

🎄OGAHIY IJOD MAKTABIDA
YANGI YIL TADBIRI

Mana, butun dunyo xalqlari shod-u xurramlik bilan qarshi oladigan ulugʼ ayyom – Yangi yil bayrami tobora yaqinlashib kelmoqda. Yurtimizning har bir goʼshasida yangi - 2022-yilni munosib tarzda qarshi olish maqsadida bayram tantanalari boʼlib o'tmoqda. Shu jumladan, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Ogahiy ijod maktabi jamoasi ham o'zlarining bir qator samarali ishlari, erishgan qator yutuqlari bilan kirib kelayotgan Yangi yilni munosib tarzda qarshilashga harakat qilishdi. Kuni kecha “Iste’dodlar markazi"da juda yuqori saviyada va ko'tarinki kayfiyatda "Yangi yilga - yangi orzular bilan" deb nomlangan bayram shodiyonasi bo'lib o'tdi. Har bir sinf o'quvchilari yuksak mahorat, katta tayyorgarlik ko'rganligini ularning sahnadagi chiqishlari orqali biz ustozlar guvohi bo'ldik. Yangi yil bayramiga atalgan dil so'zlari, ajoyib qo'shiq va go'zal raqslari, turli sahna ko'rinishlari, ayniqsa, qiziqarli handalari bilan bayram kayfiyatini yanada oshirishga o'zlarining munosib hissalarini qo'shdilar. Bunday yuksak saviyadagi bayram tadbirining o'tkazilishida nafaqat jamoaning, balki bosh tarbiyachi ustoz Maqsuda Bobojonova, tarbiyachi ustozlar, teatr, musiqa, nazm to'garagi rahbarlarining xizmatlari katta bo'ldi. Yangi yilga bagishlangan bayram tadbirini ijod maktab direktori Sarvar Abdullayev kirish so'zi, bayram tabrigi va o'tgan o'quv yilining qisqacha sarhisobi bilan ochib berdilar. Shu o'rinda jamoaning bir qator rahbar xodimlari hamda tarbiyachi ustozlarining qilgan mehnatlari va erishgan yutuqlari alohida etirof etib o'tildi hamda ular ijod maktabi ma’muriyatining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. Biz bunday sharafga muyassar bo'lgan jamoamizning bu a`zolarini nafaqat Yangi yil bayrami, balki erishgan muvaffaqiyatlari bilan qutlaymiz.