Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ENG NAMUNALI MAKTAB SARDORLARI KENGASHI" RESPUBLIKA TANLOVI FINAL BOSQICHI 2-SHARTIDA OGAHIY IJOD MAKTABI SARDORLARI JAMOASINING ISHTIROKI

⬇️ Bizni telegram ijtimoiy tarmog'ida kuzating:
👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ENG NAMUNALI MAKTAB SARDORLARI KENGASHI" RESPUBLIKA TANLOVI FINAL BOSQICHI 3-SHARTIDA OGAHIY IJOD MAKTABI SARDORLARI JAMOASINING ISHTIROKI

⬇️ Bizni telegram ijtimoiy tarmog'ida kuzating:
👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣DIQQAT!
OZ FURSAT QOLDI!

VILOYATIMIZDA YAGONA BO'LGAN ONA TILI VA ADABIYOT FANLARINI CHUQURLASHTIRIB O'QITISHGA HAMDA XORIJIY TILLARGA IXTISOSLASHTIRILGAN NUFUZLI
OGAHIY IJOD MAKTABIGA KIRISH UCHUN 2021-YIL 25- IYUNGACHA
O'QUVCHILAR HUJJATLARI QABUL QILINADI!
SHOSHILING!

Tanlov 7-,8-,9- sinflar uchun o'tkaziladi.
Hujjatlar 2021-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar onlayn shaklda PIIMAning rasmiy veb-sayti
portal.piima.uz orqali qabul qilinadi.
Quyidagi hujjatlarning elektron shakli onlayn qabul qilish tizimiga kiritiladi:
👉 tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
👉 3 x 4 hajmdagi 1 dona fotosurat;
👉 baholar tabeli (o‘quvchi o‘qiyotgan maktab direktorining imzo va muhri bilan tasdiqlangan holda).

Qabul jarayoni haqidagi yangiliklar bilan bizning rasmiy telegram kanal
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi orqali tanishib borishingiz mumkin.
Murojaat uchun telefonlar:
📞+99 893 753 06 05
☎️ +99 862 226 20 91
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilhomim qidirib...

Erta tong shamoli uyg‘otdi meni,
Qo‘limga qog‘oz va qalamim oldim.
Bilmadim, negadir yozolmay bir so’z,
Ilhomim topolmay qidirib toldim.

Samolarga boqdim, bulutda uchib,
Sohilda yugurib, dengizda suzdim.
Hayolot dunyosin sayr qildim-u, lek
Ilhomim topolmay hayratda kezdim.

Qani, aytgin, samo, qani, ayt, zamin,
Ilhomim qidirib tushganman yo’lga.
Adirlardan oshib, tog‘lar oralab,
Hatto borib keldim jazira cho’lga.

Va nihoyat, yo‘lda uchratdim uni,
Qalbim quvonch ila sururga to’ldi.
Go’yo rassomdayin chizdim suvratlar,
Tuyg’ular so’z ila rango-rang bo’ldi.

Ilhomning manbayi ne ekan, bildim,
Muqaddas tuprog’im, Vatanim, onam.
Meni ilm sari yetaklaguvchi
Ogahiyning ruhi kezgan koshonam!

Iymona
Ogahiy ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Yo‘ldosheva Ruxshona

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ona Vatanimning buyuk farzandlari

Vatan, Ona so‘zi naqadar laziz,
Sensan har narsadan mo‘tabar, aziz.
Hurmatingni saqlar har bir o‘g‘il-qiz,
Muqaddas, mo‘tabar, ulug‘ Vatanim,
Sharaflar, shonlarga to‘lug‘ Vatanim,
O‘lsam aytilmasman quchoqlaringdan...

Vatan! Ushbu so‘z zamirida olam-olam ma’no mujassam.
Vatan! Bu so‘z aytilishi bilan yurakda qandaydir his tinchlik bermay tug‘yon qiladi, bu his - Vatan hissi, unga daxldorlik hissi...
“Vatan. Vatan tuyg‘usi. Vatan muhabbati. Nimadir bular? Bular qanday sehrli qudratki, hali voyaga yetmagan, dunyo ko‘rmagan, turmushning past-balandlaridan bexabar, o‘yin-u sho‘xliklardan o‘zga dardi yo‘q bir o‘smirning yuragiga jo bo‘lib olib, butun umr uning xatti-harakatini, yurish-turishini boshqarib turadi...", - deydi Ozod Sharafiddinov. Chindan ham, Vatan tuyg‘usi inson yuragining tub-tubida, qa’r-qa’rida yashaydi va qon-qoniga, jon-joniga singib ketadi. Aslida, biz Vatanimiz bilan, ajdodlarimiz bilan faxrlanibgina qolmay, ularga munosib farzand bo‘lib yetishmog‘imiz darkor. Axir faxrlanib yuraverishdan nima naf? Qachonki, biz Vatanimiz sha’ni uchun nimadir qilsakkina, u bilan faxrlanishga munosibdirmiz. Boisi, Vatan o‘z qalbida, quchog‘ida avaylab o‘stirayotgan gul-u rayhonlari - farzandlari ham uni avaylab, asrab, muqaddas bayrog‘ini dunyo minbarlarida hilpiratishi kerak. Ana o‘shandagina biz Vatanimiz bilan faxrlanishga haqli bo‘lamiz.
O‘zbekiston yoshlari hamma zamonda ham yurt tayanchi, xalq ishonchi, millat suyanchi bo‘lib kelgan. Kelajak-yoshlar qo‘lida. Yangi O‘zbekiston buyuk farzandlarni, shijoatkor yoshlarni kutmoqda! Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida: “Uchinchi renessans davrini yoshlar bilan quramiz ", - dedi. Bu esa yoshlarga, yosh avlodga bo‘lgan ishonchning yorqin namunasidir. Vatan ishqi bilan yashayotgan har bir yosh avlod Prezidentimiz ishonchini oqlash uchun tinimsiz harakat qiladi. Biz, O‘zbekiston yoshlari, butun jahon yoshlari bilan bo‘ylashishga qodir yoshlarmiz!
Biz har birimiz Vatan ishqini yuraklarimizga muhrlab,Vatan ishqi-la yashamog‘imiz kerak. Aslida, bular balandparvoz yoki osmoniy gaplar emas, bu haqiqat! Bu-burch!!!
Shunday ekan, aziz yoshlar, sevimli adibimiz Ozod Sharofiddinov aytganidek: "Alloh siz bilan bizga O‘zbekiston deb atalgan, tuprog‘ida oltin gullaydigan, qishlarida bahor shivirlaydigan, tog‘ desa, tog‘i bor, bog‘ desa, bog‘i bor, har tongda bulbullar madhini o‘qib tamom qilolmaydigan bir yurtni Vatan qilib bergan ekan, buning uchun o‘zimizni BAXTLI deb bilmog‘imiz kerak".

Ogahiy ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Saparbayeva Ziyoda


https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
21-iyun kuni Ogahiy ijod maktabiga Oʻzbekiston radiosining katta muharriri, ijodkor, falsafa fanlari doktori Hulkar Hamroyeva, Qozogʻistondagi Amir Temur jamgʻarmasining rais oʻrinbosari Salimjon Gʻaniyev, isteʼdodli shoir va adabiyotshunos, „Yana bahor keldi“,„ Ilk qaldirgʻochlar“ kitoblari va bir qancha toʻplamlar muallifi Gʻafurjon Tojiboyev va Oʻzbekiston Davlat xoreografiya akademiyasi kichik xodimi Dilafruz Doʻstjonovalar tashrif buyurdilar. Dastlab mehmonlar Ogahiy uy-muzeyi va buyuk adib qoʻllari bilan ekilgan tut daraxtini tomosha qildilar, Ogahiy bogʻini sayr qildilar.
Soʻngra Ogahiy ijod maktabida oʻquvchilar bilan dildan suhbatlashdilar, mahorat saboqlarini oʻtkazdilar. Jarayon davomida tanlov oʻtkazildi hamda gʻolib va sovrindorlar hamkor tashkilotlarning Sertifikatlari bilan taqdirlandilar. Uchrashuv oʻquvchilarda katta taassurot qoldirgan boʻlsa, o'z navbatida ijod maktabi oʻquvchilarining davomli mushoirasi mehmonlarni hayrati va olqishlariga sazovor boʻldi.

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi