Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
31.2K photos
2.51K videos
312 files
7.87K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nazm_ummonida_ikki_dur_tanlovi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Ogahiy ijod maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Barno Yusupovaning "Nazm ummonida ikki dur" tanloviga tayyorlagan videoroligi PS: Tanlov mavzusi ishtirokchimizni ilhomlantiribdi ⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
Qadrli do'stlar.
Muallima.uz rasmiy sayti va uning rasmiy Telegram, Facebook, Instagram sahifalarida e'lon qilingan tanlovda Ogahiy ijod maktabining ijodkor o'qituvchisi Barno Yusupovaning "Nazm ummonida ikki dur" mualliflik she'ri va unga ishlangan videotaqdimot yuqori e'tirof qilinmoqda va Muallma.uz telegram kanaliga ham joylandi.
Marhamat, tomosha qiling, kanalga kirib,👍👏 tugmalaridan birini bosib qo'yishni unutmang.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha
#Yosh_tarjimon

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabidan "YOSH TARJIMON" loyihasi

Yosh tarjimonimiz 7-sinf o'quvchisi Ibragimova Mashhura loyihada 3-tarjima ishi bilan ishtirok etmoqda.

OMON MATCHON
"HAYOT" HIKOYATI
(o'zbek va ingliz tillarida)

Kuting, keyingi yosh tarjimon kim bo'larkan?

#Ogahiy_ijod_maktabi
Бева, камбағал бир аёл уйида сарёғ тайёрлаб бир дўкончига олиб бориб сотар эди. Баққол аёл олиб келган сарёғни ҳеч тортиб кўрмас эди. Бир куни негадир унинг кўнглига бир шубҳа тушди. Навбатдаги олиб келинган сарёғни тортиб текшириб кўрди. Бир килоли сарёғ 900 грамм чиқди. Сотувчи жуда хафа бўлди.
Эртаси куни келган аёлга шундай деди:
- Энди мен сендан сарёғ олмайман.
Аёл деди:
- Нега энди? Бир хатолик ўтдими мендан?
- Сен бир кило деб берадиган сарёғинг роппа роса 900 грамм экан. Айб эмасми?
Шунда аёл деди:
- Тақсир, менинг уйимда тарозу йўқ. Мен сиздан олган бир кило шакарни тош ўрнида ишлатаман...
Сотувчи нима дейишни билмай дудуқлана бошлади...

Кимгадир қилинган ноҳақлик ҳеч қачон жавобсиз қолмас экан...
*****

A widow, poor woman prepared butter in her house, sold to a salesman. Bakkol didn't weigh the butter that the woman brought.
One day, he measured the butter as usual. The butter weighed 900 gramms. The salesman was very sad.
The next day he said to the woman:
- From now on I will not buy butter from you!
The woman said:
-Why? Did I make a mistake?
-The butter you brought was exactly 900 gramm. Didn't it a mistake?
-Dear sir, there is not scales at home. I use the sugar I bought from you for you instead stone.
The salesman did not know what to say and stuttered...
The unfairness of done to someone doesn't remain without an answer...
*****

#Огаҳий_ижод_мактаби
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
LOLAQIZG'ALDOQ
Muhammad Yusuf xotirasiga

To'xtasa agar hayot,
To'xtasa menda nafas,
To'lganida paymona
Vaqt ham kutmaydi birpas.
Ketyapmiz sizdan yiroq,
Bizsiz inson kamaymas,
Yaqinlarim olisda,
Do’stim - lolaqizg'aldoq.

Bir kun ketib qolsam gar,
She'r yozish kimga qolar,
Dunyo shoirlarga kon,
Lek mendayni kim topar.
Umr shirin, lek doim,
Ajal g'ulg'ula solar,
Ketyapman, yo'lim uzoq,
Hamroh - lolaqizg'aldoq.

Hamon bahor qo‘msayman,
Hamon chorlar ona yer,
Sog'inchdan bo'larman zor,
Qalbda qoldi shuncha she'r.
Uzildi etdan tirnoq,
Endi ruhsizdir tanam,
Qabrim to’la gul, biroq
Sevgim - lolaqizg'aldoq.

Dersiz: “Shoir betayin”,
Ha, telbalik menga xos.
Men she’rning oshig’iman
Oshiqqa telbalik mos.
Lekin ruhim barhayot,
Xalqim eslaydi bot-bot.
Maqsadimga erishdim,
Qoldi mendan yaxshi ot.

Bahor kelsa bag’rimda
Yashnagay har dam, har choq.
Menga ilhom bergan ul
Jonim - lolaqizg’aldoq.

Ogahiy ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Ravshanbekova Nilufar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹OGAHIY IJOD MAKTAB-INTERNATI FAOLIYATIDAN

Joriy yilning 26-fevral kuni Ogahiy ijod maktabida "Ogahiy merosi: she‘riyat olami yoshlar nigohida" mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Xorazm viloyat kengashi va ijod maktabi tomonidan imzolangan qo‘shma qaror ijrosi doirasida navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bugun Xorazm viloyatining Tuproqqal‘a hamda Qo‘shko‘pir tumanlaridan bir guruh ustozlar hamda iqtidorli, iste‘dodli o‘quvchilari ijod maktabiga tashrif buyurishdi. Dastavval, ular ijod maktabi, unda yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. So‘ngra mehmonlar ijod maktabining "Iste‘dodlar markazi"ga taklif etildi. U yerda ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi Madina Matyoqubova tomonidan tayyorlangan 1-mart xalqimizning sevimli shoirasi, sadoqat va muhabbat kuychisi shoira Zulfiya tavalludiga bag‘ishlangan katta adabiy-badiiy kecha namoyish etildi. Bunda o‘quvchilar shoira Zulfiya, shuningdek, mumtoz adabiyotimizning yetuk shoiralari Nodira, Uvaysiy she‘rlaridan namunalar aytishdi. Ayniqsa, Zulfiya timsolida sahnaga chiqib, uning ijod namunalaridan o‘quvchilarni bahramand qilgan ustoz Madina Matyoqubovaning chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarining she‘rlaridan namunalar aytib, mehmonlarning alohida e‘tiroflariga sazovor bo‘ldilar. Shuningdek, tadbir jarayonida Respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan nashrdan chiqqan "Ijod bog‘idan guldasta" she‘riy to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu to‘plamga Respublikamizdagi ijod maktablarining bir qator yosh ijodkor o‘quvchilarining she‘rlardan namunalar kiritilgan bo‘lib, unda Ogahiy ijod maktabidan 13 nafar o‘quvchining she‘rlari o‘rin olganligi quvonarli, albatta. Tadbir davomida o‘quvchilarga tantanali ravishda ushbu kitob hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Xalqimizning sevimli shoiri, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a‘zosi Otabek Ismoilov hamda Xiva shahar hokimining maslahatchisi Shohista Abdullayevalar taqdirlash jarayonida ishtirok etib, o‘quvchilarni qutlagan holda, ularga ijodiy yutuqlar tilashdi. Tadbir davomida bosh tarbiyachi ustoz Maqsuda Babajonova ijod maktabida yo‘lga qo‘yilgan "Har haftada - bir kitob loyihasi" doirasida olib borilayotgan ishlar bilan mehmonlarni tanishtirib, G‘ofur G‘ulomning "Shum bola" qissasidan tayyorlangan kichik sahna ko‘rinishi hamda shu kitobni o‘qib chiqqan o‘quvchilar tomonidan kitob taqdimotini namoyish etdi. Tadbir so‘ngida ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev mehmonlarga ijod maktabimizda qilinayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar, kelgusidagi rejalar, ijod maktabiga qabul jarayoni bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma‘lumot berdilar. Shuningdek, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdilar hamda barcha ishtirokchilarga, tashrif buyurgan mehmonlarga, tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdilar. Qisqasi, mehmonlar ushbu tashrifdan katta taassurotlar bilan qaytayotganliklari, ularda ham shu yerga o‘qishga kirish istaklari tug‘ilganliklari haqida so‘zladilar.

#Ogahiy_ijod_maktabi