Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.44K videos
311 files
7.59K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajib dunyo

Ko‘ngilni o‘rtagan armon bu dunyo
Ba’zida dardlarga darmon bu dunyo.
Yomonlar g‘olib-u, yaxshilar ba’zan
Adolat topolmay qolg‘on bu dunyo.

Ko‘z ko‘rgan narsani haq deb bilamiz,
“Nechun shunday?” deya yurak tilamiz.
O‘zni aldab ba’zan shodon kulamiz,
Barcha shodliklari yolg‘on bu dunyo.

Umr oqar daryo, oqib ketadi,
Kim afsus-la ortga boqib ketadi.
Armonlar yuragin yoqib ketadi,
Bizni ne kuylarga solg‘on bu dunyo.

Gunoh botqog‘iga botdik-ku ba’zan,
G’azabdan tosh kabi qotdik-ku ba’zan.
Kimgadir tuhmatlar otdik-ku ba’zan,
Ko’ngil ko'zimizni kech ochg‘on dunyo.

Goho bizga achchiq saboq o‘rgatding,
Nima rostdur, nima yolg‘on – ko‘rsatding.
Cheki yo‘qday g‘urbatning ham zahmatning,
Sinovlarga to‘lib toshg‘on bu dunyo

Balki, sermashaqqat sinovlar kutar,
Kimnidir yutarman, kimlardir yutar.
Qalbimni doim bir umid yoritar,
Mardlar doim dovon oshg‘on bu dunyo.

Ogahiy ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Gulmira Ravshanbekova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Хушхабар
#Огаҳий_ҳужжатли_фильми_яратилади

Хабарингиз бор, Президентимизнинг 2020 йил 20 майда Тошкент шаҳридаги Адиблар хиёбонига ташрифлари чоғида буюк шоир, моҳир таржимон ва тарихчи, давлат арбоби Муҳаммадризо Эрниёзбек ўғли Огаҳий ҳаёти ва ижодини ўрганиш ва тарғиб қилиш, улуғ мутафаккир ҳақида ҳужжатли фильм яратиш бўйича таклифлар берган эдилар.
Бугун, 26 январь куни Хива шаҳридаги Огаҳий ижод мактабига яратиладиган фильмни олиш жойларини дастлабки кўриш, фильм ғояси ва режасини ишлаб чиқиш мақсадида Тошкент шаҳридаги Шарқшунослик университети ректори, профессор Гулчеҳра Рихсиева, проректор, профессор Қудратилла Омонов, фильм режиссёри Мурод Одиловлар ташриф буюрдилар. Улар Огаҳий ижод мактабида яратилган шароит ва имкониятлар, шунингдек, бугунги фаолияти билан яқиндан танишиш асносида катта таассурот ва завқ олганини билдирдилар. Меҳмонлар буюк аллома ҳақидаги ўқувчиларнинг ўз ижод намуналарини, Огаҳий ғазалларидан ифодали ўқишларини тингладилар ва ҳужжатли фильмга ҳам киритишни режалаштирдилар.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha
#Katta_tanaffus

Ogahiy ijod maktabida har oqish kuni o'quvchilarning katta tanaffus vaqtini unumli, foydali va mazmunli tashkil qiliish maqsadida maktab radiouzeli orqali o'tkazilayotgan "Katta tanaffus" loyihasida yanvar oyining 26 sanasida tarbiyachi Maqsuda Bobojonova o'quvchilarga do'stlik haqida tushuncha berdi. So'ngra ularga savollar o'rtaga tashlanib, o'quvchilar zukkolik bilan javoblar berdilar. Shu bilan birga maktab psixologi Bobur Sa'dullayev bilan "Do'st qanday bo'lishi kerak" mavzusida psixologik suhbat o'tkazildi. Shuningdek, o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini qiziqarli o'tkazish maqsadida maktabda yangi tashkil qilingan shaxmat-shashka o'ynash joylarida musobaqalar tashkil qilindi.

#Ogahiy_ijod_maktabi